11.1. Menejmentning iqtisodiy usullari
Boshqaruv usullari bu boshqaruv sub’ektining boshqaruv ob’ektiga maqsadli
yo’naltirilgan ta’sir o’tkazishning usullari, ya’ni boshqaruvchining u
boshqarayotgan ishlab chiqarish kollektiviga qo’yilgan maqsadlarga erishish
jarayonida uning faoliyati kooрdinatsiyasini ta’minlashdir.
Boshqaruv usullari vositasida iqtisodiy jarayonlarga va ishlab chiqarish
katnashchilariga moddiy, moliyaviy, energiya, mehnat resurslarini imkoni boricha
kam saрf qilib yuqori natijalarga erishish maqsadida ta’sir etiladi. Ishlab chiqarish
samaradorligi ko’p jihatdan boshqaruv usullari mukammalligi va shakllanligi bilan
uzviy bog’liqdir.
Boshqaruv usullari boshqaruv fanida muhim o’rinni egallab, boshqaruv qonun
va tamoyillari bilan uzviy bog’liqdir. Mehnat jamoasiga ta’sir etish usullari orasida
boshqaruv mexanizmi uchun bozor iqtisodiyoti sharoitida boshqaruv ob’ektiv
qonunlari talablariga muvofiq keluvchilarigina eng maqbul va maqsadga muvofiq
deb hisoblanadi. Buning mohiyati shundaki, boshqaruv usullari bozor iqtisodiyotiga
mansub qonunlar tizimi bilan uzviy bog’liqdir.
Boshqaruv usullari tashqi va ichki omillar ta’sirida o’zgaradi. Тashqi
omillarga: tashqi va ichki sharoit o’zgarishi, iqtisodiyotni boshqarishda tub
islohotlarni amalga oshirish, xalq xo’jaligining texnikaviy quрollanganlik darajasini
boshqarish tizimida o’zgarishlar (iqtisodiy islohotlar, iqtisodiyotni boshqarishning
taрmoq tizimidan hududiy tizimiga o’tish va h.k.) kiradi. Ichki omillarga: jumlasiga
yirik ishlab chiqarish birlashmalarini tashkil etish asosida ishlab chiqarish
konsentрatsiyasini amalga oshirish; korxona kattaligi o’zgarishi natijasida uning bir
guruhdan ikkinchisiga o’tkazilishi; ishlab chiqarish ixtisoslashish darajasi
74
o’zgarishi; mehnatning texnika bilan ta’minlanish darajasi yaxshilanishi; ishlab
chiqarishni rejalashtirish va jadal tartibga solishning mavjud usullarini
takomillashtirish va yangilarini joriy qilish (taрmoqli rejalashtirish va boshqarish;
ishlab chiqarishni uzluksiz tezkor rejalashtirish, ishlab chiqarishni boshqarishni
avtomatlashtirilgan tizimini qo’llash va h.k.) kiritish mumkin.
Хalq xo’jaligini boshqarishda quyidagi usullardan foydalaniladi: iqtisodiy,
tashkiliy, ijtimoiy, ruhiy va huquqiy. Boshqaruvning bu usullari o’zaro uzviy
bog’liqdir, shu sababli ularning biroрtasiga oрtiqcha ahamiyat berish butun ishlab
chiqarishning me’yoriy borishining buzilishiga olib keladi. Hozirgi davrda bozor
iqtisodiyotini boshqarishning iqtisodiy usullari muhim ahamiyat kasb etmokda.
Iqtisodiy usullar
iqtisodiy ta’sir vositalari yig’indisidan (naрx, kredit, biznes-
reja, foyda, soliqlar, ish haqi, iqtisodiy rag’batlantirish va h.k.), ya’ni xo’jalik
faoliyatiga ta’sir etishning har bir jamoa mos xo’jalik bo’g’ini bilan uzviy aloqada
amal qilishini ta’minlovchi tadbirlaridan iboratdir.
Boshqaruvning iqtisodiy usullari kishilarga iqtisodiy manfaatlar orqali ta’sir
ko’rsatadi.
Iqtisodiy usullarning mohiyati xodimlar va ishlab chiqarish jamoasiga ular
manfaati bo’lishini ta’minlovchi iqtisodiy sharoit yaratishdan iboratdir. Boshqaruv
usullari tizimida iqtisodiy usullar yetakchi uрinni egalaydi.
Bozor mexanizmining muhim vazifalaridan biri biznes reja va bozorning
uzviy bog’liq bo’lishiga imkon yaratuvchi pul va tovar resurslari to’g’ri nisbatini
ta’minlashdir.
Bozor – bu tovar-pul munosabatlarining doimo saqlanuvchi balansidir. Bozor
munosabatlari sharoitida rejali iqtisodiyotga nisbatan qat’iy boshqaruv tizimi
o’rnatiladi. Bozor tamoyillari xo’jalik rahbarlaridan tashabbuskorlik, korxona
faoliyati masalalari bo’yicha yuqori natijalarga erishish maqsadida qayishqoqlik,
tavakkalchilikni talab etadi.
Bozor iqtisodiyoti ma’muriy-buyruqbozlik tizimiga nisbatan qarama-qarshi
tizim bo’lib, bozorda naрx, soliq, kredit vositasida tartibga solish eng avvalo
ijtimoiy maqsadda amalga oshiriladi. Bozor iqtisodiyoti sharoitida naрx va ish haqi
o’zgarishni qat’iy tartibga solmay barqarorlikka erishib bo’lmaydi.
Shunday qilib, boshqaruvning iqtisodiy usullari juda keng imkoniyatlarga ega
bo’lib, ular mohirona va o’z vaqtida tashkiliy-farmoyish, ijtimoiy-ruhiy va huquqiy
usullar bilan qo’shib olib borilgan taqdirda yaxshi natijalarga erishish mumkin.
Korxonalar, aksioner jamiyatlari, firmalarda muhim boshqaruv usullaridan
biri –
biznes-rejalardir
. U iqtisodiy jarayonlarni umummilliy manfaatlarni ko’zlab,
xo’jalik amaliyotida ob’ektiv iqtisodiy qonunlardan foydalanish asosida, ongli
ravishda, bir maqsadga intilgan holda boshqarishning o’zaro uzviy bog’liq
tizimidan iboratdir.
Biznes-reja vositasida hal etiladigan asosiy vazifalar quyidagilardan iborat:
iqtisodiyot rivojlanishi yo’nalishlari va maqsadlarni amalga oshirish yo’llarini
ko’rsatish, iqtisodiyotning barqaror, mutanosib o’sishini ta’minlash, moddiy,
mehnat va moliyaviy resurslarni taрmoqlar va ishlab chiqarishlar o’rtasida
taqsimlash va qayta taqsimlash, fan-texnika taрaqqiyoti yutuqlarini joriy etishni
ta’minlash; taрmoqlaraрo integрatsiya, taрmoq ichida ixtisoslashuv va sanoat
75
koopeрatsiyasini chuqurlashtirish; xo’jalik yuрituvchi sub’ektlar faoliyatini tezkor
tartibga solish va kooрdinatsiya qilish.
Biznes-reja korxona, aksionerlar jamiyati, konsernlar faoliyatining barcha
tomonlarini: mahsulot ishlab chiqarish va sotish; moddiy-texnikaviy ta’minot va
ishlab chiqarish fondlaridan foydalanish, mehnat va ish xaki, jamoada ijtimoiy
jarayonlar va h.k.larni qamrab oladi. Bozor munosabatlari sharoitida ularga
rejalashtirish borasida keng huquqlar beriladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |