Menejment nazariyasi


Nizoli vaziyatni boshqarish



Download 5,22 Mb.
Pdf ko'rish
bet66/168
Sana14.07.2022
Hajmi5,22 Mb.
#795289
1   ...   62   63   64   65   66   67   68   69   ...   168
Bog'liq
MENEJMENT NAZARIYASI a3bb8 [Unlocked by www.freemypdf.com]

11.2. Nizoli vaziyatni boshqarish
Nizoli vaziyatni boshqarishning bir qancha samarali usullari 
mavjud bo'lib, ularni quyidagi ikki kategoriyaga ajratish mumkin: 
tarkibiy va shaxslar o'rtasidagi.
Rahbar nizoning asosiy sababi kishilar fe’lidan iborat deb hisob- 
lamasligi kerak. Albatta, bunday farqlar nizoga sabab bo'lishi mum ­
kin, lekin ular ko'pincha nizoga olib keluvchi omillar qatoriga kira- 
di, xolos. Rahbar nizoni bartaraf qilishdan avval uning kelib chi- 
qish sabablarini turli usullar vositasida tahlil qilishi kerak.
Nizolarni hal etishning to'rtta tarkibiy usullari mavjud: ishga 
bo'lgan talabni tushuntirish, koordinatsiya va integratsiya mexanizm- 
laridan foydalanish, umumiy tashkiliy maqsadlar majmuini belgi­
lash, rag'batlantirish tizimini qo'llash.
Ishga qo'yiladigan talablarni tushuntirish nizoli vaziyatni 
boshqarishning eng yaxshi usullaridan hisoblanadi. Har bir xodim, 
bo'linma ishidan qanday natija kutilishi, ularning asosiy huquq va 
burchlari tizimini tushuntirish kerak.
Nizoli vaziyatni boshqarishning yana bir usuli koordinatsiya 
mexanizmi - buyruqlar zanjiri, vakolatlarni taqsimlashni qo'llashdir. 
Agar bir-ikki xodim o'rtasida ba’zi masalalar bo'yicha norozilik 
bo'lsa, ular umumiy boshliqlarga qaror qabul qilish uchun muro- 
jaat qilishlari nizoning oldini oladi. Yagona boshchilik usuli nizoli


vaziyatning oldini olish imkonini beradi, chunki rahbar qo'l ostida 
ishlovchi xodim kimga bo'ysunishini yaxshi biladi.
Nizoli vaziyatni boshqarishda menejment ierarxiyasi, vazifalami 
bog'lovchi xizmatlar, maqsadli guruhlar kabi integratsiya vosita- 
larini qo'llash zarur. Masalan, savdo bo'limi bilan ishlab chiqarish 
bo'limi o'rtasida nizo vujudga kelgan korxonada buyurtma va so- 
tuv obyektlarini koordinatsiya qiluvchi bo'linmalar xizmatlarini 
tashkil etish yo'li bilan muammoni hal etish mumkin.
Umumiy tashkiliy maqsadlar majmuini belgilash nizoli vaziyatni 
boshqarishning yana bir tarkibiy usulidir. Masalan, ishlab chiqarish 
bo'limining uch smenasi bir-biri bilan nizo qilgan bo‘lsa, har bir 
smena uchun emas, balki butun korxona bo'lim uchun vazifa belgi- 
lashi lozim. Xuddi shunday tarzda butun korxona uchun maqsad 
belgilash bo'limlar boshliqlarining faqat bo'lim uchun emas, balki bu­
tun korxona uchun muhim qarorlar qabul qilishiga olib keladi.
Nizoli vaziyatni boshqarish usuli sifatida kishilar xulqiga ta’sir 
ko'rsatuvchi taqdirlash usulini qo'llash mumkin. Muammoni hal 
etishga har tomonlama, chuqur yondashuvchi kishilarga tashakkur 
e’lon qilinishi, mukofot berilishi yoki lavozimi ko'tarilishi lozim.
Nizolarni bartaraf etishning quyidagi besh shaxslararo uslub­
lari mavjud.
Cheklanish ( uklonenie)
kishi nizodan qochishi, qarama-qarshi- 
liklar vujudga kelishi mumkin bo'lgan vaziyatga tushmaslikka, zid- 
diyatlarga olib keluvchi masalalarni muhokama qilmaslikka harakat 
qilishini ifodalaydi.
Silliqlash
bekorga jahl qilmaslik, bitta jamoada a’zosi bo'lganligi 
uchun xodimlar bir-biridan achchiqlanmasligi kerakligini ko'zda tuta­
di. Nizoli vaziyatlami tadqiq etgan amerikalik olimlar R.Bleyk va 
D.Muton bir kishida nizoga bo'lgan intilishning bu muammo uncha 
katta ahamiyatga ega emasligini, hozirgi paytda yaxshi narsalar haqi- 
da o'ylash kerakligini ta’kidlash bilan bosish mumkinligini ko'rsatganlar. 
Natijada tinchlik-totuvlik o'rnatiladi, lekin muammo bartaraf qilinmaydi.
Zo'rlash
taklif etilayotgan nuqtai nazami zo'rlik bilan qabul 
qildirishdir. Bunday yo‘l tutgan kishini boshqalar fikri qiziqtirmay- 
di, nizo kuch bilan, boshliq irodasiga bo'ysundirish yo'li bilan bostiri- 
ladi. Bu uslub rahbar qo'l ostidagilarga nisbatan katta e’tiborga


ega bo'lgan vaziyatlarda qo'l keladi. Bu uslubning kamchiligi - 
xodimlar tashabbusini bo'g'ishdir. Zo'rlash yoshroq va bilimi kuch- 
liroq xodimlar o'rtasida norozilik vujudga kelishiga olib keladi.
Kelishuv
boshqa tomon nuqtai nazarini m a’lum darajada qabul 
qilishni ifodalaydi. Kelishuv qobiliyati yuqori baholanadi, chunki u 
ziddiyatlarni bartaraf qilish, tomonlarning rozi bo'lishiga olib keladi.
Muammoni hal etishda turli nuqtai nazarlar mavjud ekanligini 
tan olish va nizolar kelib chiqishi sabablarini tushunish uchun ular 
bilan tanishish hamda barcha tomon uchun maqbul ish ko'rish 
lozim. Nizolarni chuqur tahlil qilish va hal etish mumkin, lekin 
buning uchun tajriba, sabr-qanoat va kishilar bilan ishlay olish 
qobiliyatiga ega bo'lish lozim.
Shunday qilib nizoli qarashlar vujudga kelgan murakkab vaziyat- 
da muammoni hal etishning o'ziga xos uslubini qo'llab, uni boshqara 
olish zarurdir. Barcha nizo qiluvchi tomonlar uchun to'g'ri keladi- 
gan muammoning yechimini topish katta ahamiyatga ega.

Download 5,22 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   62   63   64   65   66   67   68   69   ...   168




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish