Menejment nazariyasi


«Toshkent  yog‘-moy  kom binati»  qo'shma



Download 5,58 Mb.
Pdf ko'rish
bet142/238
Sana26.06.2021
Hajmi5,58 Mb.
#102139
1   ...   138   139   140   141   142   143   144   145   ...   238
Bog'liq
menejment nazariyasi

«Toshkent  yog‘-moy  kom binati»  qo'shma 
korxonasining  boshqaruv  shakli


3. 
«Toshkent  yog‘-moy  kombinati»  qo‘shma  korxonasi- 
ning  marketing  tadqiqotlari  haqida  m a’lum ot
3.1. 
M a rk e tin g  ta d q iq o tla r i  tiz im id a   iste’m o lc h ila r  xatti- 
h a r a k a t in i  o 'rg a n is h
Marketing  tadqiqotlari  tizimida  iste’molchilar  xatti-harakatini 
o'rganish  muhim  ahamiyat  kasb  etadi.  Iste’molchi  o'ta  murakkab 
shaxs  sanalib,  uni  o'rganishda  potentsial  iste’molchilarning  hozir­
gi va kelgusidagi zaruriyatlarini,  ehtiyojlari va istaklarini o'rganuvchi 
iqtisodiy  usullar  tizimi,  did  va  istaklaridagi  o'zgarishlarga,  umu- 
man  bozorda  iste’molchining  xatti-harakatiga  ta’sir  qiluvchi  omil- 
larni  aniqlash,  qondirilmagan  ehtiyojlari  sababini  aniqlash  psixologik 
usullar  yordamida  amalga  oshiriladi.
Iste’molchi  tomonidan  tovarni  baholash  ikkita  bosqich  orqali 
amalga  oshiriladi:
1.  Maslou  nazariyasiga  ko'ra,  ehtiyojlar  muhimligi  darajasiga 
ko'ra.  Motivlik  holati  qanchalik  yuqori  pog'onada  bo'lsa,  shuncha- 
lik  tovar  tavsiflarining  yashash  uchun  zarurligi  yuqori  bo'ladi.
2.  Iste’molchi  shaxsiy  xususiyatiga  asosan  bitta  m otivlik 
pog'onasida  yotuvchi  tovar  tavsiflarining  ierarxiyasiga  ko'ra.
Biz  o'rganayotgan  tarmoq  mahsulotlari,  ya’ni  go'sht  va  sut 
mahsulotlari  ikkala  bosqichda  ham  yuqori  o'rinlarni  egallaydi.
Shu  boisdan.  biz  o'z  tadqiqotlarimizda  ushbu  holatni  hisobga 
olgan  holda,  go'sht  va  sut  mahsulotlari  iste’molchilarining  o'zlarini 
tutishlarini  o'rganishda  tanlab  kuzatish,  anketa-so'rov  usullaridan 
foydalandik.
Hozirgi  zamon  marketingida  shaxsiy  tavsiflar  va  iste’molchi 
xatti-harakatining  bog'liqligiga  asoslangan  psixo-jo'g'rofiy  seg- 
mentatsiya  usuli  keng  qo'llaniladi.  Shuni  ta’kidlash  joizki,  biz- 
ning amaliyotimizda  oziq-ovqat  mahsulotlari  bozorida  iste’molchilar 
xatti-harakatini  tadqiq  etish  borasidagi  uslubiyotlar  va  zaruriy 
ma’lumotlar  yetarlicha  emas.
Tadqiqot  jarayonida  ovqatlanishga  umumiy  tarzda  munosabat 
m asalasidagi  savolga  javob  berish  so'ralib,  alohida  maxsus 
so'rovnoma ishlab chiqildi va yuzma-yuz  usulda  so'rov tashkil etildi.


Ushbu  usul  respondentga  bevosita murojaat  qilib,  uning xulq-atvori, 
harakatdan  ko'zlangan  niyatlari,  o'tgan  davrda  qilgan  va  hozir 
qilayotgan  ishlari,  kelajakka mo'ljallangan  rejalari  to'g'risida  batafsil 
m a’lumot  olish  imkonini  beradi.  Ayniqsa,  kishining  his-tuyg‘ulari, 
kechinmalari,  harakat  motivlari  to‘g ‘risida  ma’lumot  to'plash  kerak 
bo'lganda  bu  usul  samarali  hisoblanadi.
Tadqiqotning  muvaffaqiyatli  chiqishi,  avvalo,  tayyorgarlik  ish- 
larining  sifati,  ekspertlar  (respondentlar)  bilim  darajasi,  natijalarga 
ishlov  berishda  qo'llaniladigan  usul  va  baholash  mezonlariga 
bog‘liqdir.  E ’tiborli  tomonlardan  biri  shundaki,  birinchi  navbatda 
tadqiqotchi  o'z  maasadini  to‘g‘ri  yo'naltira  bilishi  va  savollarning 
sodda  bo'lishiga  erishishi  lozim  bo’ladi.  Tadqiqotchi  respondentga 
savol  berishdan  oldin  o‘zi  bir  nechta  savollarga  javob  topishi  zarur 
bo'ladi.  Ular  quyidagicha:
savolni  kimga  yoki  kimlarga  bermoqchi; 
respondent  savollarga  javob  berishni  xohlaydimi  yoki  yo'qmi; 
respondent  qo'yilgan  savollarga javob  bera  oladimi  yoki  yo'qmi; 
respondent  haqqoniy javob  berishi  uchun  savollarni  qay  yo'sinda, 
qay  tarzda  va  qay  shaklda  berish  kerak;
Ekspertlarga  talabgorlikka  to'g'ri  kelishini  tahlil  qilishning  usullari- 
dan  biri  maxsus  anketa  (so'rovnoma)larni  tayyorlash  hisoblanib, 
unda  ko'rsatilgan  savollarga  javob  bera  borib,  talabgor  chuqur 
bilimdonligini  hamda  analitik  qobiliyatini  namoyon  etmog'i  lozim. 
Olingan  javoblarni  baholash  uchun  sonli  shkaladan  foydalaniladi.
Tadqiqot  davomida  Toshkent  viloyati  va  Toshkent  shahridagi 
oziq-ovqat  mahsulotlari  iste’molchilarining  xatti-harakati  motivini 
o'rganishga  kompleks  holda  yondashildi.  Marketing  tadqiqotlari 
tasodifan  tushib  qolgan  telefon  abonentiga  so'rovgina  emas,  balki 
anketa-so'rov,  fuqarolardan  intervyu  olish  hamda  oziq-ovqat 
do'konlaridagi  xaridorlarning  o'zlarini  tuta  bilishlarini  tanlab  kuza- 
tish  bo'yicha  muallif  tomonidan  ishlab  chiqilgan  maxsus  uslubiyot 
asosida  olib  borildi.  Respondentlarga  ko'plab  savollar  berilib,  ular 
orasida  8  tasi  asosiy  hisoblandi.  Tadqiqot  tashabbus  va  bog'liq 
bo'lmagan  tavsifga  egadir.
Tadqiqot  jarayonida  10  turdagi  iste’molchilar  guruhi  ajratildi. 
Ularni biz  ovqatlanishga umumiy tarzdagi  munosabati  nuqiai-nazari-


dan quyidagicha nomladik:  «ratsionalistlar», «ochlar»,  «pozitivistlar», 
«gurmanlar»,  «ritualistlar»,  «topqirlar»,  «erkinlik  shaydolari»,  «oshxo- 
nani  yoqtirmaydiganlar»,  «kashshoflar»,  «aniqlay  olmaydiganlar». 
Respondentlarga  so'rovnomada  ko'rsatilgan:  «Ovqat-bu...»  savoli- 
ga  javob  berish  talab  etildi.
Olingan  ma’lumotlarga  qayta  ishlov  berishda  «ekspert-omil» 
matritsasi  tuzilib,  unga  har  bir  ekspert  tomonidan  so'rov  varag'ida 
qo'yilgan  javoblar  qo‘yiladi.
Olingan m a’lumotlar yog' mahsulotlari bo'yicha marketing strate- 
giyasini  ishlab  chiqishda  muhim  ahamiyatga  ega  bo'lib,  quyidagi  xu- 
losalarga  olib  keladi:
iste’molchi  bozorda  erkin  tanlash  huquqiga  ega; 
turli  oziq-ovqat  iste’molchilarining  ushbu  mahsulotlarni  qabul 
qilishlaridagi  xususiyatli  tomonlarni  -  go'sht  va  sut  mahsulotlari- 
ga  talab  va  taklifni  shakllantirishda  maxsus  marketing  uslublari 
qo'llashni  talab  etadi;
bozor  munosabatlariga o'tish  daromad  bo'yicha  aholining tabaqa- 
lanishiga  olib  keladi;
o'tish  davrida  jamiyatdagi  o'zgarishlar  hamda  iste’molchilar 
xatti-harakatlaridagi  o'zgarishlarni  hisobga  olish  har  bir  marketing 
strategiyalarini  ishlab  chiqish  asosi  hisoblanadi.
Olingan natijalar yog' mahsulotlari iste’molchilarining psixologik 
suratini  yaratish  imkonini  beradi.
Shunday  qilib,  yog'  mahsulotlari  bozori  kon’yunkturasi  va  unda- 
gi  iste’molchilarining  xatti-harakatini  o'rganish  shu  xulosaga  olib 
keladi-ki.  iste’mol  bozori  yog'  mahsulotlariga  to'yinmagan,  ularni 
iste’molchilarga  o'z  vaqtida  samarali  yetkazib  berish  tashkil  etil- 
magan,  bunga  tizimli  yondashuv  amalga  oshirilmagan,  ishlab  chiqari- 
layotgan  mahsulot  assortimenti  keng  emas,  iste’molchilar  mah- 
sulotlarning  iste’mol  qiymati  bilan  bog'liq  bir  qancha  sifat  tavsiflari- 
ga  yuqori  talab  qo'ymoqdalar.
Har  bir  xo'jalik  o'z  mijozlarini  tahlil  qilish  yo'li  bilan,  oldiga 
qo'yilgan  maqsadlardan  kelib  chiqqan  holda,  mijozlar  bozorining 
iste’mol  bozori,  ishlab  chiqarish  bozori,  vositachi  savdogarlar 
bozori,  davlat  muassasalari  bozori  va  xalqaro  bozor  kabi  turlari- 
dan  qaysi  birida  faoliyat  yuritishni  hal  qilishi  lozim.  Yog'  mahsulot-


lari ishlab chiqarish bilan shug'ullanuvchi xo'jaliklar faoliyatining tahlili 
shuni  ko‘rsatadi-ki,  hozirgi  paytda  ular,  qoidaga  ko‘ra,  raqobatchilar 
faoliyati  tahlili  bilan  shug'ullanmaydilar.  Ularning  ko'pchiligi  esa 
oziq-ovqat mahsulotlari  bozorida  raqobat  borgan  sari  kuchayib  bora- 
yotgan  bo‘lsa-da,  o'z  raqobatchilarini  ta’nimaydilar  ham.  Shu  sabab­
li  bugungi  kundan  boshlaboq  mazkur  xo'jaliklar  amaliyotiga  raqo­
batchilar  xatti-harakatlariga  javob  qaytarish  usullarini  ishlab  chi- 
qishga  imkon  beruvchi  raqobatchilar  faoliyatini  tahlil  qilish  usullarini 
joriy etish  kerak.  O ’zbekiston Respublikasi va  uning mintaqalari  uchun 
raqobatchilar  faoliyatini  tahlil  qilishning  to'liq  uslubiyoti  hali  ishlab 
chiqilmagan.  Shu  sababli  mavjud  tadqiqotlar  va  bizning  takliflari- 
mizni  inobatga  olgan  holda  tahlil  qilishning  blok-sxemasini  tavsiya 
qilamiz.
Muomala  doiralarini  ko'rib  chiqish  marketing  muhiti  tuzilma 
tavsifining  zarur  tarkibiy  qismidir.  Gap  shundaki,  yog*  mahsulot­
lari  ishlab  chiqaruvchi  har  bir  korxona  quyidagi  guruhlarga  bir- 
lashtirilishi  mumkin  bo'lgan  muomala  doiralari  qurshovida  faoliyat 
yuritadi:
birinchidan, moliyaviy tashkilotlar (tijorat banklari, fond birjalari, 
aksiyadorlar,  brokerlik  firmalari);
ikkinchidan,  davlat  tashkilotlari  va  muassasalarining  muomala 
doiralari  (xo'jalik  faoliyatiga  m a’muriy  usullar  bilan  ta’sir  ko'rsa- 
tuvchi  guruhlar);
uchinchidan,  ommaviy axborot vositalarining muomala  doiralari 
(gazeta,  jurnal,  radio  va  televidenie);
to'rtinchidan,  fuqarolarning  xatti-harakat  guruhlari  (jamoatchi- 
lik,  iste’molchilar  huquqini  himoya  qilish  jamiyati); 
beshinchidan,  mahalliy  muomala  doiralari; 
oltinchidan,  tuman,  shahar  va  qishloqlar  aholisi  misolida  keng 
xalq  ommasi;
yettinchidan,  ichki  muomala  doiralari  (xo'jalikning  ishchi  va 
xizmatchilari).
Harakatdagi  korxonalar  o'zgaruvchan  bozor  iqtisodiyoti  sharoiti- 
da  o'z  yashovchanligini  ta’minlash  maqsadida  kuchli  va  ojiz  to- 
monlarini  har  tomonlama  tahlil  qilishi  lozim.  Ushbu  tahlilni  amalga 
oshirish  uchun  SWOT-tahlil  usulidan  foydalaniladi.


Ushbu  usulga  asosan,  korxonaning  kuchli  (S)  va  ojiz  (W) 
tomonlari,  imkoniyatlari  (0 )  va  xavflari  (T)  aniqlanadi.

Download 5,58 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   138   139   140   141   142   143   144   145   ...   238




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish