Ishlab chikarish texnikaviy muammolar:
kichik biznes korxonalarining yirik korxonglar bilan doimiy ishlab chiqarish va texnik iqgisodiy aloqalarini yo’lga qo’yish;
kichik biznes korxonalarining yirik korxonalar uchun detallar, qismlar va boshqa mahsulotlar ishlab chiqarishga ixtisoslashuvi orqali kooperatsion aloqalarga tortish tizimini takomillashtirish;
kichik biznes korxonalari moddiy-texnik taominotini mustahkamlash, ularning yangi texnika va texnologayadan, «nou-xau»dan foydalana olishi uchun shart-sharoitlar yaratishdan iborat.
O’zbekistonda iqtisodiy islohotlarni chuqurlashtirish bosqichida kichik biznesni barqaror rivojlantirish bilan bog’liq yechimini kutayotgan muammolar:
kichik biznesni samarali faoliyat ko’rsatishi uchun tashkiliy, me’yoriy, xuquqiy va iqgisodiy asoslarning yetarli darajada takomillashmaganligi, mavjud me’yoriy-qonuniy xujjatlarning amalga oshirishdagi maomuriy-byurokratik to’siqlarning mavjudligi;
shaxsiy va xususiy mulkii himoya qilish va kafolatlash mexanizmining yetarli emasligi;
milliy iqtisodiyotning barcha sektorlarida kichik biznes tuzilmalarining yetarli rivojlanmaganligi, tuzilgan shartnomalarning muddatlarida bajarilmasligi va xuquqiy kafolatlarini amalga oshirishdagi qiyinchiliklar;
tadbirkorlik faoliyatida hisob va hisobot jarayonlarini soddalashtirish zaruriyati, turli byudjetdan tashqari fondlar yordami asosida yangi texnika va ilьor texnologiyalarni olish uchun shart-sharoitlarning yetarli emasligi;
qishloq bozor iifratuzilmalarining to’laqonli faoliyat ko’rsatmasligi, ayniqsa, qishloq xo’jaligida faoliyat ko’rsatuvchi dehqon-fermer xo’jaliklari uchun servis xizmati (uruьlik, yoqilьi, mineral o’g’itlar, texnik, meliorativ va boshqalar)ning zaifligidan tashqari qishloq xo’jalik mahsulotlarini qabul qilish, saqlash va qayta ishlash korxonalari faoliyatining zaifligi, moliyaviy-kredit munosabatlaridagi shartnomalarning vaqtida bajarilmasligi;
qishloqlarda tadbirkorlarning faoliyat yuritishi uchun zarur tashkiliy, xuquqiy, iqtisodiy maolumotlarning yetarli emasligi, qishloqda kichik oilaviy biznesni rivojlantirishning real mexanizmini ishlab chiqish ehtiyoji;
kichik biznesga xorij investitsiyalarini jalb qilish mexanizmini takomillashtirish, moliya-kredit, soliq, tashqi savdo, investitsion siyosatni takomillashtirib borish zarurligi;
kichik biznes tuzilmalari uchun tadbirkorlarni tayyorlash, qayta tayyorlashdan iborat tizimni doimiy takomillapggirib borish asosida ularning ijtimoiy-psixologik tayyorgarligani oshirish dolzarb tusolayotganligidan iborat.
Ushbu muammolarning yechimlarini ishlab chiqish va amalta oshirish mamlakatimizda kichik biznesni gurkirab rivojlanishi hamda iqtisodiy taraqqiyotni tezlapggirishga olib keladi. Buning uchun davlat tomonidan kichik va o’rta biznes tuzilmalari faoliyatining rivojlanish jarayonlarini doimiy taxlilil qilib, qo’llab-quvvatlashning samarali tadbirlarini ishlab chiqish va amalga oshirish talab etiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |