Menejment kafedrasi



Download 0,61 Mb.
bet42/187
Sana15.04.2022
Hajmi0,61 Mb.
#555612
1   ...   38   39   40   41   42   43   44   45   ...   187
Bog'liq
Menejment kafedrasi

Jarayon maslahatida - loyi’ani ishlab chiqish bosqichlarida konsalting firma maslahatchilari mijoz bilan faol ish olib borib, yuzaga kelgan muammolarni hamkorlikda ta’lil qiladi va kerakli takliflar beradi.
O’rgatuvchi maslahatida - mutaxassislarning asosiy maqsadi ьoyalarning yuzaga kelishi, yechimlar qabul qilish uchun asos tayyorlashdir. SHu maqsadda mijozlar uchun maoruzalar o’qiladi, seminarlar o’tkaziladi, o’quv qo’llanmalari ishlab chiqiladi. Umuman olganda mijozlar kerakli nazariy va amaliy axborotlar bilan ta’minlanadi. Amalda esa yuqoridagi har bir maslahat turlari sof holda qo’llanilmaydi, ular kombinatsiyalashgan shaklda uchraydi.
Sanoati rivojlangan mamlakatlarda konsalting xizmati ko’p yillar mobaynida bozor iqtisodiyoti infratuzilmasining muhim elementlaridan hisoblanadi. Konsalting xizmati statistika tomonidan maxsus tarmoq deb tan olingan. AQSHda ushbu tarmoqda 700 ming kishi band bo’lib, uning bir yillik xizmat hajmi 50 mlrd. dollarni tashkil qiladi.
Konsalting xizmatlari turli xil bo’lishi mumkin. Menejment bo’yicha Yevropa maslahatchilar ma’lumot-ko’rsatikichida 84 turdagi konsalting xizmatlari ko’rsatilgan. Ular quyidagi 8 ta guruhga bo’lingan: umumiy boshqaruv, maomurchilik, moliyaviy boshqaruv, xodimlar boshqaruvi, marketing, ishlab chiqarish, axborot texnologiyasi, maxsus xizmatlar. Konsalting firmaning mijozlarni jalb etish usullari. Maslahat beruvchi bozorning o’ziga xos xususiyati shundan iboratki, bu faoliyat bilan shug’ullanuvchi firmalar o’z tovari, o’z xizmat namunasini ko’rsatish imkoniga ega emas. SHuning uchun ular faoliyatida mijozlarni jalb etish muammosi turadi.
Mijozlarni jalb etish usullari turli xildir. Bunga o’z imkoniyatlarini tashviыot qilish, reklama qilish, vositachilar yordamida mijozlarni jalb qilish, firma haqida ijobiy fikr bildirgan oldingi mijozlar taklif-laridan foydalanish kiradi.
Eng sodda va eng keng qo’llaniladigan usul - reklama qilishdir. Firma o’z imkoniyati, xizmat ko’rsatishning taxminiy narxi, muvaffaqiyatli bajarilgan loyihalar haqida turli xildagi reklama ma’lumotlarini va reklama e’lonlarini tarqatadi. Mijozlarni jalb qilishda vositachilar yordamidan keng foydalaniladi. Vositachilar sifatida o’z rahbarining ishonchini qozongan firma xodimlari bo’lishi mumkin. G’arb mamlakatlarida bunday vositachilarni topish uchun maxsus uslublar ishlab chiqilgan. Bu maqsadlar uchun alohida mablag’lar ajratiladi.
Albatta, maslahatchi firmaning obro’sini belgilab beruvchi omil - bu o’tmishda muvaffaqiyatli olib borilgan faoliyatdir. Yirik, ‘atto o’rta miyona firmalarning ijobiy tavsiyasi - eng yaxshi reklamadir.
Maslahatchi - firmaning obro’yi maslahatga buyurtma olishni ta’minlashda katta ahamiyatga ega. Vizit kartochka, prospekt, ofisdagi yaxshi a’vol, firma xodimlarining tashqi ko’rinishi, yaxshi muomalasi buyurtmachining shu maslahatchi - firma bilan hamkorlik qilishi haqidagi qaroriga ijobiy taosir ko’rsatadi.
Umuman firmaga maslahatchilar kerakmi? O’zbekiston iqtisodiyotini tiklanish vaqtida, baozi korxonalarda tubdan islo’otlar olib borilayotgan davrda, ni’oyatda ko’p muammolar yuzaga kelmoqda. SHu muammolarni oqilona yechish uchun maslahatchilar salo’iyati oshib borishi aniq. SHu bilan birga moliyaviy imkoniyat cheklanganligi tufayli maslahatchilarni firmaning u yoki bu muammolarini yechish uchun taklif qilish maqsadga muvofikdir. Muammolarni yechishni eng asosiy muammo - korxonaning strategik rivojlanish muammosini yechishdan boshlash kerak. Ana shundan keyin marketing, innovatsion imkoniyat va boshqa muammolarni hal qilishga o’tish kerak.

Download 0,61 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   38   39   40   41   42   43   44   45   ...   187




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish