Менежмент асослари


Aholining ish bilan bandligi, uning asosiy turlari va shakllari



Download 6,77 Mb.
bet11/139
Sana31.12.2021
Hajmi6,77 Mb.
#225865
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   139
Bog'liq
Mehnat iqtisodiyti-2019,

5.3. Aholining ish bilan bandligi, uning asosiy turlari va shakllari
Mehnatga layoqatli aholini qamrash bo’yicha ish bilan bandlik to’liq va to’liqsiz (qisman) ish bilan bandlik bo’lishi mumkin. Ish bilan to’liq bandlik – jamimehnatga layoqatli aholiga ijtimoiy foydali mehnat bilan shug’ullanishning haqiqiy imkonini berishdir. Biroq 100,0%dan kamroqni tashkil qiladigan ish bilan bandlikdir. To’liq ish bilan bandlik noiloj ishsizlikning mavjud emasligiga tengdir.

To’liqsiz (qisman) ishsizlik to’liqsiz ish vaqtining miqdoriy xususiyatlari bo’yicha quyidagi shakllarga ajratiladi:

To’liqsiz ish mobaynida bandlik(qisqartirilgan ish haftasi, qisqartirilgan ish kuni). Bu ish vaqtining inqirozli qisqartirilishi natijasidir. Bunday tartib korxonalarning malakali va tajribali xodimlarni saqlab qolish va ishsizlikning oldini olishlariga imkon beradi.

Qisqa to’liqsiz ish haftasiqisqa ish haftasi son jihatidan kamroq (to’rt yarim, to’rt, uch) ish kuniga taqsimlangan ish haftasining me’yoriy uzunligidir. Bu ish kunining uzayishiga olib keladi. Uch kun va undan ham kamroq ish kunida ishlab beriladigan, uzunligi 30-34 soat bo’lgan to’liqsiz qisqa ish haftasi qisqa ish haftasining o’ziga xos tartibidir. Ish bilan bandlik nuqtai nazaridan ushbu tartib hafta davomida har kuni ishlanadigan taqdirda mavjud bo’lishi lozim bo’ladigan ish o’rinlari sonini ikki hissa ko’paytirish imkonini beradi. O’tkazilgan tekshirishlar ana shunday tartib bo’yicha ishlaydigan xodimlar soni ortishini ko’rsatmoqda. Masalan, AQShda oxirgi 10 yil mobaynida bunday xodimlar soni 1,5 baravar ko’paydi.

Ish o’rinlarini bo’lish. Bu, jumladan, ish vaqtining inqirozli bo’linishidir. Bir ish o’rni ikki xodim o’rtasida bo’linadi. Kishilar ish soatlari, ish haqi, dam olish kunlari, ijtimoiy imtiyozlarni bo’ladilar. Bu ish bilan bandlik siyosatining moslashuvchanligini ta’minlash va malakali ishchi xodimlarni saqlab qolishga yordam beradi. Masalan, Buyuk Britaniyada ish o’rinlarini taqsimlash maxsus dasturi bor.Unga ko’ra hukumat korxonalariga har bir bo’lingan ish o’rni uchun 750 funt sterlingdan mablag’ beradi.

Ish vaqtining muqobil tartibi. Bu ikki xodimni ish bilanto’liqsiz bandlik shart-sharoitlarda ishlatish tartibi bo’lib, u kamroq qo’llanadi. U, shuningdek, ish o’rinlarini bo’lish hamdir.Lekin bunda ikki kishi bir ish o’rnida navbati bilan (masalan, hafta oralatib) ishlaydi.

Tashkiliy jihatdan aholining ish bilan bandligi standart va nostandart turlarga bo’linadi. Bunday bo’lishning asosida turli shakllarga kiradigan mehnat jarayonini tashkil qilishning o’ziga xosligi yotadi. Standart (me’yoriy) ish bilan bandlik – sakkiz soatlik ish kuni va 40 soatlik ish haftasida doimiy ishlash nazarda tutiladigan ish bilan bandlikdir. Nostandart ish bilan bandlik bu doiradan chetga chiqadi. Nostandart ish bilan bandlikka uyda ish bilan bandlik, ikkilamchi ish bilan bandlik (o’rindoshlik), xizmat safarlarida ish bilan bandlik (vaxta usuli), vaqtinchalik ish bilan bandlik va tasodifiy ishlar kiradi. Ba’zi iqtisodchilar ish bilan bandlikning nostandart shakllariga ish vaqtining moslashuvchan tartiblarini ham kiritadilar.

Download 6,77 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   139




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish