Menejment nazariyasi


M enejment m adaniy atining asosiy elementlari



Download 5,22 Mb.
Pdf ko'rish
bet61/168
Sana14.07.2022
Hajmi5,22 Mb.
#795289
1   ...   57   58   59   60   61   62   63   64   ...   168
Bog'liq
MENEJMENT NAZARIYASI a3bb8 [Unlocked by www.freemypdf.com]

10.2. M enejment m adaniy atining asosiy elementlari
Menejment madaniyati tarkibiga boshqaruv xodimlari madani- 
yati, menejment jarayonlari madaniyati, mehnat sharoiti madaniya­
ti va hujjatlar yuritish madaniyati kiradi.
Menejment madaniyatining barcha unsurlari o'zaro bog'liq va 
o'zaro ta’sir etuvchidir. Shu bilan birga ular orasida boshqaruv 
xodimlari madaniyati yetakchi ahamiyatga ega. Menejer menejment 
jarayoni madaniyatining yuqori darajasiga erishish va o'z mehnati­
ni tashkil etishni takomillashtirib borishi kerak.
Boshqaruv xodimlari madaniyati ko'p omillarga bog'liq, umumiy 
madaniyat darajasi, ishbilarmonlik sifatlari, menejment ilmini chu- 
qur va har tomonlama bilish va uni o'z faoliyati jarayonida qo'llay 
olish bilan xarakterlanadi.
Har bir korxona va tashkilot menejeri o'z vazifasini bajarish 
jarayonida jamoaning boshqa a’zolari bilan munosabatda bo'lar ekan 
ishbilarmon kishilar o'rtasida mavjud axloqiy qoidalarga bo'ysunadi.
Har bir jamoada xayrixohlik, insonga hurmat m uhiti mavjud 
bo'lishi kerak. Menejment madaniyati sansolarlik, mansabparast- 
lik, shavqatsizlik, qo'pollikka ziddir. Menejment tizimida, shuningdek, 
davlat me’yorlariga rioya qilmaslik, va’dabozlik, faoliyatga noto'g'ri 
baho berish va boshqa xususiyatlarga yo'l qo'yib bo'lmaydi. Meh- 
natga ijodiy yondashish, tadbirkorlik, javobgarlik, tashabbus va 
mustaqillik, xo'jasizlikka, byurokratizm, qonun buzuvchilikka mu- 
rosasizlik, vijdoniylik, kamtarlik va oddiylik boshqaruv xodimlari 
madaniyatini ifodalaydi.


Boshqaruv xodimlari madaniyatini ta’minlashning asosiy yo'llari - 
menejment ilmini chuqur egallash, umumiy madaniy darajasi va 
malakasini muntazam oshirib borish, o‘z faoliyati natijalarini tahlil 
etish va tushunish, ijobiy shaxsiy sifatlarni rivojlantirishdan iborat.
Menejment madaniyati uchun menejment jarayonini tashkil etish 
madaniyati darajasi muhim ahamiyatga ega. Menejment jarayoni


madaniyatiga rioya qilish korxonada zamonaviy menejment jarayoni 
qo‘llanilishini bildiradi.
Menejment jarayoni madaniyati, shuningdek, menejment meh- 
natini (menejment mehnatini maqbul taqsimlash, kooperatsiya qilish 
va chegaralash, ishchilar sonini 
m e ’y o rla s h , 
kadrlarni to'g'ri joy- 
lashtirish va ulardan foydalanish) va ishlovchi ish joyini (ish joyi 
va binoning qulayligi, ularning sanitariya-tozalik talablariga javob 
berishi), maqbullashtirish, majlislarni, suhbatlarni, tashrifchilarni 
qabul qilish, uchrashuv, telefon orqali so‘rash, mehnatkashlar xat- 
lari bilan tanishishni to‘g ‘ri tashkil etish va rasmiylashtirishni ham 
qamrab oladi.
Menejment jarayonida turli-tuman texnika - oddiy kalkulya- 
tordan tortib kompyuterlargacha qo'llaniladi. Menejerlar bu texni­
ka imkoniyatlari va maqbul foydalanish sohalarini bilishlari lozim 
bo'lib, bu menejment madaniyati darajasini bildiradi.
Menejment madaniyatining ajralmas unsuri - hujjatlar yuritish 
madaniyatidir. Hujjatlarning menejment jarayonidagi ahamiyati juda 
katta. chunki menejmentning biror-bir vazifasini hujjatlar asosida 
yetkazilib beriluvchi axborotsiz amalga oshirib bo‘lmaydi. Hujjat- 
lardagi axborot korxona tashqi va ichki faoliyatining hamma tomo- 
nini qamrab oladi.
Menejment jarayonining barcha operatsiyalari amalda hujjat- 
lardan boshlanib, hujjatlar bilan tugaydi.
Menejment madaniyatini takomillashtirish uning barcha un- 
surlarini takomillashtirish demakdir.

Download 5,22 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   57   58   59   60   61   62   63   64   ...   168




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish