X o'jalik m exanizm i - iqtisodiyotni boshqarishga yordam
beradigan iqtisodiy dastak va rag'batlar hamda tashkiliy shakllar
majmui va birligi. Xo'jalik mexanizmi rejalashtirish, boshqaruv
usullari, baholar, moliyaviy va kredit dastaklari, mehnatga haq
to'lash shakllari va boshqa iqtisodiy rag'batlami o'z ichiga oladi.
Erkin ayirboshlash valyutasi - boshqa chet el valyutalariga
erkin va chegaralanmagan holda ayirboshlanadigan valyuta. U to'liq
ichki va tashqi o'z holatiga qaytariluvchanlik, ya’ni mahalliy kom-
paniya va shaxslarga qanday bo'lsa, chet el kompaniya va shaxslariga
ham shunday bir xil bo'lgan ayirboshlash rejimiga ega.