Nazoratuchunsavollar: 1. Kichik biznesrivojlantirishdagi muammolarni aytib bering?
O’zbekistonda kichik biznesni rivojlantirishning o’ziga xosmuammolari nimalardan iborat?
G’oyadegandanimanitushunasiz?
Tadbirkorlikg’oyasitushunchasiniizohlang?
G’oyanitanlashqoidalariniayting?
Tadbirkorlik g’oyasi iqtisodiy samaradorligi qanday aniqlanadi?
Tadbirkorlik g’oyasini amalga oshirish kontseptsiyalariga nimalar kiradi?
Hayotga tadbiq qilish qanday amalga oshiriladi?
Kichik biznesda tadbirkorlik g’oyasini amalga oshirish printsiplarini ayting?
Tadbirkorlik g’oyasini amalga oshirish muammolariga nimalar kiradi?
Moliyaviymuammolarnima?
Texnik-texnologik muammolarga nimalar kiradi?
Bino, joy tanlash muammolarini ayting?
Kadrlar bo’yicha muammolar va ularni hal qilish yo’llarini ayting?
Moddiy taominot bo’yicha muammolarga nimalar kiradi?
Mavzu: KICHIK BIZNES VA TADBIRKORLIK FAOLIYATINI TASHKIL ETISH
Reja Kichik biznes va xususiy tadbirkorlik korxonalarini tashkil etish va davlat ro’yxatidan o’tkazish tartibi
Kichik biznes sub’ektlarini bank, soliq va moliya muassasalaridan ro’yxatdan o’tkazish uchun zarur hujjatlar , ularning mazmuni
Kichik biznes va xususiy tadbirkorlik korxonalariga litsenziya berish tartibi
1.Kichik biznes va xususiy tadbirkorlik korxonalarini tashkil etish va davlat ro’yxatidan o’tkazish Tadbirkorlik faoliyati amal qilayotgan qonunlar va boshqa me’yoriy hujjatlar talablariga muvofiq rasmiylashtirilishi lozim. Tadbirkorlik faoliyatini rasmiylashtirish uni tashkil etish va ro’yxatdan o’tkazish uchun kerak bo’ladigan hujjatlarni tayyorlash va tegishli organga taqdim etish, mazkur organ tomonidan ro’yxatga olish va hujjatlarni rasmiylashtirish jarayonidan iborat.
Tadbirkorlik sub’ektlarini davlat ro’yxatidan o’tkazish, hisobga qo’yish10 va tadbirkorlik faoliyatini yuritish uchun ruxsat beruvchi hujjatlarni rasmiylashtirish. Tadbirkorlik sub’ektlarini davlat ro’tkazish tartibi O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2003 yil 20 avgustdagi “Tadbirkorlik faoliyatini tashkil etish uchun ro’yxatdan o’tkazish tartibotlari tizimini tubdan takomillashtirish to’g’risida”gi 357-sonli qarori va shu qaror bilan tasdiqlangan “Tadbirkorlik sub’ektlarini davlat ro’yxatidan o’tkazish, hisobga qo’yish va ruxsat beruvchi hujjatlarni rasmiylashtirish tartibi to’g’risida NIZOM”ga muvofiq amalga oshiriladi. Ushbu qarorda barcha kelishib olish tartibotlari tadbirkorlik sub’ektlarini amaldagi qonun hujjatlariga rioya qilgan holda ro’yxatdan o’tkazadigan faqat bitta tashkilot doirasida amalga oshirilishi belgilab berilgan edi.