Menejment maqsadi, funksiyalari va bosqichlari


BOSHQARISHNING XUSUSIY FUNKSIYALARI



Download 162,5 Kb.
bet4/5
Sana13.05.2023
Hajmi162,5 Kb.
#938147
1   2   3   4   5
Bog'liq
5-mavzu

5.3. BOSHQARISHNING XUSUSIY FUNKSIYALARI

Boshqarish faoliyatining turlariga ko‘ra, funksiyalar quyidagicha bo‘ladi:


boshqarishning iqtisodiy funksiyalari; ya’ni:
mablag’larning doiraviy oborotini amalga oshirish;
mahsulot ishlab chiqarish va xizmatlar ko‘rsatish;
marketing xizmatini uyushtirish;
foyda olishni ta’minlash va h.k.
boshqarishning sotsial funksiyalari, ya’ni:
mehnat sharoitini yaxshilash,
xodimlarning uy-joyga ehtiyojini, sotsial madaniy-ma’naviy ehtiyojlarni qondirish;
moddiy rag’batlantirishni ta’minlash;
ijtimoiy himoyani ta’minlash va h.k.
boshqarishning ma’naviy - ma’rifiy funksiyalari, ya’ni:
xodimlarni insoniylik, yaxshilik, mehr-shafqatli va o‘zaro munosabatlarda sabr-toqatli bo‘lish ruhida tarbiyalash;
xodimlarni Vatanga muhabbat, insonparvarlik ruhida tarbiyalash, halollikni, adolat tuyg’usini, bilim va ma’rifatga intilishni tarbiyalashga xizmat qilish va h.k.
boshqarishning tashkiliy funksiyalari, ya’ni:
ishlab chiqarishni tashkil qilish;
o‘zaro aloqalarni o‘rnatish va muvofiqlashtirish;
barcha bo‘g’in va bo‘limlar o‘rtasida vazifalar taqsimoti, huquq berish va boshqarish apparati xodimlari o‘rtasida mas’uliyatlarni belgilash;
boshqarishning aniq uslubini tanlash va qaror qabul qilishda ish tartibi izchilligi, axborotlar oqimini tashkil qilish va h.k.
Qayd qilingan funksiyalar bir-biri bilan bog’liq va ma’lum darajada tartibga solingan ko‘p unsurlardan, komponentlardan iborat bo‘lib, ular yaxlitlikka ega. Shuning uchun ham boshqarish jarayonida ularning birortasi ham e’tibordan chetda qolmasligi kerak.
Boshqarishning funksiyalaridan yana biri - bu tarmoqli boshqarish bilan hududiy boshqarishning mutanosibligini ta’minlashdir. Har bir korxona qandaydir bir tarmoqqa (sektorga) kiradi. Ayni vaqtda u bir tuman hududida joylashganligidan mahalliy ishlab chiqarish - hududiy kompleksiga kiradi. Boshqarish jarayonida bu funksiya ham hududiy, ham tarmoq manfaatini ko‘zda tutishi lozim. Tarmoqqa doir bo‘lgan boshqaruv funk-tsiyalari zarur. Busiz tarmoq “yqqoladi” , yagona texnik va texnologiya siyosatini amalga oshirish va butun tarmoqqa taaluqli boshqa masalalarni hal etish qiyin bo‘ladi.
Biroq, ayni vaqtda, boshqarishning hududiy funksiyalari ham zarur. Bu funksiya muayyan tuman, viloyat hududida joylashgan turli tarmoqlar (sektorlar)ga qarashli korxonalar faoliyatini muvofiqlashtiradi, ratsional aloqalarni o‘rnatilishini ta’minlaydi. Hududiy funksiyalar idorachilik g’ovlarini yo’qotish, noratsional tashuvlarni kamaytirish va pirovardda samaradorlik darajasini oshirish imkoniyatini beradi.
Qayd qilingan funksiyalardan tashqari boshqarishning o‘ziga xos aniq funksiyalari ham bor.
Boshqarishning o‘ziga xos aniq funksiyalari deganda muayyan boshqaruv organiga va uning boshqaruvchisiga konkret biriktirilgan ishlar, mas’uliyat, maqsad va unga erishish vositalari majmuasi tushuniladi.
Tegishli funksiyalarning to‘la-to‘kis va sifatli bajarilishi uchun ishlab chiqarishning muntazam yoki umumiy rahbarlari-direktor (rais), uning o‘rinbosarlari, bo‘g’in va bo‘limlar boshlig’i, brigadir, shuningdek, xizmat ko‘rsatish bo‘limlari rahbarlari-kadrlar bo‘limi boshlig’i, reja-iqtisod bo‘limi boshlig’i va boshqalar mas’uldirlar.



Download 162,5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish