107
- texnologik daraja (AKT о‘zlashtirish va pedagoglik faoliyatiga
ixtisoslashtirilgan, kasbiy faoliyatni amalga oshirish metodikasi va mazmuni
talablariga muvofiq ishlab chiqilgan, texnologiya hamda resurslarni joriy qilishga
tayyorlik );
- pedagogik daraja (kasbiy faoliyat maqsadlariga mos elektron vositalarini
ishlab chiqish, AKT vositalaridan shaxsning ma’naviy kamolotini ta’minlash
boyicha vazifalarni hal qilishda foydalanish jhatlari bilan) farqlash mumkin[2].
Ma’lumki, mehnat va kasb ta’limi bо‘yicha mutaxassislik fanlarini о‘qitishda
laboratoriya va amaliy mashg‘ulotlariga kо‘p vaqt ajratiladi. Chunki, amaliy
mashg‘ulotlar nafaqat talabaning nazariy bilimlarini mustahkamlashga, о‘quv
materialini о‘zlashtirish samarasini oshirishga, balki muayyan sohada amaliy
kо‘nikmalarni hosil qilishga ham kо‘mak beradi. Laboratoriya jihozlarining yetarli
darajada emasligi, kо‘pgina laboratoriya va о‘quv xonalarining zamonaviy
moslama va uskunalar bilan jihozlanmaganligi mashg‘ulotlar samaradorligini
ta’minlay olmaydi. Bunday holda о‘qitishning an’anaviy usullari bilan birga
zamonaviy axborot texnologiyalaridan foydalanish yaxshi samara beradi. Axborot
kommunikatsiya texnologiya (AKT) lari imkoniyatlari orqali о‘quvchi-talabalarga
juda kо‘p ma’lumotlarni olish imkoniyatlari mavjud. Ma’ruza, amaliy, seminar
mashg‘ulotlarini AKT lar yordamida tashkil etishda о‘qituvchi tomonidan fanga
tegishli har bir mavzu bо‘yicha fan alohida dars ishlanmasi (ssenariyasi) va unga
asosan rejadagi barcha mavzularga oid bayon etilishi lozim bо‘lgan nazariy,
amaliy-seminar mashg‘ulotlariga tegishli topshiriqlar tо‘plamini elektron taqdimot
shakli ishlab chiqilishi lozim. Dars ishlanmalariga taqdimot slaydlar, animatsiyalar
tayyorlanib, videoproyektorlar orqali talabalarga kо‘rsaish, tushuntirish yanada
samara beradi. Taqdimotda qо‘shimcha adabiyotlardagi rasmlarni, aniq
jarayonlarni aks ettiruvchi tasvirlar, tarmoqdagi ma’lumotlardan katta elektron
ekranda kо‘rsatib tushunchalar berilib, axborot ta’lim resurs portallaridan
foydalanilsa, talabalarning bilim va malakalari yanada boyitiladi, shuningdek
darsga bо‘lgan qiziqishlari ortadi. Shuningdek, fan о‘qituvchisi darsga tayyorgarlik
kо‘rishi jarayonida mavzuni talabalarga AKT vositalaridan qanday va qaysi vaqtda
foydalana olishligini, texnologik xaritani (о‘qituvchi faoliyatining algoritmi) dars
ishlanmasida rejalashtirilishi kerak bо‘ladi. Bu vazifalarni bajarish uchun esa
о‘qituvchida axborot-kommunikativ kompetentlik yuqori darajada shakllangan
bо‘lishi lozim.
Xulosa qilib shuni aytish mumkinki, zamonaviy о‘qituvchi–kelajak
bunyodkori, yangi pedagogik va axborot texnologiyalarning tadqiqotchisi,
foydalanuvchisi va targ‘ibotchisidir. Uning о‘qituvchilik faoliyatidagi kasbiy
kompetentligi shiddat bilan rivojlanayotgan davr talablariga mos kelsagina, yuksak
bilimli, raqobatbardosh mutaxassislar tayyorlashga zamin yaratiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: