Iqtisodiy mas’uliyat
Kompaniyaning umumiy ijtimoiy mas’uliyatini baxolashning birinchi me’zoni bu uning iqtisodiy mas’uliyatidir. Xar qanday tijorat tashkiloti eng avvalo jamiyatning asosiy iqtisodiy xonachasi (yacheyka) xisoblanadi, u jamiyatga zarur bo‘lgan tovar va xizmatlarni ishlab chiqarish xamda aktsiyadorlarning foydasini maksimallashtirish uchun mas’uldir. Eng umumiy xolatda firmaning iqtisodiy mas’uliyati foydani maksimallashtirishga borib taqaladi. Bu konsepsiyani iqtisodchi olim, Nobel premiyasi laureati Milton Fridmen taklif qilgan va ishlab chiqqan. M.Fridmenga ko‘ra, kompaniya faoliyati foyda olishga bo‘ysungan bo‘lishi kerak, uning yagona missiyasi esa (tashkilotning xatti-xarakatlari toki qonun doirasidan chiqmaguncha) foydani oshirishdan iborat6.
Lekin yevropa mamlakatlarida, Kanada va AQSHda bunday g‘oyalar tanqidga uchramoqda. Ko‘rsatilishicha, iqtisodiy naf olish bu kompaniyaning jamiyat oldidagi yagona majburiyati, degan fikrga amaliy yondashish firma uchun o‘ta salbiy oqibatlarga olib keladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |