Tijorat banki-aktsiyador turdagi moliyaviy-kredit muassasasi bo’lib, asosan pul omonatlarini (depozitivlarni) qabul qiluvchi va mijoz ko’rsatmasi bilan boshqa hisob-kitob operatsiyalarni amalga oshiruvchi tijorat tashkilotlariga pulli xizmat ko’rsatadi. Tijorat banklarining daromad manbai depozit (jalb etilgan) va ssuda mablag’lari o’rtasidagi farqlardan shakllanadi.Tijorat banklari operatsiyalari passiv (mablag’larni jalb etish), aktiv (mablag’larni joylashtirishkomission vositasi (komission to’lovlari bo’lgan mijozlarning topshiriqlarini bajarish) kabi uch guruhga bo’linadi.
Tijorat banklari mablag’larni katta muddatga olib, kichik muddatga qarzga beradi. Bu banklar kreditorlarga oldindan belgilangan foizlarni to’lash bilan bog’liq tijorat tavakkaliga mubtalo bo’ladi. SHu sababli bank berilgan qarzlari turli sabablarga ko’ra o’z vaqtida qaytmasligini hisobga olib, ma’lum pul zaxirasiga ega bo’lishi kerak.
1996 yil 25 aprelda qabul qilingan O’zbekiston Respublikasining „Banklar va bank faoliyati to’g’risida»gi qonunida tijorat banklari faoliyatining barcha xuquqiy asoslari aniq belgilab berilgan. 1996 yilning birinchi choragida tijorat banklari vakillik hisob raqamlari Markaziy bank hisob-kitoblar markaziga o’tkazish to’liq tugallandi va qliring markazlari tugatildi. Bu hudud ichidagi banklar o’rtasida operatsiyalarning sanoqli soatlarda o’tkazilishiga imkon beradi. Bu banklar tщla mustaqildir.
Fond-birjasi. Moliyaviy tadbirkorlikning elementlaridan yana biri fond birjasidir. Kapitalning ko’payishi, aktivlarning g’aqiqiy narxini aniqlashga qaratilgan qimmatba’o qog’ozlar bozoriga fond birjasi deyiladi.u Fond birjasining faoliyat tamoyili talab va taklifni tezkor tartiblashtirishdan iboratdir.
O’z resurslari yetmay qolganda ular boshqa banklardan yoki Markaziy bankdan kredit olishlari mumkin.
Fond birjalarida qammatbaho qog’ozlarning kopirovkasi o’tkaziladi. Bunga muvofiq birjaning kopirovka bo’limi mutaxassislari birja orqali o’tayotgan barcha qammatbaho qog’ozlarning harid kursi va sotuv kurslarini muntazam ravishda baholab boradilar. Joriy kurslar esa doimo chiroqli tabloda yozilib, maxsus byulletenda chop etiladi. Joriy kurslarga binoan shu vaqt shu birjada ma’lum aktsiyalarni sotish yoki sotib olish narxlari aniqlanadi. Bu narxlar maxsus formula yordamida chiqarilsa, ular birja faolligining indeksini aniqlash uchun asos bo’ladi. Birja faolligi iqtisodiyotda sodir bo’layotgan a’volni o’ziga xos ravishda aks ettiradi.
Hozirgi vaqtda O’zbekistonda ham fond birjalari o’z faoliyatini amalga oshirib kelmoqda. «Toshkent» respublika fond birjasi erkin sotuvga chiqarilgan aktsiyalar savdosi bilan shug’ullanuvchi yopiq aktsiyadorlik jamiyati, 1994 yil aprelda «Toshkent» respublika universal tovar-fond birjasi tarkibidagi fond bo’limi asosida tashkil etildi.
Birja qimmatli qog’ozlarning bir maromda muomalada bo’lishini ta’minlaydi, ularning bozor bahosini belgilaydi va ularga doir ma’lumotlarni tarqatadi.
Birjaning 81 brokerlik idorasi bo’lib, ularda jami 240 broker (brokerlik o’rnini sotib olgan yuridik va jismoniy shaxslar, shuningdek xorijiylar) ishlaydi.
Respublikaning qimmatli qog’ozlar bozorini shakllantirish borasida ‘ukumat tomonidan bir qancha tadbirlar ko’riddi. Bunday bozorlar respublikada ilgaridan ma’lum bo’lib, 20-30 yillarda veksellar, depozitli sertifikatlar, obligatsiyalar muomalada bo’lgan. 1995 yildan esa bunday qimmali qog’ozlar “Toshkent” respublika fond birjasi orqali sotila boshlandi.
Respublika fond bozoriga Markaziy bank tomonidan veksellar bilan birga depozit va jamьarma sertifikatlari chiqarildi.
Qimmatli qog’ozlar bozorini kengaytirish maqsadida fond do’konlari tarmog’i vujudga keltirildi. Ularning soni 55 ga yetdi.
Bozor iqtisodiyotining muhim qismlaridan biri bo’lgan qimmatli qog’ozlarni saqlashning depozitariy tizimi fond birjalari, emitet, investor va brokerlik idoralari faoliyatini nazorat qiluvchi tashkilotlarga xizmat qiladi. O’zbekistonda tuzilgan “Vaqt” milliy depozitariysining va uning 12 ta hududiy filiallarning, 6 mustaqil depozitariylarning asosiy vazifasi qimmatli qog’ozlarni saqlash, ularning harakatini hisob-kitob qilish va ro’yxatga olish, egalik xuquqi bo’yicha xizmat ko’rsatishdan iborat. Depozitariydagi komppyuterlarda 4,8 ming aktsiyadorlik jamiyatlarining umumiy nominal miqdori 4 mlrd so’mlik aktsiyalari saqlanadi.
SHuningdek, ja’ondagi ko’pgina davlatlarning qimmatbaho qog’ozlar bozorlari to’g’risidagi zarur axborotlari depozitariyning “Depo” elektron schyotlari komppyuterlarida saqlanadi. Respublikada depozitariyning 9 ta viloyat fili-allari va 5 ta ro’yxatga olish punkti faoliyat ko’rsatmoqda.
1995 yidda „Toshkent» fond birjasi Yevropa-Osiyo fond birjalari federatsiyasi aozoligiga qabul qilindi.