Менежмент. Маркетинг



Download 8,34 Mb.
bet332/448
Sana03.01.2022
Hajmi8,34 Mb.
#272838
1   ...   328   329   330   331   332   333   334   335   ...   448
Bog'liq
Менежмент маркетинг мажмуа 2020

5.2. Amaliy topshiriqlar.

1-Topshiriq: Bozor va korxonaning bir-birga bog‘liq asosiy tavsifini tuzing.

Bozor bo‘yicha

Korxona bo‘yicha

1




1




2




2




3




3




6. Topshiriqlarning talabalar tomonidan bajarilishini nazorat qilish va yo‘l-yo‘riqlar berish.

7. Topshiriqlarni bajarishning asosiy natijalari bo‘yicha xulosa va takliflar.

8. Savol va javoblar.

9. Uyga vazifalar.

9.1. O‘tilgan mavzuni o‘qib chiqish.

9.2. Topshiriqlarni to‘liq bajarish.

9.3. Ma’ruza matni asosida keyingi mavzu bilan mustaqil tanishib chiqish.


2-amaliy mashg‘ulot: Zamonaviy marketing tushunchasi, marketing elementlari (2 soat).
1. Darsning maqsadi: Talabalarga marketingning ijtimoiy-iqtisodiy asoslarini, rivojlanish tarixini va uni fan sifatida o‘qitilish jarayonlari hamda rivojlanish bosqichlari haqida nazariy bilimlarni o‘rgatish.

2. Darsning rejasi:

  1. Marketing tushunchasi, mazmuni va ahamiyati.

  2. Marketing nazariyasi, konsepsiyasi va uning evolyutsiyasi.

  3. Boshqaruv marketingi.

  4. Tovarlarni ishlab chiqaruvchidan iste’molchiga etkazib berish jarayoni.

Marketing(ingilizcha bozor so‘zidan) – korxona va tashkilotlarning bozor iqtisodiy kon’yunkturani, iste’molchilarning aniq talabini va ishlab chiqariluvchi tovar va xizmatlarni unga moslashtirishni o‘rganishga yo‘naltirilgan ishlab chiqarish – savdo, ilmiy-texnikaviy faoliyatni boshqarishning bozor konsepsiyasidir.

Marketingni maqsadlari bo‘lib, talabni shakllantirish va rag‘batlantirish va qabul qilingan qarorlarni asoslanganligini, firmalar ish rejalarini, shuningdek sotish hajmini, bozor hissasini va foydani ta’minlash hisoblanadi. Kompaniyalar o‘z maqsadlariga talabni qondirish orqaligina erishadi. SHuningdek marketingni vazifasi – faqatgina talabni ko‘paytirish emas, balki unga shunday ta’sir o‘tkazishki, natijada u taklifga mos bo‘lishi lozim.

Marketingni maqsadi haqida boshqaruv muammolari bo‘yicha etakchi nazariyotchilardan biri Piter Drukker shunday deydi: «Marketingni maqsadi – sotish bo‘yicha hatti harakatlarni bekor qilishdan iborat. Uning maqsadi mijozni juda yaxshi o‘rganish va tushunishni, natijada tovar yoki xizmat uning oxirgi ehtiyojiga mos bo‘ladi va o‘zini-o‘zi sotadi». Bu umuman sotish bo‘yicha xatti harakatlar va uni rag‘batlantirish o‘z mohiyatini yo‘qotishini bildirmaydi. Gap shundaki, ular keng masshtabli «marketing kompleksi»ning qismi bo‘lib qoladi. Tashkilotning ishlab-chiqarish, sotish, ilmiy texnik faoliyatini boshqarishga marketing yondashuvlarini asosiy shiori – «Ishlab chiqarilgan narsalarni sotish emas, balki sotish mumkin bo‘lgan narsalarni ishlab chiqarish»dir.

Marketingning asosiy vazifasi bo‘lib, iste’molchilarni axborot bilan ta’minlash hisoblanadi. Hamma insonlar u yoki bu tovar yoki xizmatni iste’mol qilishadi. Marketing ularga yanada axborot bilan ta’minlangan, kashfiyotga va effektiv bo‘lishlariga imkon yaratadi.

Hozirgi zamon marketing adabiyotlarida marketingning juda ko‘p ta’riflari beriladi. Ulardan eng muhimlari quyidagilar:

«Marketing — firma tadbirkorlik faoliyatining hamma tomonlarini boshqarish jarayonidir».(P.Druker. Menejment amaliyoti. 1973)

«Marketing — raqobat sharoitida firmaning strategiyasi va taktikasini belgilaydigan zamonaviy biznes falsafasidir».(Marketing asoslari. AQSH, 1984)

«Marketing — malakali bozor qatnashchilarining asosiy tartibintizomlaridan biridir. Ular bozorni qanday qilib tasvirlash, qanday qilib uni segmentlarga bo‘lish, maqsadli bozor doirasida iste’molchilarning ehtiyojlari va talablarini baholash, bozorda kerakli bo‘lgan iste’mol xususiyatlari bo‘lgan tovarni yaratish va sinashni, narx vositasida tovarning qimmatliligi g‘oyasini iste’molchilarga etkazishni, tovar hammaga qulay bo‘lishi va yaxshi tanilishi uchun tajribali vositachilarni tanlashni, iste’molchilar tovarni tanishlari va uni olish ishtiyoqida bo‘lishlari uchun tovarni reklama qilish va siljitishni bilishi kerak. Bozorning malakali qatnashchisi, albatta, keng bilimga va ko‘nikmalarga ega bo‘lishi kerak». (F.Kotler. Marketing asoslari. 1990)

Marketingning asosiy sub’ektlari — ishlab chiqaruvchilar, marketing bo‘yicha mutaxassislar, vositachilar va xilma-xil mahsulot va xizmatlarning iste’molchilari hisoblanadi.

Marketing ob’ektlariga moddiy tovar, xizmatlar, g‘oyalar, tashkilotlar, hududlar va shaxslar kiradi. Marketing ob’ektlarini, odatda, «tovarlar» tushunchasiga birlashtiradilar.

Marketing maqsadlarini uzoq muddatli va qisqa muddatli turlarga bo‘lish mumkin. Ular iqtisodiy ko‘rsatkichlar va firmaning o‘xshash mahsulotni ishlab chiqaruvchilar orasidagi mavqei bilan belgilanadi.

3. Darsning ta’minoti:

Adabiyotlar ro‘yxatida ko‘rsatilgan adabiyotlar asosida.



4. Darsning borishi: Talabalar bilan salomlashish, davomatni aniqlash, o‘tilgan darsni takrorlash, uy vazifalarni tekshirish, talabalarning bilimini baholash va yangi amaliy mashg‘ulot darsini tushuntirish, berilgan topshiriqlarni birgalikda bajarish hamda uyga qo‘shimcha topshiriqlar berish.

5. Talabalarning mustaqil ishlashi uchun topshiriqlar.


Download 8,34 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   328   329   330   331   332   333   334   335   ...   448




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish