Меҳнат ва касб таълими


Foydalanilgan adabiyotlar



Download 4,21 Mb.
Pdf ko'rish
bet120/156
Sana26.05.2022
Hajmi4,21 Mb.
#608905
1   ...   116   117   118   119   120   121   122   123   ...   156
Bog'liq
Бухоро- 17.05.2019

Foydalanilgan adabiyotlar: 
1.
I.A.Karimov. “O‘zbekiston mustaqil taraqqiyot yo‘lida”. –Т.: “O‘zbekiston”, 
1994.
2.
I.A.Karimovning “Yuksak bilimli va intellektual rivojlangan avlodni 
tarbiyalash – mamlakatni barqaror taraqqiy ettirish va modernizatsiya 
qilishning eng muhim sharti” mavzusidagi Xalqaro konferensiyada so‘zlagan 
nutqidan. – Toshkent, 2012 yil, 17 fevral. 
3.
ziyonet.uz
 
MEHNAT TA’LIMI (“TEXNOLOGIYA”) FANI O‘QITUVCHILARNING 
TEXNOLOGIK TAYYORGARLIGINI TAKOMILLASHTIRISH 
M.X.Shomirzayev
TerDU “Umumtexnika fanlari va texnologiya” kafedrasi dotsenti, p.f.n. 
O.Sh.Tursunbayeva 
TerDU “Mehnat ta’limi” yo’nalishi talabasi 
“Mehnat ta’limi” (“Texnologiya”) o‘qituvchining pedagogik shakllanish 
jarayoni oliy ta’lim muassasasi (OTM) da ta’lim olish jarayonidan boshlanadi. 
OTMlarning o‘quv reja va dasturlarida bo‘lajak “Mehnat ta’limi” (“Texnologiya”) 
fani o‘qituvchilarga shu kasbning siru asrorlarini o‘rgatish, unung texnologik 
tayyorgarligini ta’minlashda umumkasbiy va umumtexnik fanlarini ahamiyati va 
o’rni beqiyosdir. “Mehnat ta’limi” (“Texnologiya”) o’qituvchisi qanchalik 
mahoratli bo’lmasin, texnika - texnologiya fanlarini yaxshi o’zlashtirmagan bo’lsa, 
o’z faoliyatida muvaffaqiyatga erisha olmaydi. Chunki, “Mehnat ta’limi” 
(“Texnologiya”) o’qituvchisining kasbiy faoliyati texnologik tayyorgarligi bilan 
chambarchas bog’liq. Shuning uchun ham texnika – texnologiya fanlari “Mehnat 
ta’limi” (“Texnologiya”) o’qituvchilarini tayyorlash tizimida muhim amaliy 
ahamiyatga ega hisoblanadi [1].
Ta’lim sohasidagi ilmiy-pedagogik adabiyotlarda texnologiya, pedagogik 
texnologiya, texnologik yondoshuv, ta’limni texnologiyalastirish, texnologik 
tayyorgarlik haqida so’z yuritilib, ularga turlicha talqin va ta’riflar beriladi. 
Bizning fikrimizchа, eng avvalo “texnologiya” so’zining ma’nosini bilish 
maqsadga muvofiq. 
“Texnologiya” so’zining grek tilidan tarjimasi tayyor mahsulot, buyumlar 
olish maqsadida ishlab chiqarishning mos keladigan qurilma va jihozlari bilan 
xom-ashyo va materiallarini ishlov berish usullari majmuasini tizimlashtiruvchi 


231 
fanni anglatadi. Shuning uchun bo’lsa kerak, ba’zida uni “texno”- hunar yoki 
san’at, “logos”- fan deb, buyum olish uchun xom-ashyolarga ishlov berish san’ati 
haqidagi fan sifatida e’tirof etishadi. Shu nuqtai nazardan bo’lsa kerak, Yevropa 
mamlakatlarida, jumladan Germaniya va Rossiya maktablarida ‘‘Mehnat ta’limi’’ 
o’quv predmetini “Texnologiya” yoki “Texnologik ta’lim” deb yuritilishi 
maqsadga muvofiq hisoblaymiz [2,14]. 
“Mehnat ta’limi” (“Texnologiya”) umum ta’lim tizimida o’quvchilarni 
ijtimoiy nuqtai nazaridan o’zini anglashida muhim ahamiyatga ega bo’lib, ta’limda 
o’quv predmeti sifatida asosiy o’rinni egallaydi. Tayanch o’quv rejasi bo’yicha 
“Mehnat ta’limi” (“Texnologiya”)ni o’rganish boshlang’ich sinflarda boshlanib, 
asosiy umum ta’limda yangi bosqichda davom etadi va o’rta maxsus ta’lim 
tizimida yuqori bosqichda yakunlanadi. 
Texnologiyaga o’rgatishning asosiy shakli o’quvchilarning o’quv-amaliy 
faoliyati bo’lib, bunda mashqlar, laboratoriya-amaliy mashg’ulotlar, o’qub-amaliy 
ishlar, tadqiqot yoki loyiha ishlarini bajarish eng ilg’or metodlar hisoblanadi. 
Umumta’lim maktablari dasturlari barcha turdagi amaliy faoliyati materiallarga 
ishlov berishning har xil texnologiyalarini o’zlashtirishga yo’naltirilgan bo’lib, 
amaliy-bilish xarakterijga ega. 
O’qituvchi mavjud imkoniyatga mos ravishda o’quvchi uchun shunday ob’ekt 
yoki ish mavzusini tanlashi kerakki, bu bilan oxir oqibatda dasturda tavsiya etilgan 
texnologik operatsiyalarni qamrab olishi lozim. Shu bilan bir vaqtda mehnat 
ob’ekti o’quvchini yoshiga mos bo’lib, texnologiyaga o’qitish material-texnikaviy 
bazasiga ko’ra ishni bajarish jmkoniyati bo’lish kerak. O’quvchilarni ijodiy va 
loyihaviy faoliyat bilan bog’liq ishlarni tashkil qilishda ijod mahsuli sifatida 
tavsiya qilinadigan buyum yoki mahsulotni iste’molchiga moljallanganligi nazarda 
tutish lozim. 
Shaxs ijodkorlik sifatlarini tarkib toptirish hamda rivojlantirishda pedagogik-
psixologik jihatdan ulkan imkoniyatlar mavjud bo‘lib, uning ro‘yobga chiqishida 
nazariy izlanishlar va amaliy faoliyatni to‘g‘ri tashkil etish hal qiluvchi ahamiyat 
kasb etadi. Bu borada bo‘lajak mehnat ta’limi o‘qituvchilarini texnik ijodkorlik 
faoliyatiga tayyorlash ko‘p qirraliligi hamda murakkab kompleks tuzilmaga egaligi 
bilan o‘ziga xos o‘rin tutadi. 
Pedagogik 
kuzatishlardan 
ma’lumki, 
ko‘pchilik 
“Mehnat 
ta’limi” 
(“Texnologiya”) o‘qituvchilari, endigina umumta’lim maktablariga ishga borgan 
yosh mutaxassislar o‘quvchilarning texnik ijodkorlik faoliyatini tashkil etishda 
muayyan qiyinchiliklarga duch keladilar. Shu ma’noda, bo‘lajak mehnat ta’limi 
o‘qituvchilarini umum ta’lim maktablarida o‘quvchilar texnik ijodkorlik 
faoliyatiga rahbarlik qilishga tayyorlash dolzarb masalalardan biri hisoblanadi 
[3,21]. 
Bu jarayonda model va texnik qurilmalarni yaratish jarayoni quyidagi 
bosqichlarda amalga oshirilishi mumkin: o‘quv topshirig‘ini o‘rganish; 
tayyorlanadigan 
model 
turini 
tanlash 
va 
texnik 
topshiriqni 
tuzish; 
konstruksiyalanadigan obyekt bajaradigan ishlarni, ishlab chiqilishi lozim bo‘lgan 


232 
yechim va uni hal qilish vositasini tanlash; fotosuratlar, chizma yoki boshqa 
hujjatlarlar asosida yechimga yaqin konstruksiya va unga yechimlar bilan 
tanishish; konstruksiyani ishlab chiqish uchun sxema tuzish; konstruksiya 
sxemasini tuzish va uning ishlash tamoyilini aniqlash, dvigatel turini asoslash; 
detallar soni va ularning vazifalarini aniqlash; detal va uzellarga oid elementar 
hisoblashlarni bajarish, ularni biriktirish usullarini tanlash; tayyorlash uchun zarur 
bo‘lgan detal va uzellar materialini aniqlash; texnik hujjatlarni ishlab chiqish va 
obyektni tayyorlash; tayyorlangan obyektni tadqiq qilish asosida tayyorlangan 
texnik hujjatlarga tuzatishlar kiritish; so‘nggi jihozlash va pardozlash ishlarini 
bajarish, buyumni tayyorlash sarf-harajatlarini hisoblash, buyum sifatini oshirish 
va tannarxni arzonlashtirishga oid takliflar ishlab chiqish. 
Bo‘lajak “Mehnat ta’limi” (“Texnologiya”) o‘qituvchilarini o‘quvchilar 
texnik ijodkorligi faoliyatiga rahbarlik qilishga tayyorlashda mehnat ta’limi 
o‘qitish metodikasiga oid pedagogik tadqiqotlar olib borish va uning natijalari 
asosida malakaviy bitiruv ishlarini tayyorlash muhim ahamiyatga ega.
Bo‘lajak “Mehnat ta’limi” (“Texnologiya”) o‘qituvchilarini umumta’lim 
maktablarida o‘quvchilarning texnik ijodkorligiga rahbarlik qilishga tayyorlash 
uchun ularda pedagogika va metodikaga oid bilimlarni kasbiy tayyorgarlik 
yo‘nalishlari bilan bog‘lab o‘tishga oid ko‘nikmalarni shakllantirish lozim. 
Shuningdek, bu jarayonda talabalarni o‘quvchilarda ixtirochilik, konstruktorlik 
ko‘nikmalarni shakllantirish metodikasi bilan tanishtirish imkoniyatlaridan unumli 
foydalanish lozim. 
Xulosa qilib aytganda, bo‘lajak “Mehnat ta’limi” (“Texnologiya”) 
o‘qituvchilarini mehnat ta’limi metodlari qatorida kasbiy ijodkorlikni tashkil etish 
metodlarini puxta egallab borishlari mehnat ta’limi sifatini ta’minlash uchun zarur 
metodologik asoslarning yaratilishini ta’minlaydi. 

Download 4,21 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   116   117   118   119   120   121   122   123   ...   156




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish