1.3. Strategik rejani amalga oshirishni boshqarish va nazorat qilish, taktika.
Strategik rejani aniq amalga oshirish o‘ziga yarasha muhimlikka ega bo‘lib,
menejment nazariyasidagi quyidagi tushunchalar bilan uzviy bog‘langandir: taktika
va siyosat, maqsadli boshqaruv mo‘ljali va qoidalari. Taktika: ―Strategiya‖ so‘zini
o‘zi ikkinchi tushuncha.
―Taktika‖ – strategiya so‘zining borligini talqin qiladi. Agar birinchisi uzoq
muddatli rejalshtirishni aks ettirsa, ikkinchisi uzoq muddatli rejani amalga oshirish
uchun faoliyat reja ma‘nosini bildiradi. Bu umumiy strategiya bilan
muvofiqlashtirilgan aniq boshqaruv harakatidir. Qoidaga binoan, taktikani ishlab
chiqish va uni amalga oshirish menejment korpusining o‘rta bo‘g‘ini zimmasiga
yuklanadi. Taktik reja qisqa vaqt uchun belgilanadi, u aniq va tez natijaga erishish
uchun mo‘ljallangan bo‘ladi.
Masalan: 1982-yilda Byuger Kingi strategiya so‘zini ishlab chiqilgan
mahsulotini tezroq sotilishi uchun qo‘lladi. U televizorda ―Siz och emassizmi?‖
degan reklama bilan bifshtekslarini raqobatchilarnikiga qaraganda kattaroq va
mazaliroq tayyorlashga erishdi. Bu esa bifshteks sotuvini 10,8 foizga oshirdi.
Tashkiliy tarkibni takomillashtirish strategiyasi, deyarli barcha zamonaviy
kompaniyalar tomonidan ishlab chiqiladi, u o‘z ichiga qo‘shimcha element sifatida
yangi, qoniqtiruvchi ishlab chiqarish va boshqaruv bo‘linmalarini tashkil etishni
taqazo etadi.
Masalan: ―General Motors‖ katta kapitallarini ―Saturn‖ loyihasi uchun
sarfladi. Bu yangi eng afzal dunyo tajribasi asosidagi Amerika ishlab chiqarish
tizimini bunyod etish uchun qo‘yilgan qadam edi. Uning o‘ziga xos xususiyati
shundan iborat ediki, u ko‘rinishi jihatidan piramida shaklida emas, balki aylana
shaklida tashkil qilingan. Bu tizim markazida 10-15 a‘zoga ega brigadalar
majmuasi, tashqi halqa strategiya nazorat qo‘mitasi va kasaba birlashmalari
rahbariyati turadi.
―Siyosat‖ – strategiya va taktika rejalarini muvaffaqiyatli amalga oshirish
mumkin, qachonki tashkilotda uni yaxshi yo‘lga qo‘ygan tajribada sinalgan mo‘ljal
tizimi mavjud bo‘lsa. Bu kabi mo‘ljal tizim tashkilot siyosati nomini olgan.
Strategiya kabi firma siyosati ham rahbariyat tomonidan tashkil etiladi va
amalga oshiriladi. Bu yerda siyosatning harakat turini tanlashda va qaror qabul
qilishdagi umumiy rahbarlik desa b‘ladi. Siyosat menejmentni qo‘yilgan
maqsadlarga erishish uchun qanday yo‘nalishda harakat qilishini aniqlaydi.
Mo‘ljalni va qo‘yilgan masalalar yechimini aniqlash usullaridan foydalanadi.
Firmadagi boshqaruvning eng yaxshi usuli – bu kadrlar siyosatini ishlab
chiqishdir. Kadrlar boshqaruvidagi psixologik muhitning ijobiy yechimini yirik
Amerika firmalaridan bittasi: postlik tovarlar ―Meri Key Kosmetik‖ rahbariyatini
olib borgan siyosatida ko‘rish mumkin.
―Protseduralar‖ – firmaning siyosati maqsadga qo‘shimcha qilib rahbariyat
qo‘ygan masalalarni yechishda yordamlashuvchi harakatlar majmuasini ishlab
chiqadi. Bu majmua protsedura deb ataladi. Mohiyati bo‘yicha protseduraning
o‘zini dastur bo‘yicha bajarilgan qaror deyish mumkin. Protseduralar o‘tmish
tajribasi uning muvaffaqiyati va mag‘lubiyati asosida ishlab chiqiladi.
Protseduralar shunday sharoitlarda, ya‘ni aniq vaziyat avvalgisiga o‘xshash
bo‘lganda ishlatiladi. Inson oldindan tayyorlangan qoida, ya‘ni protseduralar
bo‘yicha harakat qilayotgan bo‘lsa, uning harakati albatta natijaga ega bo‘ladi.
Shunday qilib protseduralar masalani yechish kafolati va bu qarorni yechimini aniq
va to‘g‘riligini nazorat qiluvchi sifatida qo‘llaniladi.
Masalan: ko‘plab savdo kompaniyalari o‘z xizmatchilarini komandirovkaga
jo‘natadi, borib kelgandan so‘ng ketgan harajatlar bo‘yicha blank to‘ldiriladi, u
yerdagi protseduralar ham aniq bajariladi. Yana shunga o‘xshash ―MakDonalds‖
kompaniyasini olsak texnik protseduralar ko‘rsatilgan 1500 betli taom tayyorlsh
protseduralari mavjud bo‘lib unga amal qiladi.
―Qoidalar‖ – insonni erkin harakatini yana ham jiddiy cheklovchi, unga
yozma ravishda beriladigan axloq qoidasidir. Tashkilot rahbariyati qoidani
shunday holatlar uchun yaratadiki, uning bajarilishi masalalarning aniq hal
qilinishiga bog‘liq bo‘ladi. Masalan: ―Chekish man etiladi‖ deb yozib qo‘yiladi,
kimyoviy labaratoriyalarda havf bo‘ladi. Xaridorlaraga ko‘ngilchanlik bilan xizmat
ko‘rsatish qoidasi savdo firmasi uchun eng muhim hisoblanadi, agar u bozorda o‘z
o‘rnini topishni istasa, ishga aniq vaqtda kelish va ketish qoidasi hamma ishlab
chiqarish va jamiyat yo‘nalishidagi tashkilotlar bajarilishi shart qoidalar
hisoblanadi.
Qoida bilan protseduraning farqi shundan iboratki, qoida bitta aniq masala
uchun hisoblangan boladi. Protsedura esa bir necha harakatlar majmuini o‘zida aks
ettiradi.
Do'stlaringiz bilan baham: |