Menejment nazariyasi



Download 5,22 Mb.
Pdf ko'rish
bet60/168
Sana14.07.2022
Hajmi5,22 Mb.
#795289
1   ...   56   57   58   59   60   61   62   63   ...   168
Bog'liq
MENEJMENT NAZARIYASI a3bb8 [Unlocked by www.freemypdf.com]

10.1. M adaniyat va menejment
10.2. Menejment m adaniyatining asosiy elementlari
10.3. Rahbarning boshqaruv uslubi tushunchasi
10.1. M adaniyat va menejment
«Madaniyat» tushunchasi rivojlanish darajasining umumlash- 
tiruvchi ko'rsatkichi bo'lib, bir qancha ma’noni bildiradi. Masalan, 
jam iyat m adaniyati, ayrim shaxs m adaniyati, nihoyat, inson 
faoliyatining ayrim turi madaniyati haqida so‘z yuritish mumkin. 
Inson faoliyati moddiy va ma’naviy boyliklar yaratuvchi turlarga 
bo'linadi. Shu sababli moddiy va ma’naviy madaniyat farqlanadi.
Moddiy madaniyat inson tomonidan tabiatni bo'ysundirish dara- 
jasi ko'rsatkichidir. Unga ishlab chiqarish vositalari va mehnat pred- 
metlari kiradi. M a ’naviy madaniyatga fan, aholi ma’lumot darajasi, 
tibbiyot xizmati darajasi, san’at darajasi, odamlaming axloqiy me’yorlari, 
ma’naviy ehtiyojlar va manfaatlar rivojlanishi darajasini kiritish mumkin. 
Shunday qilib, madaniyat insonning ham madaniy ishlab chiqarish, 
ham ma’naviy hayot sohasida rivojlanishi jarayonidagi yutuqlarini 
qamrab oladi. U insoniyat bilimlari, uning mehnati mohiyatidan iborat 
bo'lib, kishilarning awalgi avlodlari tomonidan yaratiladi.
Insoniyat madaniyati o'suvchan, o'zgaruvchan, chunki hozirgi 
avlod ajdodlar madaniy qadriyatlaridan ijodiy foydalanish asosida- 
gina yanada rivojlanishi mumkin.
0 ‘zbekistonning noyob madaniyati yillar, asrlar davomida shakl- 
langan bo'lib, uni saqlash, rivojlantirish ko'p millatli respublikaning 
yuqori ma’lumotli kishilari - fan, adabiyot, san’at arboblarining 
vazifasidir.
Inson hayoti faoliyatining muhim tarkibiy qismi butun insoniyat 
tomonidan jamlangan madaniy boylikka ega bo'lish, shu jumladan, 
menejment madaniyatini egallashdir.
Menejment madaniyati juda muhimdir. Insoniyat o'z rivojlanish 
jarayonida juda katta boshqaruv tajribasini jamlagan. Bozor sharoiti- 
da bu tajriba boshqaruv samaradorligini oshirishga xizmat qilishi


kerak. Menejmentning vujudga kelishi va rivojlanishi, avvalo, me­
nejment madaniyati darajasi yuksalishi bilan bog'liqdir. Chunki, 
boshqaruv yo'llari, usullari, vosita va uslublariga tanqidiy baho 
berish yo'li bilan ularning eng yaxshilari jahon tajribasida qo'llash 
uchun ajratib olindi.
Menejment madaniyati inson madaniyatining tarkibiy qismi 
bo'lishi bilan birga qator o'ziga xos xususiyatlarga ham ega. 
Madaniyatga ega bo'lish menejer uchun faqat zarur emas, balki shart- 
dir, chunki har bir tashkilotning har bir bo'linmasi samarali ishlashi 
uchun uning xodimlari yuksak madaniyatga ega bo'lishlari kerak.
Menejment madaniyati darajasi xodimlar, ayniqsa, menejerlar 
madaniyatini, boshqaruv jarayoni madaniyati, menejment texnika- 
si, mehnat sharoitini aks ettiruvchi ko'rsatkichlar bo'yicha bahola- 
nadi. Menejment madaniyati unsurlarining turli-tumanligi menej­
ment jarayonida turli-tuman me’yorlarga, jumladan, axloqiy, huqu- 
qiy, iqtisodiy, tashkiliy, texnikaviy, estetik me’yorlarga rioya qilish 
zaruriyatini keltirib chiqaradi.
Ahloqiy me’yorlar insonning axloq va odob sohasidagi xulqini 
tartibga soladi. Ular jumlasiga ijtimoiy burchni to'g'ri tushunish, 
kishi o'rtasida insoniy munosabat va o'zaro hurmat, vijdonlilik, 
haqiqatgo'ylik, kamtarlik va h.k.lar kiradi. Menejment jarayonida 
axloqiy me’yorlarga rioya qilish uning madaniyati yuqori darajasidan 
da’lolat beradi.
Menejmentda huquqiy m e’yorlar davlat-huquqiy va tashkiliy- 
huquqiy me’yoriy hujjatlarda aks etadi. Uning jumlasiga davlat 
korxonasi to'g'risidagi qonun, tadbirkorlik haqidagi, mulk to'g'risidagi 
qonunlar kiradi. Lekin qonunlar har bir korxonaning o'ziga xos 
xususiyatlarini hisobga ololmaydi. Shu sababli, har bir korxonada, 
qonunga asoslangan holda, ishlab chiqarishning o'ziga xos xususiyat­
larini hisobga oluvchi me’yoriy qoidalar o'rnatiladi.
Iqtisodiy me’yorlar korxona faoliyati jarayonida erishilishi lozim 
bo'lgan iqtisodiy ko'rsatkichlarni belgilaydi. Ular jumlasiga moliya- 
kredit me’yorlari, ssudalar olish tartibi, amortizasiya me’yorlari, 
mahsulotning hisoblangan bahosi, foyda me’yori, rentabellik me’yori, 
fondlar uchun to'lovlar, budjetga to'lovlar, iqtisodiy rag'batlantirish 
m e’yorlari kiradi.


Tashkiliy me’yorlar tashkilot tarkibini, alohida bo‘linma va shaxs- 
lar faoliyati tarkibi va tartibini, ichki tartib, faoliyat turlarini, xodim- 
lar vazifalarini, axborotni qayta ishlash va foydalanish jarayonini 
belgilaydi.
Texnikaviy me’yorlar korxonaning va uning bo'linmalarining 
menejment uchun zarur uskuna, texnika va transport vositalari, 
asboblar bilan qurollanganlik darajasini bildiradi.
Estetik talablar va m e ’yorlar ham m enejm ent jarayonida 
qo'llaniladigan texnika vositalari va uskunalari, ham boshqaruv 
xodimlarini o‘rab turuvchi tashqi muhit uchun belgilanadi.

Download 5,22 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   56   57   58   59   60   61   62   63   ...   168




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish