Menejment nazariyasi



Download 5,22 Mb.
Pdf ko'rish
bet74/168
Sana14.07.2022
Hajmi5,22 Mb.
#795289
1   ...   70   71   72   73   74   75   76   77   ...   168
Bog'liq
MENEJMENT NAZARIYASI a3bb8 [Unlocked by www.freemypdf.com]

12.3. Korxona bozori
Korxona 
- bu yirik xom ashyo, butlovchi qismlar, usku- 
nalar, yordamchi uchkuna, ta’minot predmetlari va xizmatlar bo- 
zoridir. Bir necha o'n minglab xizmat ko'rsatish, qishloq xo'jaligi, 
chakana savdo, ishlab chiqarish va davlat tashkilotlariga qarashli 
korxonalar tovar va xizmatlar sotib olish bilan shug'ullanadilar.
Korxona ehtiyojlari uchun xarid qilish bu aniq tovarlarga bo'lgan 
ehtiyojni aniqlash, aniq markadagi tovarlarga baho berish va tan­
lash hamda bozorda mavjud ta’minotchilar orasidan birortasini tan­
lash asosida qaror qabul qilish jarayonidir.
Korxona bozorlarining uch turi mavjud: sanoat uchun zarrur 
tovarlar bozori, oraliq tovarlar bozori va davlat muassasalari bozori.
Sanoat uchun mo Ijallangan tovarlar bozori -
boshqa tovar 
ishlab chiqarish va xizmat ko'rsatish sohasida menejment va boshqa 
iste’molchilarga sotilgan tovar va xizmatlar sotib oluvchi shaxslar


va tashkilotlar yig'indisidir. Tovarlar nomenklaturasi va pul oboroti 
hajmi jihatidan sanoat uchun mo'ljallangan tovarlar bozori keng 
iste’mol tovarlari bozoridan ustun bo'ladi.
Avtomobil ishlab chiqarish va sotish uchun metall, oyna, 
rezina sotuvchilar o'z mahsulotlarini mashinasozlarga sotish- 
lari lozim, mashinasozlar esa tayyor mahsulotni iste’molchilarga 
sotadilar.
Sanoatga mo'ljallangan tovarlar bozori keng iste’mol mollari 
bozoridan farq qiluvchi o'ziga xos xususiyatlarga ega:
- sanoat uchun mo'ljallangan tovarlar sotuvchisi nisbatan ancha 
kam xaridorga ega bo'ladi.
- xatto ishlab chiqaruvchilar ko'p bo'lgan tarmoqlarda ham 
xaridning katta qismi bir nechta yirik iste’molchi xissasiga to'g'ri 
keladi;
- xaridorlar hududiy jihatdan va neft sanoati, rezina, po'lat 
quyish sanoati kabi tarmoqlar bo'yicha to'plangan.
Sanoat uchun mo'ljallangan tovarlarga bo'lgan talab keng 
iste’mol mollariga bo'lgan talab bilan o'lchanadi. Masalan, hayvon- 
lar terisi poyafzal ishlab chiqarish uchun sotib olinadi.
Sanoat uchun mo'ljallangan tovarlarga talab keng iste’mol to­
varlari va xizmatlar uchun talabga nisbatan tezroq o'zgaradi. Bu, 
ayniqsa, yangi ishlab chiqarish uskunalarida yaxshi namoyon bo'ladi. 
Ba’zan iste’mol tovarlariga bo'lgan talabning 1% ortishi sanoat 
uchun mo'ljallangan tovarlarga talabning 2% ortishiga olib keladi.
Sanoat uchun mo'ljallangan tovarlar kam xarajat qilib xarid 
qilishni doimo o'rganuvchi malakali agentlar tomonidan xarid qilina- 
di. Keng iste’molchi xarid qilish sohasida uncha malakaga ega emas. 
Sanoat uchun qilinadigan xarid qanchalik murakkab bo'lsa, u haqida 
qaror qabul qilish jarayonida shuncha ko'p kishi ishtirok etadi. 
Eng muhim tovarlami sotib olishda, odatda, maxsus xarid komissiya- 
lari shug'ullanib, ular tarkibiga texnikaviy ekspertlar va rahbariyat 
vakillari kiradi.
Sanoat uchun mo'ljallangan tovar sotib olish jarayonida xari- 
dor bir qancha qaror qabul qilishi kerak bo'ladi. Qarorlar miqdori 
xarid qilinayotgan vaziyatga bog'liq bo'ladi. Xarid qilinish jarayoni­
da uch xil vaziyat vujudga kelishi mumkin:


O’zgarishlarsiz qayta harid qilish 
-
bu xaridor biror narsa- 
ga o'zgarishsiz buyurtma beradigan vaziyatdir.
O’zgarishli qayta xarid qilish
- bu vaziyatda xaridor qayta 
buyurtma berish davrida tovar texnikaviy xususiyatlar, narx, sav- 
doning boshqa shartlariga o'zgartirish kiritgan yoki qisman 
ta’minotchilarni o'zgartirgan holda yuz beruvchi vaziyatdir. Avval- 
gi ta’minotchi mijozni saqlab qolishga, yangilari esa yangi mijoz 
orttirishga harakat qiladilar.
Birinchi marta tovar yoki xizmatlar sotib oluvchi firmaning 
yangi masalalarni hal etish uchun xarid qilishi.
Masalan, firma 
birinchi kompyuter tizimini o'rnatmoqchi bo'lsin. Eng kam qaror 
o'zgarishsiz qayta xarid qiluvchi xaridor xissasiga, eng ko'p 
qaror - yangi masalalarni hal etish uchun xarid qiluvchi xissasi­
ga to ‘g ‘ri keladi. B irin c h i m arta xarid qilishda to v a rn in g
texnikaviy xususiyatlarini, narxlar chegarasi, ta’minot vaqti va 
sharti, texnik xizmat ko'rsatish shartlari, to'lov shartlari, buyurt­
ma hajmini aniq, maqbul ta ’minotchilarni tanlash masalalarini 
hal etish kerak.
Oraliq tovarlar bozori boshqa iste’molchilarga qayta sotish 
yoki ijaraga berish yo‘li bilan foyda ko'rish maqsadida yoki o‘z 
xususiy korxonasi beto'xtov ishlashi uchun zarur tovar va xizmat­
lar sotib olinadigan bozordir. Oraliq tovarlar bozori sotuvchilari 
qayta sotish uchun mo'ljallangan juda katta hajmda turli-tuman 
tovarlar bilan ish ko'radilar. Bundan tashqari, oraliq tovar sotuv- 
chisi qaysi sotuvchidan, qanday narxda va shartlar bo'yicha sotib 
olish va kimga, qanday narxda qachon sotish masalasini hal etish 
kerak.
Oraliq tovarlar bozoriga tovar birjalari, ulgurji savdo va chakana 
savdo firmalari kiradi.
Davlat muassalari bozori o'z vazifalarini bajarishi uchun to­
varlar sotib oluvchi yoki ijaraga oluvchi respublika hukumati muas- 
sasalari, avtonom respublika va mahalliy hokimiyat tashkilotlari 
kiradi. Hukumat mamlakat miqyosida eng yirik xaridordir. Davlat 
muassasalari nomidan respublika oldida turgan vazifalarni hal etish 
uchun zarur turli-tuman tovarlar (samolyot, teplovoz, mebel, avto- 
mobil va h.k.) sotib olinadi.


Xulosa
Marketing - inson ehtiyoji va talablarini ta’minlash va foyda 
olish bilan amalga oshadigan, tovarlar sotilishini ta’minlash, ayir- 
boshlashni tezlashtirishga qaratilgan faoliyat.
Marketing ishi maxsus marketing dasturlari orqali amalga oshiri- 
ladi, ularda xaridorlarni va raqobatchilarni o'rganish asosida to­
varlar sifatini yaxshilash, tovar narxini o'zlashtirish, reklama 
o'tkazish, tovarlami o'z vaqtida yetkazib berish, xaridorlarga ma’qul 
tushadigan xizmat ko'rsatish kabi chora-tadbirlar kiradi.
Marketing faqat bozordagi talab-ehtiyojni qondirish vositasigi- 
na bo'lmay, balki ishlab chiqarish samaradorligining ham yuqori 
bo'lishiga qaratiladi. Shu sababli marketing bozor iqtisodiyotini 
boshqarib turishda katta ahamiyatga ega.
Tovar-pul munosabatlari shunday bebaho xususiyatga egaki, u 
jamiyatning o'zini boshqarish mexanizmi bilan qurollantiradi.

Download 5,22 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   70   71   72   73   74   75   76   77   ...   168




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish