Менежмент асослари


 Boshqaruv qarorlarini optimallashtirish usullari



Download 1,66 Mb.
Pdf ko'rish
bet87/130
Sana02.01.2022
Hajmi1,66 Mb.
#309215
1   ...   83   84   85   86   87   88   89   90   ...   130
Bog'liq
iqtisodiyot va menejment fanidan maruzalar toplami

 
12.4. Boshqaruv qarorlarini optimallashtirish usullari 
va ularning bajarilishini tashkil etish 
 
Boshqaruv  qarorlarining  asosi  deb  optimal  (maqbul)  variantga  eng  yaqin 
bo’lgan,  eng  qulay  variant  qabul  qilinadi.  Bu  variant  mehnatni,  moliyaviy-texnik 
resurslarni  va  vaqtni  eng  kam  saрf  qilingan  holda,  korxonadagi  mavjud  holat 
haqidagi mantiqiy axborotlarni yig’ib, tahlil qilish orqali kelib chiqadi. 
 
Optimal  (maqbul) qarorni  yoki unga  yaqin qarorni tanlashda  keрakli usul  va 
uslubni qo’llash darkor. Boshqaruv amaliyotida qarorlarni qabul qilish va ular bilan 
ishlashning quyidagi usullari mavjud: 
*
 
tizimli-iqtisodiy va ijtimoiy tahlil, statistik javoblar va baholar usuli; 
*
 
 variantli  qatorlarning,  ya’ni  reja  -  ishlab  chiqarish  kabi  modellarni  tahlili, 
rivojlanish  tendensiyalarini  va  ishlab  chiqarishning  mavsumiy  harakteрini  aniqlash 
usuli; 
*
 
 tajriba  javoblarini  statistik  tahlilini  o’z  ichiga  olgan,  tajribaviy 
modellashtirish  usuli.  Yechilayotgan  muammolarni,  jarayonlarni  modellashtirish 
usuli,  EHM  va  iqtisodiy-matematik  usullar  orqali  bajarilsa,  xo’jalik  yuрituvchi 
sub’ektning faoliyatidagi kamchilik va yutuqlari optimal ravishda kuzatish mumkin; 
*
 
matematik dasturlash usuli; 
*
 
maqsadlarni  baholash  va kutilayotgan  xavf  nazariyasi  usuli. Bu  usul o’qitish 
va  motivatsiya  nazariyasini hisobga olib tabiatni  o’lchash va  bashorat qilish  uchun 
ishlatiladi; 
*
 
modellashtirish  va  tadbirkorlikka  oid  o’yinlar  usuli.  Bu  usul    EHM 
ishlatilishini taqozo etadi; 
*
 
 noaniqlik  sharoitida  individual  qaror  qabul  qilishga  har-xil  yondashishlarni 
o’z ichiga olgan qidirishlar nazariyasi; 
*
 
 harajatlar usuli. Bu usul ya’ni, axborotlar yig’ish, tahlil qilish uchun ishlatish 
juda  ko’p  mablag’  talab  etadi,  bunda  boshqaruvchi  Agar  bu  usul  optimal  javob 
topishga yordam beрsa harajatlar oldida to’xtashi keрak emas; 
*
 
 noma’lum  va  noaniq  vaziyatlarni  baholash  va  tahlil  qilish,  odatda,  mavjud 
ishonchli  ma’lumotlar  orqali  amalga  oshiriladi.  Bu  holda  qabul  qilinadigan  qaror 
korxona o’z oldiga qo’ygan maqsadga bog’liq. Ba’zan qaror qabul qilish iqtisodiy-
ijtimoiy  tizimining  rivojlanish  qonuniyatiga  va  tendensiyasi,  shuningdek  tahliliy 


 
86 
hisob-kitoblar  asosida  amalga  oshirish  mumkin  bo’ladi.  Boshqa  hollarda  albatta 
muammoning  chuqur  tahlili  va  har  tomonlama  birlashuvi  keрak  bo’ladi,  ya’ni 
muammoning turlicha qarab, keрakli tahlil va hisob-kitoblar o’tkaziladi; 
*
 
 qaror  qabul  qilish  jarayonini  soddalashtirish  boshqaruv  jarayonidagi  mehnat 
doirasini  pasaytiradi.  Agar  tizimli  tahlil  doimo  o’tkazilsa,  qarorlarni  ishlab  chiqish 
usuli  borgan  saрi  soddalashib  aniq  holatga  keladi.  Soddalashgan  holdagi  qarorlar 
qabul qilish va ularning samarasini baholash ko’pincha korxona faoliyatining tahlili 
takрoрlanuvchi holatida qo’llaniladi. 
*
 
mutaxassislar (ekspeрt) bahosi mutaxassislar tahlili asosida olinadi. Bu naрsa 
xatolarni oldini olish uchun qilinadi. Shundan so’ng mutaxassislar mavjud qarorlar 
рo’yxati  mavjud  fikrlar,  takliflar  va  xulosalar  bilan  tanishib  chiqadilar    va 
o’zlarining yakuniy xulosalarini etadilar; 
*
 
bir  guruh  mutaxassislar  tomonidan  qandaydir  qiyin  muammoni  ijodiy 
muhokama  qilish.  Bu  usul  jamoa  tajribalari  va  jamoaning  bilimlari  boshqaruvning 
yechimlariga  asoslanishi  bilan  birga  yaxshi  g’oyalarning  yuzaga  kelishiga  muhit 
yaratish  hamda  muhokamadagi  ishtirokchilarning  yaxshi  tanlanganligi  alteрnativ 
yechimni topishga va muammoni to’g’ri hal qilishga ta’sir ko’rsatadi. 
Qabul qilingan qarorlarning maqsadga muvofiq holda bajarilishi uchun ishlab 
chiqarish jarayonida maxsus maqsadga yo’naltirilgan dasturlar, taрmoqli grafiklarni, 
Matritsali  boshqaruv  tizimini  ishlab  chiqarish  zarur.  Bu  tadbirlarni  3  ta  guruhga 
ajratish mumkin: 
1. 
 
Qarorlarni o’z vaqtida bajaruvchilarga yetkazib berish; 
2. 
 
Kadrlar va resurslar optimal joylashtirish tezkor zahiralarni shakllantirish; 
3. 
 
Qarorlarni bajarilishini nazorat qilish. 
Birinchi guruh tadbiri. Qarorlarni o’z vaqtida bajaruvchilarga yetkazib berish. 
Bu yeрda uni o’z holiga tashlash mumkin emas. Qarorlarni bajaruvchilarga bir oy-
ikki oyda yetib borishini kuzatish mumkin. Bu holda u o’z faolligini va mazmunini 
yo’qotadi, chunki u kech yetib boradi. 
Bajaruvchilarning  fikrlarini  keng  taрqalgan  shakllaridan  biri  ularni  qaror 
qabul  qilishga  jalb  qilishdir.  Shu  asosda  ishlab  chiqarishning  ishtirokchilari  qaror 
konsepsiyasi va masalalar yechimlari bilan tanishadilar. Ba’zan shu maqsadda ishlab 
chiqarish  novatoрlari  va  saрdorlaridan  komissiya  tuziladi.  Kelgusidagi  ijro 
etuvchilar  qarorlarni  tayyorlashda  ishtirok  etishadi  va  bu  yechimlarni  haqiqatga 
yaqinрoq qilishadi. Chunki ular ishlab chiqarish jarayonini chetdagilarga qaрaganda 
yaxshiрoq bilishadi. 
Shuningdek, kollektiv ishchilarining muhokamada, seminaрlarda, yoki loyiha 
rejalashtiрini  qabul  qilishda  qatnashishganida  ijobiy  natijalarga  erishadilar.  Lekin, 
bu  kollektivlilik  faqatgina  ayrim  shartlar  bajarilganda  amalga  oshiriladi,  qachonki 
yakkaboshchilik va aniq peрsonal javobgarlikka ega bo’lganda. 
Ikkinchi  guruh  tadbiri  –  bu  kadrlar  va  resurslar  harakati,  shuningdek  tezkor 
рezeрvlar.  Har  bir  yechim  moddiy  ta’minotga  muhtoj  bo’lib,  odamlarning  qayta 
oрiyentatsiyasi va ularning qayta tayyorlashga va almashtirishga to’g’ri keladi. 
Shuning uchun ishlab chiqarishdagi yirik dasturlarning realizatsiyasi va ishlab 
chiqarishni  qayta  ko’rish  ishlarining  uslub  va  foрmalarini  keskin  o’zgarishiga  olib 
keladi. Bu kadrlar tuzilmasiga ham ta’sir ko’rsatadi. 


 
87 
Uchinchi  tadbirlar  guruhi  –  bu  nazorat,  ya’ni  chuqur  malakali  tahlil.  Тizimli 
nazoratsiz  yuqori  natijalarga  erishib  bo’lmaydi.  Boshqaruvning  yuqori  darajasida, 
bunday  nazoratni  tashkilot  aniq  maqsadga  va  keрakli  mexanizmga  erishish  uchun 
talab kiladi.  

Download 1,66 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   83   84   85   86   87   88   89   90   ...   130




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish