Tovar olib-sotish va xizmat ko’rsatish bo’yicha operatsiyalar. Tijorat tadbirkorligining asosiy mazmunini tovar olib-sotish va xizmatlar ko’rsatish tashkil etadi. Tijorat tadbirkorlik faoliyati umumiy shaklda ishlab chiqarish tadbirkorligi faoliyatiga o’xshab ketadi. Tijorat tadbirkorligida iste’molchiga moddiy resurslar o’rniga tayyor tovarlar sotiladi. Tijorat tadbirkorligida maxsulot ishlab chiqarish o’rnini tayyor tovar egallaydi. Tijorat bitimi tuzishdan oldin bozor ta’lilini o’tkazish zarur.
Umumiy ko’rinishda marketing-tijorat korxonalari va firmalari xo’jalik faoliyatining barcha tomonlarini boshqarish va tashkil etish tizimidir. Marketing savdo korxonalari faoliyatini kompleks boshqarishga mo’ljallangan. Marketing yordamida savdo korxonasining ‘ayotiy faoliyati amalga oshiriladi, yaoni bozor o’rganiladi, tovar iste’molchiga yetkaziladi, moliyaviy ta’minot va foyda olish yo’lga qo’yiladi. SHu yerda savdo korxonasiga ikki bir-biri bilan bog’liq talab qo’yiladi, yaoni iste’molchilarning o’zgaruvchan harakatiga o’rganish va raqobat sharoitida faoliyat ko’rsatish.
Savdo sohasida marketingni amalga oshirishning eng muhim sharti uni rejalashtirishdir. Marketing rejasi natura va qiymat ifodasidagi sotish hajmini belgilaydi. Tovarlar talabga qarab farqlanadi. Birinchi guruhga bozorni hali egallamagan tovarlar kiradi, ikkinchi guruhni esa keng talabga ega bo’lgan anoanaviy tovarlar tashkil qiladi.
Marketing tuzilmasi tezkor boshqarish ishlari bilan birga bozorni o’rganish, bashorat qilish, rejalashtirish, maqsadlarni amalga oshirish va ularni nazorat qilish funktsiyalarini o’z ichiga oladi.
Savdo firmasidagi marketing faoliyatining model-dasturini oddiy rasm ko’rinishida tasvirlash mumkin.
Agar bozorning dastlabki ta’lili va bashorati tijorat bitimini tuzish foydasiga hal bo’layotgan bo’lsa, tijoratchi shu bitim aks etilgan biznes-rejani va bo’lajak xarajat va kutilayotgan natijalarni ishlab chiqishi lozim.
Har bir tijorat bitimi umumiy holatda quyidagilarni o’z ichiga oladi:
savdo-vositachi xizmatlarni bajarish uchun ishchilarni yollash (tovarni sotib olish, tashish, sotish, reklama ishini olib borish, kerakli xizmatlarni rasmiylashtirish);
tovarni saqlash va sotish uchun kerak bo’lgan omborxona, baza, savdo do’konlarini sotib olish yoki ijaraga olish;
tovarni keyinchalik sotish uchun sotib olish;
amalga oshiriladigan ishni moliyalashtirish uchun pul mablag’larini kreditga olish va keyinchalik kredit va uning foizini qaytarish;
vositachilik faoliyati ko’rsatayotgan boshqa tashkilot yoki shaxslarning xizmatlaridan foydalanish va ularga pul to’lash;
bitimda ko’rsatilgan ishni rejalashtirish, rasmiylashtirish va tartiblashtirish uchun kerak bo’lgan axborotnito’plash yoki sotib olish;
tovarni haridorga sotish;
bitimni rasmiylashtirish, barcha soliq va boshqa to’lovlarni to’lash.
Tijorat bitimining barcha muhim tadbirlari bir-biri bilan muddat jihatdan bog’liqdir. Yakunida biznes-reja va harakatlarning yiriklashtirilgan muvofiqlashtiruvchi rejasi ishlab chiqiladi. Agar bitim yirik bo’lib, ko’p muddatga cho’zilsa, ishni bajarish reja jadvalini tuzish tavsiya etiladi.
Moliyaviy tadbirkorlik
Tijorat banklari va fond birjalari moliyaviy tadbirkorlik uchun faoliyat ko’rsatuvchi makon bo’lib xizlyt qiladi. Ushbu bozor institutlarining mohiyati nimada?
Do'stlaringiz bilan baham: |