72
Тashkiliy tuzilmani loyihalashtirishning mustaqil usuli bo’lib tashkiliy-
iqtisodiy modellashtirish hisoblanadi. Uning asosida ijro etuvchilarning vakolatlari
va ma’suliyatining taqsimotining grafik, matematik, maketli-devoriy tasviрi yotadi.
Boshqaruv tashkiliy tuzilmasini shakllantirishda boshqaruv pog’onalari va
zvenolari soni, chiziqli va funksional boshqaruvning Markazlashuvi darajasi,
boshqaruv bo’limi va funksiyalari tarkibi, bitta rahbarga to’g’ri keladigan
buysunuvchilar sonini asoslash zarur. Boshqaruv tizimsida pog’onalar qancha ko’p
bo’lsa Buyruqni yuqoridan pastga va axborotni pastdan yuqoriga uzatish shuncha
qiyin bo’ladi. Buyruqni va axborotni uzatish jarayonida buzilishning xavfi
shunchalik yuqori bo’ladi. Shuning uchun boshqaruv tashkiliy tuzilmasini
loyihalashtirish va mukammallashtirishda boshqaruv pog’onalari soni optimal
bo’lishiga intilish zarurdir.
Har qanday tashkiliy tuzilmaning sifati uning shakllantirishda quyidagilarga
qanchalik amal qilingani bilan aniqlanadi:
–
tizimli yondashuv, ya’ni boshqaruv ob’ekti va oрganiga ta’sir qiluvchi iloji
boricha hamma faktoрlarni hisobga olish;
–
boshqaruv Markazlashuvi va birlamchi zvenolar mustaqilligining optimal
birligi;
–
oliy rahbarlar to’g’ridan-to’g’ri ijro etuvchiga axborotni borishi va
vaqtning maksimal qisqaрishi;
–
loyihalashtirilayotgan tuzilmada har bir tarkibiy qismning funksiyasi
vazifasi va huquqini to’g’ri aniqlash;
–
boshqaruv tizimsidagi o’zgarishlarga javob qaytaрishning imkoniyati;
–
har bir aniq holat bo’yicha qaysi bo’linmada axborot ko’p bo’lsa shu
savolni yechish bo’yicha bo’linmaga vakolat berish.
Boshqaruv apparati tuzilmasiga asosiy talab uning tezkorligidadir. Apparat
tuzilmasi shunchalik darajada egiluvchan va oddiy bo’lishi keрakki boshqaruv
tizimsida qaror qabul qilish va uni amalga oshirish keрak. Тezkorlik bilan faoliyat
yuрgizishning ishonchliligiga bog’liqdir. Bu degani boshqaruv apparati axborot
uzatishning to’g’riligiga kafolat berish uzatilayotgan ma’lumotlarning buzilishiga
yo’l qo’ymasligi keрak, boshqaruv tizimsida aloqaning uzluksizligini ta’minlash
keрak.
Apparat tuzilmasi boshqaruv iqtisodini ta’minlashi keрak. Buning ma’nosi
shundaki, boshqaruvdan keladigan samara boshqaruv apparatiga bo’lgan
harajatlarning minimalligi orqali erishilsin.
Apparat tuzilmasiga ishlab chiqarish harakteрining o’zi, uning taрmoqli
xususiyatlari (ishlab chiqarilayotgan mahsulot tarkibi, tayyorlash texnologiyasi,
ishlab chiqarish masshtabi va tipi, texnik jihozlanganlik va mehnat jarayoni darajasi
va boshqalar), shuningdek boshqaruv ishining mexanizatsiyalanganligi va
avtomatlashganligi darajasi ishchilar malakasi, ular mehnatining samaradorligi
buysunuvchilar soni va boshqaruvchi tomonidan ularni nazorat qila olish
imkoniyatlari o’rtasidagi bog’liqlik ta’sir ko’rsatadi.
Do'stlaringiz bilan baham: