Менежмент асослари


Qo`llaniladigan pedogogik texnologiyalar



Download 6,77 Mb.
bet9/139
Sana31.12.2021
Hajmi6,77 Mb.
#225865
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   139
Bog'liq
Mehnat iqtisodiyti-2019,

Qo`llaniladigan pedogogik texnologiyalar: “Blits so`rov”, “Aqliy xujum”, «Bumerang» usullari.

Tayanch so`zlar : Ish bilan bandlik, ijtimoiy-iqtisodiy mohiyati, mazmuni va shakllari. Aholini ish bilan bandlik kontseptsiyasi. Aholining ish bilan bandligini tartibga solish borasidagi me’yoriy-huquqiy hujjatlar.



5.1. Ish bilan bandlikning ijtimoiy-iqtisodiy mohiyati

Iqtisodchilar ish bilan bandlikning turli shakllarini ajratadilar, ularning ayrim belgilariga qarab guruhlarga bo’linishi keltirilgan. Ushbu chizmada keltirilgan ish bilan band­lik shakllari O’zbekistonda hozirgi vaqtda mavjud bo’lgan ish bilan bandlik munosabatlari modelini tashkil etadi. Bu modelda ish bilan bandlikning yangi shakllari, ish bilan bandlik chegaralarining kengayishi ham, ish bilan bandlik u yoki bu shakllarining hozirgi realliklarga to’g’ri keladigan mazmun bilan to’ldirilishi ham aks ettirilgan.

Ijtimoiy mehnatda qatnashish usulibo’yicha aholining ish bilan bandligi ish bilan yollanish bo’yicha bandlik va o’z-o’zini yollash tufayli mustaqil ravishda ish bilan band etish bilan xarakterlanadi. Ish bilan yollanish bo’yicha bandlikishlab chiqarish vositalari egalari bilan ishlab chiqarish vositalariga ega bo’lmagan va bo’lg’usi mehnatini (o’z ishchi kuchini) ish haqi shaklidagi muayyan qiymatga almashinish tarzida sotadigan xodimlar o’rtasida yuzaga keladigan munosabatlardir.

Yollanib ishlaydiganlar – ish bilan bandlarning eng ko’p sonli guruhi bo’lib, mulkchilikning har qanday shaklidagi korxona rahbari yoki alohida shaxs bilan pul yoki natura holida haq oladigan mehnat faoliyati shartlari haqida yozma mehnat shartnomasi, kontrakt yoki og’zaki bitim tuzgan shaxslarni o’z ichiga oladi.

O’z-o’zini yollash tufayli mustaqil ish bilan bandlik (self-employment) aholining ish bilan bandligini ta’minlashda nisbatan yangi shakldir. Bu shunday ijtimoiy, huquqiy munosabatlarki, ularga kishilar ijtimoiy foydali mehnatda qatnashish tufayli kirishadilar. Ular shaxsiy tashabbus, mustaqillik va mas’uliyatga asoslanadi hamda, odatda, mehnat daromadi olishga yo’naltirilgan bo’ladi va insonning o’zini namoyon etishi va o’z shaxsini qaror toptirishini keltirib chiqaradi. Bunda miqdor emas, balki sifat ko’rsatkichi muhimroqdir.

Insonni ish bilan mustaqil band bo’lganlar sirasiga kiritish uchun olingan daromad miqdori yoki mehnatda qatnashgan vaqti tarzidagi miqdor mezondan foydalanib bo’lmaydi, chunki kishilarning manfaat, ehtiyoj va imkoniyatlari turlicha va ularni hamisha ham taqqoslashning iloji bo’lavermaydi. Inson o’ziga ana shu ish bilan bandlik keltiradigan mablag’lar (pul ekvivalenti yoki tabiiy mahsulot)dan o’z tirikchiligi uchun foydalanishi muhimdir.

Iqtisodiyot va insonning ehtiyojlariga to’g’ri kelishi darajasiga qarab ish bilan bandlik oqilona, samarali mahsuldor va eng maqbul ko’rinishda bo’lishi mumkin.

Ish bilan oqilona bandlik agregatsiyalangan ijtimoiy-iqtisodiy tushunchadir. Uning mazmuni bir necha shunday blokni o’z ichiga oladiki, ularning mehnat bozoridagi bor-yo’qligiga ko’ra ish bilan oqilona bandlik ekanligi yoki oqilona emasligini aniqlash mumkin. Bular, jamiyat, ijtimoiy guruh va ayrim shaxsning manfaatlarini hisobga olish; jamiyatning iqtisodiy jihatdan yuqori darajada rivojlanishini ta’minlash; jamiyat ishlab chiqaruvchi kuchlarining o’zgarishlariga hozirjavoblik ko’rsatish kabilardir. Ish bilan oqilona bandlikni iqtisodiy faol aholi umumiy sonida mahsuldor ish bilan bandlar ulushi tavsiflaydi.

Download 6,77 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   139




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish