Меҳнат ва касб таълими



Download 4,21 Mb.
Pdf ko'rish
bet128/156
Sana26.05.2022
Hajmi4,21 Mb.
#608905
1   ...   124   125   126   127   128   129   130   131   ...   156
Bog'liq
Бухоро- 17.05.2019

Фойдаланилган адабиётлар: 
1.
Б.Зиёмухаммедов., Ш.Абдуллаева. Педагогика. Дарслик. “Ўзбекистон 
миллий энциклопедияси” давлат илмий нашриѐти. Т., 2000, 130 б. 8.
2.
Хўжаев Л, Хакимова М., Хошимова М. Педагогика. Дарслик. ТДПУ. 2007.
3.
Каримова В.М., Акрамова Ф., Абдуллаева Р. Педагогика. Психология. 
Ўқув қўлланма. ТДПУ. 2007. 
4.
Б.Н.Орипов. “Тасвирий санъатни ўқитишнинг замонавий педагогик 
технологияси, дидактикаси ва методикакси”. Ўқув-методик қўлланма. T.; 
2013.
 
O’QUVCHILARNI O’QUV FAOLIYATI JARAYONIDA KREATIV 
QOBILIYATLARINI SHAKLLANTIRISHNING OMILLARI 
A.Ismatоv 
NamDU huzuridagi XTXQTVUMO hududiy markazi “Amaliy fanlar va maktabdan 
tashqari ta’lim metоdikasi” kafedrasi mudiri, NamDU mustaqil izlanuvchisi (Phd)
 
Pedagogik-psixologik tadqiqotlarning ko‘rsatishicha, ta’lim jarayonida 
o‘zlashtirish ko‘rsatkichi yoki ijodiyligi bo‘yicha “o‘rtamiyona” o‘quvchi 
keyinchalik ijobiy tomonga o‘zgarishi, boshqa sohada yuksak natijalarga erishishi, 
hatto mutaxassisligiga yondosh ixtisoslikda ham o‘rnini ko‘rsatish mumkin. 
Ko‘nikma va malakalarini egallash jarayonida qobiliyatlar namoyon bo‘lsa-da 
lekin ular bilim, ko‘nikma, malakalarga talluqli emas. Xuddi shu boisdan, ular bir 
biri bilan o‘zaro tahlil qilinganida qobiliyatlar bilan bilimlar, qobiliyatlar bilan 
ko‘nikmalar mohiyat, mazmun ma’no jihatidan bir biridan farq qiladi. 
Demak, buning uchun o’quvchilarda kreativlik-ijodiy tafakkur va fikrlash 
sifatlarini shakllantirish xususiyatlarini ilmiy-nazariy tahlil qilgan holda o’rganish 
lozim. 
Kreativlik xususiyati, uning ilmiy-nazariy asoslari, o’quvchilarda kerativlikni 
shakllantirishda motivatsiyaning ahamiyati va intreaktiv metodlar yordamida 
ijodiy tafakkurni rivojlantirish xususiyatlarini bayon qilish maqsadga muvofiq.
 


247 
Mehnat ta’limi fani - о‘qituvchi rahbarligida о‘quvchilar tomonidan 
bajariladigan aqliy va jismoniy harakatlar jarayonidan iborat bо‘lib, yakuniy 
natijada ularning mehnat qurollari, vositalari va jarayonlari haqidagi bilimlarini 
hamda ma’lum sohadagi ishlab chiqarish mehnatini bajarish uchun zaruriy amaliy 
kо‘nikma va malakalarini egallashlariga, ongli ravishda va shaxs farovonligi 
yо‘lida mehnat faoliyatiga qо‘shilishlariga imkon beruvchi shaxsiy sifatlarini va 
tafakkurlarini rivojlantirishga qaratilgan о‘quv fani ekanligini barchamiz yaxsi 
bilamiz

О‘quvchilarning mustaqil faoliyatini tashkil etishda muammoli masalalar 
va topshiriqlar berish orqali ularni faolligini, ta’lim samaradorligini oshirish 
muxim xisoblanadi. Ta’lim oluvchilarni yangilikni loyihalash va yaratishni 
uddalay olishga о‘rgatish juda muhimdir. Ammo ularning ijodkorlk qobiliyatini 
yuqori darajaga erishishlari uchun о‘z shaxsiy faoliyatlarini ijodiy loyihalashga 
о‘rgatish yanada muhimroqdir. Ta’lim sifati va samaradorligini oshirishda 
о‘qitishning zamonaviy usullari, shakl va vositalari, o’yin texnologiyalari, 
muammoli о‘qitish, xususan, ta’limning noan’anaviy metodlari muxim o’rin tutadi. 
O’quvchilarda ijodiy tafakkur – kreativlikni ular uchun qulay va qiziqarli 
bo’lgan sohalarda namoyon etib tarbiyalash umuta’lim muassasalari ustoz-
pedagoglarning 
birinchi 
galdagi 
vazifasiga 
kiradi. 
Ko’pgina 
hollarda,o’quvchilarning noan’anaviy, yangicha (nostandart) yondoshilgan ishini 
ko’rgan odam buni faqat o’ta qobiliyatli yoki istehdodli odamgina bajara olishi 
mumkinligi haqida o’ylaydi. Holbuki, odamlarni hayratga soluvchi bunday ishlarni 
hamma ham bajara olishi mumkin. O’quvchilarda layoqat, iste’dod, kreativlik har 
qancha hayratomuz bo’lmasin, ta’lim-tarbiyadan tashqaridagi faoliyatda kamol 
topa olmaydi. Kreativlikni rivojlantirishning eng unumli yo’llaridan biri barcha 
o’quvchilarni boshlang’ich sinf o’quvchiligi davridanoq mahsuldor ijodga va turli 
kasblarhaqidagi qiziqarli ma’lumotlar berish bilan mashg’ulotlarga jalb etish, 
o’quv mashg’ulotlarini ijodiy tarzda tashkil qilish, turli xil noan’anaviy dars 
usullaridan keng foydalanishdir.O’quvchining hissiy qobiliyatga egaligi uning 
atrofdagilar bilan o’zaro munosabatlarni to‘g‘ri tashkil eta olishiga imkon beradi. 
Zero, bu qobiliyat nafaqat o‘zligini tushunish, shu bilan birga atrofdagilarning o’y-
xayollari, ichki kechinmalari, orzu-o‘ylarini tushunish, ularni his qila olish, ruhan 
yaqin bo‘lishiga imkon yaratadi. 
Kreativ qobiliyatli bolalar bilan nafaqat ta’lim muassasasida, shu bilan birga 
oila muhitida ham doimiy ravishda ishlash, qulay pedagogik-psixologik shart-
sharoitlarni yaratib berishning muhimligini inobatga olgan holda pedagoglarning 
oilalar bilan mustahkam aloqa o‘rnatishlari maqsadga muvofiqdir. Ushbu aloqa 
doirasida ularning ota-onalariga o‘quvchilar qobiliyatini rivojlantirishga oid 
maslahatlarning berilishi va maktab va oila hamkorligidagi ishlarning yo‘lga 
qo‘yilishi, ularning ichki imkoniyatlarini to‘laqonli ro‘yobga chiqarish, kreativ 
qobiliyatlarini to‘g‘ri yo‘naltirish, o‘z kuchlariga ishonch va kelajakka ishonch 
tuyg‘ulariga ega bo‘lishlariga yordam beradi.
Ta’lim oluvchilarda ijodiylik, ijodiy tafakkur – kreativlikni, ijodiy qobiliyat va 
iqtidorni rivojlantirish uchun ta’lim jarayonida turli xil usullar, rivojlantiruvchi 


248 
texnologiyalar yordamida ular avvalo keng tafakkurni, irodaviy xususiyatlarni, 
o’ziga nisbatan ishonch tuyg’usini, faollik va faoliyatni, mehnat qilish 
ko’nikmalarini, maqsad sari intilish xususiyatlarini tarkib toptirish lozim. Ana 
shunda ta’lim-tarbiya maqsadlariga to’la ma’noda erishish mumkin. O’quvchilar 
bu maqsadlar yo’lida o’z ustilarida tinmay izlanishlari, ijtimoiy munosabatlar 
jarayonida faol ishtirok etishlari, o’z ichki tabiiy imkoniyatlarini faol ishga solgan 
holda ijodiy qobiliyat va iqtidorlarini amalda keng namoyon qilishlari kerak. 
Demak, o’quvchilarni o’quv mashg’ulotlarida muvaffaqiyatli ishtirok etishlarini 
ta’minlash va ular orqali kreativ qobiliyatlarini shakllantirishda samarali natijalarni 
qo’lga kiritish mumkin. Shuningdek, televideniya yoki komp’yuterda internet 
orqali berilayotgan ta’lim yoki fandagi eng so’nggi g’oyalar yoki texnologiyalar 
(turli dizayndagi konstruktorlik ishlari) bilan tanishish orqali o’zlarining ijodiy 
tafakkurlarini yanada rivojlantirishsa maqsadga muvofiq bo’lar edi. Chunki 
bunday zamonaviy vositalar ma’lum darajada o’quvchilar ruhiyatini va aqliy 
faoliyatini (aqliy mehnat) yuqori darajalarga olib kelishi mumkin. 

Download 4,21 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   124   125   126   127   128   129   130   131   ...   156




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish