Frederika Uinsloy Teylorning boshqaruv tamoyillari:
1. Mehnatning har bir jarayoni, uning ko’lami va ketma-ketligi aniq-puxta ixtisoslashtirilishi shart.
2. Har bir mehnat turi qat'iy vaqt oralig’ida taqsimlanishi lozim.
3. Har bir mehnat jarayeni va hatto har bir harakat puxta ishlab chiqilgan qoidalarga bo’ysundirilgan bolishi kerak.
4. Yuqoridan belgilab berilgan ish usullari va qoidalarni bajarish uchun doimiy talabchan nazorat amalga oshirilishi kerak.
5. Boshqaruvchi bilan boshqariluvchi mas'uliyatini aniq belgilash va vazifalarini to’g’ri taqsimlash shart.
F.Teylor mehnatni tashkil etish va uni boshqarish borasidagi takliflari ishlab chiqarishga tadbiq etilganda mehnat unumdorligi ikki baravar (11%)ga o’sishiga olib kelgan. Ayniqsa, qo’llagan haronometraj usuli diqqatga sazovordir. F.Teylor nazariyasiga ko’ra rahbar va mutahassislarni kam malaka talab qiladigan ijrochilik mehnatidan va ularga hos bo’lmagan vazifalardan ozod qilish, ishchidan esa boshliqlarning barcha buyruqlarini hech qanday mulohaza yuritmasdan, biror-bir shahsiy tashabbus ko’rsatmasdan aniq hamda tez bajarishni talab qilish kerak edi.
F.Teylor boshqarishni aniq qonun va qoidalarga tayanadigan haqiqiy ilm, shuningdek, nima qilish kerakligini aniq bilish va uni puxta hamda “arzon usulda bajarish san'ati" deb baholagan. Shunday qilib, F.Teylor yaratgan Boshqaruv maktabi faqat Amerikada emas, balki Yevropaning bir qator mamlakatlarida ham turli nazariya va oqimlar ko’rinishida rivojlanib bordi.
Maks Veber tamoyillari (1864-1920).
1. Aniq mehnat taqsimoti, yuqori malakali mutahassislar shakllanishiga olib keladi.
2. Boshqarishning ierarhiya darajasi, bunda pastki daraja yuqoridan nazorat qilinadi va unga boysunadi.
3. Vazifalarni sozlash va bir hil vazifalarni bajarishni ta'minlaydigan umumrasmiy qoida va standartlar o’zaro bog’liq umumiy tizimining mavjudligi.
4. Sub'ektiv hatolar samaradorligini pastlatuvchi rasmiy shahslarning rasmiy mustaqilligini kamaytirish.
5. Ishchini malaka talabi asosida ishga yollash.
Sobiq ittifoq olimlarining menejment nazariyasini rivojlanishiga qo’shgan xissalari
Sobiq ittifoqning A.K.Gastev, P.M.Kerjenstev, V.G.Afanasev, D.V.Gvishiani, S.E.Kamenister, O.V.Kozlova, D.M.Kruk, A.M.Omarov, G.X.Popov kabi olimlari menenjment nazariyasini rivojlantirishga o’zlarining salmoqli hissalarini qo’shganlar. Sobiq ittifoqda mehnatni ilmiy tashkil qilish va boshqarish sohasini ilmiy tadqiq qilish 1920 yillarda boshlangan. O’sha yillari Markaziy mehnat inctityti MMI tashkil etilib, mehnatni ilmiy tashkil qilish bo’yicha qator konferenstiyalar o’tkazildi. Maxsus jurnallar chop etilishi yo’lga qo’yildi. O’quv yurtlarida mehnatni ilmiy tashkil qilish fani o’qitila boshlandi.
A.K.Gastev (1882-1941) o’zining “Qanday ishlash kerak?”, “Mehnatni normalash va tashkil qilish” kabi qator asarlarini chop ettirdi. Markaziy mehnat instituti (MMI)ning tashkilotchisi ham Gastev bo’lgan. MMI va Gastevning ilmiy ishlanmalari negizida mehnatni ilmiy asosda tashkil qilish borasida qator muvaffaqiyatlarga erishilgan.
Chunonchi, mehnatni ilmiy asosda tashkil qilish bo’yicha o’qitish va xodimlarning malakasini oshirish tizimi yaratilgan bo’lib, bu ilg’or tajriba chet davlatlarda ham ommalashgan.
P.M.Kerjenstev (1881-1940) ham boshqarish bo’yicha qator asarlar chop ettirgan. Bular qatoriga “Mehnatni ilmiy tashkil etish”, “Boshqarishni tashkil qilish prinstiplari”, “Vaqt uchun kurash” kabilar kiradi. Ular boshqarish bo’yicha darsliklarni yozishda asos qilib olindi. 1920 yilning boshlarida Kerjenstev tashabbusi bilan “Vaqt” ligasi tashkil etildi. Liga o’z e’tiborini:
mehnatni tashkil qilishda tartibsizliklarning g’oyatda ko’pligiga;
behuda ishlarga vaqtning ko’p sarflanayotganligiga;
boshqaruv tizimida funksiyalarning nooqilona taqsimoti kabilarga qaratdi va ularni bartaraf etish yo’llarini ishlab chiqdi.
1950 yillarning oxiridan boshlab boshqarish nazariyasining rivojlanishi yanada kuchaydi. Shu yillarda mehnatni ilmiy tekshirish instituti, boshqarish va normativ bo’yicha markaziy ilmiy-tadqiqot institytlari tashkil etildi.
Mamlakatning etakchi oliy o’quv yurtlarida (MDU, MMI, KXXN, MXXN, TXXI va boshqalar) “Mehnatni ilmiy tashkil qilish”, “Boshqarish” kafedralari, fakultetlari tashkil etilib, ular bo’yicha maxsus fanlar o’qitila boshladi.
Rossiyada hozircha yagona Moskva boshqaruv inctityti tashkil qilingan bo’lib, u korxona yoki tarmoq faoliyatining boshqaruv tomonini takomillashtirish masalalari bo’yicha direktor maslahatchilari deb yuritiladigan boshqarishni tashkil qilish bo’yicha mytaxassislarni tayyorlaydi.
O’rta Osiyoda menejmentning nazariy asoslari va uning asosiy tamoyillari
O’rta Osiyoda menejmentning nazariy asoslari va uning asosiy prinstiplari qadim zamonlarda ham u yoki bu ko’rinishda mavjud bo’lgan. Ammo ular Amir Temur hukymronligi davriga kelib ma’lum shaklni kasb etgan, bunga Amir Temurning “Temur tuzuklari” asari yopqin misol bo’la oladi.
“Temur tuzuklari” jahonga mashhur asardir. Uning qo’lyozma nusxalari dunyoning deyarli barcha mamlakatlari (Hindiston, Eron, Angliya, Daniya, Franstiya, Rossiya, Germaniya, Armaniston, O’zbekiston va boshqalar) kutubxonalarida mavjud. Asar ikki qismdan iborat.
Birinchi qism Amir Temurning o’z davlatini barpo etish va uni har jihatdan mustahkamlash, mukammal qurollangan qudratli qo’shin tuzish borasida tatbiq etgan “tuzuklari” va rejalaridan iborat bo’lib, unda hatto qo’shinning jangovor saflanish tartibi ham maxsus jadvallar orqali ko’rsatib berilgan.
Asarning o’n uch qism (kengash)dan iborat ikkinchi bobida esa Sohibqironning kuchli feodal davlatni barpo etish, qo’shin tuzish va dushman lashkarini sindirish yuzasidan tuzgan kengashlari va amalga oshirgan ishlari o’z ifodasini topgan.
Amir Temur zukko, tajribali va siyosatdon davlat arbobi bo’lgan. U o’zi tuzmoqchi bo’lgan davlatning markaziy apparati va mahalliy hokimiyatning qanday, qaysi ijtimoiy toifalarga tayanishi, mansabdor shaxslar va ularning sifatlari hamda burch va vazifalarini oldindan belgilab bergan.
“Tuzuklar” muallifining fikricha, har bir sohibi toj davlat va jamiyatni ma’lum ijtimoiy-siyosiy guruhga tayangan holda boshqarishi lozim. Xazrat Amir Temur “Tuzuklar”ida ma’lum qilishicha, o’z faoliyatida quyidagi 12 ijtimoiy-siyosiy guruhga tayanib ish olib borgan:
1. Xazrat Payg’ambarimiz Muhammad Sallallohu Alayhi Vasallamning aziz va mukarram avlodi bo’lmish sayidlar, ulamo va shayxlar.
2. Hayotning achchiq-chuchugini totgan bilimdon kishilar.
3. Duogo’y taqvodorlar.
4. Amirlar, sarhanglar, sipohsolorlar, ya’ni lashkar va qo’shin boshliqlari.
5. Sipoh bilan raiyat, ya’ni qopa xalq.
6. Saltanat ishlari, uning siru asrorini bilgan, kengashsa bo’ladigan dono va ishonchli kishilar.
7. Vazirlar, sarkitob va devon bitiklari.
8. Xakimlar, tabiblar, munajjimlar va myhandislar.
9. Xadis olimlari va roviylar, ya’ni rivoyat aytuvchilar (tarixshunoslar).
10. So’fiy va oriflar.
11. Hunar va san’at ahli, ya’ni kosiblar va san’atkorlar.
12. Har turli mamlakatlardan kelgan sayyoh va tijorat ahli.
Davlatni idora qilishda vazirlar, amirlar va viloyatlarda o’tirgan noiblarning roli benihoya katta bo’lgan. Shuning uchun ham Amir Temur ularni tanlash va vazifalarga tayinlash ishiga alohida ahamiyat bergan. Ular Sohibqironning fikricha sadoqatli, axloqiy pok, adolatpesha, tinchliksevar va tashabbuskor odamlar bo’lishi kerak. “Tuzuklar” muallifining fikriga ko’ra masalan, vazirlar to’rt sifatga ega bo’lishlari shart:
1. Asillik, toza nasllik va ulyg’vorlik.
2. Aqlu farosatlik.
3. Sipoh bilan raiyat ahvolidan boxabarlik va ularga g’amxo’rlik ko’psatish, ular bilan yaxshi muomalada bo’lish;
4. Sabru bardoshlilik, muloyimlik.
5. Ma’muriy buyruqbozlik tizimi va bozor iqtisodiyoti sharoitida davlatni boshqarish tamoyillari.
Ma'muriy-buyruqbozlik tizimi sharoitida boshqarish tamoyillari asosan antidemakratik hususiyatga ega bolib, markazlashgan iqtisodiy muhitning negizini tashkil etadi.
Ma'muriy-buyruqbozlik tizimi sharoitidagi boshqarish tamoyillari:
Byurokratik markazlashuv. Boshqarish ob'ektiga nisbatan bo’lgan munosabat qat'iy darajada buyruqlashgan. Bu tamoyil demokratiyaga o’ta yetdir.
Nomenklatura. Lavozimlarga faqat yuqori tashkilotlar tomonidan kat'iy ravishda oldindan ruyhatga kiritilgan kishilar tayinlanadi. Aynan shu tartib shaxsga sig’inishni vujudga keltirishi mumkin.
O’ziga-o’zi hizmat qilish, shaxsiy manfaatlarni ustun qo’yish. Garchi sotsializm - inson manfaatlarini himoya qilish, uning farovonligini oshirishga yonaltirilgan shior bilan g’urullangan bolsada, aslida bu tuzumning qonun-qoidalari, tamoyillari amaldorlarning manfaatlari uchun hizmat qiladi.
Demakratiyani tan olmaslik. Demakratiyani tan olish degan so’z boshqaruv tizimi uchun hokimiyatni yo’qotish bilan barobar edi. Ma'muriy-buyruqbozlik tizimi uchun demakratiya bu "tabiiy dushman"
Buyruqbozlik. Faqat shundagina kuch ishlatish, qo’pol ravishda majburlash kabilar o’z ijrosini topishi mumkin. Tezkor tashkiliy xulosalarni yasash, daxshatli qarorlar chiqarish kabilar buyruqbozlikning o’ta ayovsiz ko’rinishlaridir.
Rasmiyatchilik. Rasmiyatchilik qog’ozbozlikni "ota"si, tora-chilik tamoyilidir. Har qanday qo’llanmani pesh qilib, uning o’rtaasida qonuniy narsalarni tan olmaslik, munosabatlarda rasmiyatchilik bilan yendashish bu tamoyilning bo’sh maqsadi bolib hisoblanadi.
Mahdudlik. Ma'muriy-buyruqbozlik tizimi o’zining sir-asrorlarini yashirishga, mahfiy tutishga harakat qiladi. To’ralarni oshkorlik va demakratiyaning hujumidan aynan shu mahdudlik himoya qiladi, mahfiy ma'lumotlarga yetib borishga halaqit beruvchi qalqon vazifasini bajaradi.
Konservatizm. Yangilikka nisbatan ayevsiz tamoyil. Garchi biror-bir yangilik yeki bu faoliyatni yaxshilashga olib kelishini bilsada, bu yangilikni iloji boricha kechiktirib yoki chala-chulpa joriy qilishga tarafdor.
Ma'muriy-buyruqbozlik tizimi hukm surgan iqtisodiyotda boshqaruv markazlashgan holda tashkil etiladi va demakratik hususiyatga ega bo’lgan elementlarni inkor etiladi. Rasmiyatchilik bunday tizimning asosiy unsuri hisoblanib, uning o’rtasida qonuniy narsalarni tan o’lmaslik odatiy holatga aylanadi. Ta'kidlash kerakki, ma'muriy-buyruqbozlik tizimida iqtisodiyotning rivojlanishi ko’proq salbiy tomonga o’tadi. Chunki davlatlashtirilgan tizimda mulk faqat davlatniki hisoblanib, uning egasi davlatning o’zidir.
Bunday tizim sharoitidagi boshqarish tamoyillari tarkibida mavjud bo’lgan menejmentning umumiy tamoyillaridan hisoblangan ierarxiya tamoyiliga ham asoslanadi. Birpq, bunda boshqaruv bo’g’inlari kopayib ketib, boshqaruv jarayeni chigallashadi va boshqaruv samarasiz amalga oshiriladiBozor iqtisodiyeti sharoitida O’zbekistonda davlatni boshqarish tamoyillari.
Bozor iqtisodiyoti sharoitida O’zbekiston siyosiy-ijtimoiy va iqtisodiy mustaqillikka erishishning asosiy tamoyillari Respublika Prezidentining Oliy Majlisning birinchi majlisidagi ma'ruzasida o’z aksini topgan.
.
Respublikada siyosiy-ijtimoiy va iqtisodiy mustaqillikka erishishning asosiy tamoyillari:
1. Demokratiya tamoyili
insonning o'z hohish irodasini erkin bildirish hamda uni amalga oshirishi;
o'zchilikni ko'pchilikka bo'ysinishi;
barcha fuqarolarning teng huquqliligi;
davlat va jamiyat boshqaruvida qonun ustivorligi;
davlat asosiy organlarini saylanishi, ularni saylovchilar oldida hisob berish;
tayinlash yo'li bilan shakllanadigan davlat organlarining saylovchi tashkilotlar oldidagi javobgarligi va boshqalar.
2. Iqtisodiy munosabatlarni demokratiyalash tamoyili
manapollashgan iqtisodiyotdan erkin iqtisodiyotga;
sotsialistik musobaqadan erkin raqobatga;
qat'iy belgilangan narxlardan erkin narxlarga;
davlatlashgan mulkdan hilma-hil mulkchilikka tayangan iqtisodiyotga o'tish;
3. Yuksak ma'naviyat tamoyili
mustaqillik tafakkurini kengroq tushunish, ya'ni:
O’zbekistonning istiqboli va istiqloli haqida ko'proq qayg’urish;
o’zining va o'z xalqini, vatanning qadru qimmati, o'r-nomusini anglab, uni himoya qilish;
yuksak g’oyalar, yangi kashfiyotlar, niyatlar og'ushida mehnat qilib, istedodi, bor imkoniyatini, kerak bo'lsa, jonini yurt istiqboli, eliga baxshida etishidir.
4. Milliy havfsizlikni ta'minlash tamoyili
respublikaning dunyo hamjamiyatiga kirish sur'atlarini tezlashtirish;
turli xalqaro davlat va nodavlat tashkilotlari, birinchi galda BMT, NATO, Yevropa havfsizlik va hamkorlik tashkiloti ishlarida faol ishtirok etishni ta'minlash.
Xulosa
Menejment keng qamrovli fan hisoblanadi. Agar biz har qanday sohaga etibor berdigan bo’lsak u sohani faoliyat olib borishi boshqaruvga asoslanganini ko’rishimiz mumkin. Menejmentni o’rganishdan asosiy maqsad – bu boshqaruv sanati haqida muayyan bilim va ko’nikmalarga ega bo’lishdir. Biz olgan nazariy bilimlarni amaliyotda qo’llash orqali biz boshqaruvni to’g’ri va ishonchli yo’lga qo’yamiz.
Biz yuqorida takidlaganimizdek menejment tamoyillari va qonunlari uning poydevorini tashkil etadi. Bu esa har bir boshqaruvchi menjmentning poydevori yani demokratiya, ierarxiya, yakkahokimlik, rejalashtirish, qayta aloqalar, ilmiylik kabi tamoyillarni bilishimiz va ularga asoslangan holda boshqaruvni tashkil etishimiz lozim. Hozirgi bozor iqtisodiyoti sharoitida jahon bozorlarida ishlab chiqarish korxonalari o’z mavqeyini yo’qotmay kelishiga, sifatli mahsulot ishlab chiqarish, mahsulotni jahon bozorlarida raqobatbardoshligini taminlash asosan boshqaruv yani menejmentga bog’liq bo’lib qoldi. Har qanday tizimlar o’ziga hos boshqarish usullari va qonun-qoidalari, tamoyillari asosida boshqariladi. Menejment esa ushbu kjarayon yani boshqaruv jarayoni haqida turli hil nazariy bilimlar bilan taminlashdan iborat.
Menejment tamoyillarini har qanday ishlab chiqarish korxonasi yoki firmasida jorey etilish boshqaruv sifatiga amarali tasir ko’rsatadi. Boshqaruv qanchalik samarali bo’lsa o’sha boshqarilayotgan obyekt gullab yashnaydi, muvofaqqiyat qozonadi va yuksaladi. Bunga Hech qachon menejment tamoyillarini ushbu sohaga singdirmasdan erishib bo’lmaydi.
Maksadlar buyicha boshkarish bulinmalarning xamma maksadlari xam asoslanmagan xolatda; maksadlarni shakllantirish uslubi bulmaganda; maksad va vazifalarni amalga oshirishning xujjatlashtirilgan taxlili bulmaganda; ishchi majlislar tayyorgarliksiz utkaziladiganda, maksadlar va vazifalar bir necha bor almashtiriladigan xolatlarda kullaniladi. Maksadlar buyicha boshkarish texnologiyasi – yangi xolatlarni bashoratlash buyicha boshkarishdir. Uning asosida xam tashkilot uchun, xam xar bir xodim uchun tuziladigan biznes-reja turadi.Natijalar buyicha boshkarish: aksariyat ishlovchilar uchun ish ularning ish joylari bilan chegaralanadi; mexnat natijalariga kizikish va ragbatlantirish yuk, yomon sotuv bilan boglik siyosat. Natijalar buyicha boshkarish texnologiyasi oldingi karor buyicha natija olingandan keyingina boshkarish karorlarini kabul kilishga asoslanadi. Buning uchun maxsus tashkiliy va funksional tayyorgarlik kuriladi – yangi bulinma tarkibida taxlil etuvchi gurux tuziladi. Uning tarkibiga psixologiya va sotsiologiya, marketing, iktisod soxalari buyicha mutaxassislar kiritiladi, bu gurux uchun boshkarishning matritsali strukturasi tuziladi.Extiyojlar va manfaatlarni xisobga olish asosida boshkarish: ishlovchilarning yukori kunimsizligi, katta travmatizm, kul ostidagilar tomonidan karshi xarakatlar. Maxsus vaziyatlardagi boshkarish: yukori malakali ishlovchilarning ketishi, boshkarish apparatining xaddan tashkari kengligi, zamonaviy jixoz va orgtexnika.Faoliyatni aktivlashtirish asosidagi boshkarish: ishlovchilar tashabbussiz, moddiy ragbatlantirishga katta e’tibor, ishlab chikarishdagi nizolar, tashkilotda yoshlarning kamligi.Sistematik tekshiruvlar va farmoyishlar asosidagi boshkarish: ishlovchilar va bulinmalar faoliyatini muvofiklashtirishning yetarli bulmaganligi, buyruklarni bajarishda tezkorlikning yukligi, operativ nazoratning yukligi. Doimiy tekshirishlar va farmoyishlar orkali boshkarish texnologiyasi kul ostidagilar ishini kattik rejalashtirishga asoslanadi. Katta bulmagan tashkilotlar uchun kuprok samarali.
Foydalanilgan adabiyotlar ro’yhati
1. O’zbekiston Prezidenti Islom Karimovning 2014-yilda ijtimoiy iqtisodiy rivojlantirish yakunlari va 2015-yilga mo’ljallangan iqtisodiy dasturning eng muhim ustivor yo’nalishlariga bag’ishlangan maruzasi.
2. O`zbеkiston Rеspublikasi Konstitusiyasi. – T.: O`zbеkiston, 2003.
3. “Korxonalar to`g`risida”gi O`zbеkiston Rеspublikasining Qonuni. – T.: Adolat, 2000.
Do'stlaringiz bilan baham: |