Меҳнат ва касб таълими



Download 4,21 Mb.
Pdf ko'rish
bet119/156
Sana26.05.2022
Hajmi4,21 Mb.
#608905
1   ...   115   116   117   118   119   120   121   122   ...   156
Bog'liq
Бухоро- 17.05.2019

Фойдаланилган адабиётлар: 
1.
Мирзиёев Ш.М. Эркин ва фаровон, демократик Ўзбекистон давлатини 
биргаликда барпо этамиз. – Т.: Ўзбекистон, 2016. – 56 б.
 
2.
Муслимов 
Н.А. Бўлажак 
касб таълими ўқитувчиларини касбий 
шакллантириш. Монография. – Тошкент: Фан, 2004. -127 б. 
3.
Ў.Қ.Толипов, Ш.С.Шарипов ва б. Дарсдан ташқари машғулотлар 
жараёнида тўгарак аъзоларини касб-ҳунарга йўллаш технологияси. 
Тошкент.: 2004 йил. 36 б. 
4.
Шарипов Ш.С. Тўгарак аъзолари дизайнерлик ижодкорлиги. Монография. 
–Тошкент: «ФАН», 2006. 100 б. 
UZLUKSIZ TA’LIM TIZIMIDA RIVOJLANTIRISHDA ILG’OR XORIJIY 
DAVLATLARNING INNOVASION PEDAGOGIK 
TEXNOLOGIYALARIDAN FOYDALANISH 
A.A.Turayev 
BuxDU “Mehnat ta’limi” kafedrasi katta o’qituvchisi 
R.Jumayeva 
BuxDU “Mehnat ta’limi” yo’nalishi talabasi 
 
Ilm-fan va ishlab chiqarishni integratsiyalashtirish, xususiy tadbirkorlar va 
davlat o‘rtasidagi hamkorlik, kichik va o‘rta innovatsion biznesning xalqaro 
aloqalarini qo‘llab-quvvatlash innovatsion faoliyatni keng rivojlantirishning 
muhim shartlaridir. Shuni ta’kidlash kerakki, dunyoning rivojlangan davlatlarida 
yangiliklarning qariyb yarmi tashkilotlar, kichik va o‘rta biznes firmalari 
tomonidan amalga oshirilmoqda. Masalan, AQSh Milliy ilm-fan fondi 
ma’lumotlariga ko‘ra, kichik firmalarda hayotga tatbiq etilayotgan yangiliklar soni 
sarf-xarajatlar birligi bo‘yicha o‘rta va yirik firmalarga qaraganda ancha ko‘pdir. 
Bundan 
tashqari, 
kichik 
firmalar 
yangiliklarni 
jadal 
o‘zlashtirish 
va 
iste’molchilarga yetkazib berishda ham yirik firmalarga qaraganda taxminan 
uchdan bir barobar ilgarilab ketgan. Universitet va texnika institutlari ishlab 
chiqarish kompaniyalari va firmalar bilan birgalikda patentlangan ishlanmada o‘z 
ishtiroki ulushini belgilab tadqiqot va innovatsion loyihalarni amalga 
oshirgandagina ilm-fan va ishlab chiqarishning integratsiyalashuv jarayoni katta 
samara beradi. Jahon tajribasi shuni ko‘rsatmoqdaki, har tomonlama rivojlangan 
innovatsion tizimga ega mamlakatlardagina innovatsiya jarayonlari samarali 
amalga 
oshirilib, 
texnologiyalar 
va 
boshqa 
ilm 
talab 
mahsulot-
lar tijoratlashtirilmoqda. Bu jarayonda davlatning ishtiroki, iqtisodiyotning real 
sektori va yetakchi kompaniyalarning innovatsiya faoliyatini qo‘llab-quvvatlashi 
muhim ahamiyatga egadir. Zero, ilm-fan davlatning texnik taraqqiyoti va 
jamiyatning ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishini ta’minlaydigan ushbu integratsiya 
(qo'shilish, 
birlashish) 
mexanizmining 
asosini 
tashkil 
qiladi. 
Shunday 
rivojlanayotgan davlatlardan biri Germaniya jahon ilm-fan va madaniyat 
o‘choqlaridan biri. Ushbu davlatda har bir fuqaro o‘z shaxsini erkin rivojlantirish, 


228 
o‘z iqtidori, moyilligi va qobiliyatiga qarab maktab, o‘qish joyi va kasb tanlash 
huquqiga ega. Ta’lim sohasidagi bunday siyosatning maqsadi har bir shaxsning 
qiziqishi va talablarga javob beradigan malakali tayyorgarlikni olish imkonini 
berishida imkon qadar ko‘proq yordam berishdan iboratdir. Germaniya yuqori 
rivojlangan sanoat davlatlaridan biri bo‘lib, yuqori malakali mutaxassislarga 
ehtiyoj katta. Germaniya hukumati turli sohalarda sifatli mutaxassis kadrlarni 
tayyorlashdan manfaatdor.
Germaniyada o’rta ta’lim quyidagi maktab tiplariga bo‘linadi:

boshlang‘ich maktab; 

yo‘nalish maktablari; 

asosiy maktab; 

real maktab; 

gimnaziya; 

umumiy maktab;

maxsus maktab. 
Asosiy maktabdagi o‘qituvchilar o‘zi o‘qimagan sohalar bilan ham 
shug‘ullanishga majbur bo‘ladi. Masalan, nemis va ingliz tili o‘qituvchilari 
texnikani ham o‘zlashtirishadi. Bunday kasbiy aralashuvning pedagogik vazifasi 
ham bor: sinf rahbari bolalar uchun ishonchli shaxsga aylanishi va o‘z 
tarbiyalanuvchilari bilan imkon boricha ko‘p vaqt birga bo‘lishidadir. Germaniya 
ta’lim tizimida hunar ta’limi muhim ahamiyatga ega, chunki yuqori malakali 
ishchilarga bo‘lgan talab kuchlidir. O‘qish 3 bosqichdan iborat bo‘lib, birinchi yil 
asosiy hunar ta’limi beriladi. Bunga o‘qitilayotgan kasbga taalluqli maxsus 
fanlardan nazariy asoslar berilib, yirik korxonalarda amaliy mashg‘ulotlar 
o‘tkaziladi. Ikkinchi yil davomida maxsus hunar ta’limi beriladi. O‘quvchining 
birinchi yildan ikkinchi yilga o‘tishida sinov imtihonlari o‘tkazilib, o‘qishni davom 
ettiruvchi yoshlar tanlab olinadi. Uchinchi yil davomida maxsus hunar ta’limi 
yanada chuqurlashtirilib boriladi. Bitiruv imtihonlari maxsus komissiya tomonidan 
qabul qilinadi. Komissiya a’zolari korxonalarning yetakchi mutaxassislari, Federal 
Yerlardagi sanoat palatasi, hunarmandchilik palatasi vakillaridan tashkil topadi. 
Hunar maktablarining diplomlari oliy o‘quv yurtlariga kirish uchun huquq 
bermaydi. Buning uchun 1 yillik tayyorlov kurslarini tugatish talab etiladi.
Yana bir rivojlangan yirik davlatlardan biri Xitoy davlatidir. Xitoyda ishlab 
chiqarish odatda klaster tamoyiliga asoslangan. Klasterlar odatda tarixan shakllanib 
kelgan, ba'zan esa mahalliy hokimiyat tomonidan maxsus tashkil etilgan 
markazlardir. Xitoyda maoshlar baland bo‘lsa ham, ishlab chiqarish narxi arzonga 
tushadi. Bu nimaning evaziga? Misol sifatida sumka ishlab chiqarishni olishimiz 
mumkin. Ishlab chiqarishni boshlash uchun bir nechta chevar va ish yurituvchini 
yollash hamda Shilin uyezdidagi beton uydan 50 kvadrat metr joyni ijaraga olish 
kifoya. Ishlab chiqarish uchun barcha xomashyoni zavod yonidagi ulkan 
bozorlardan olish mumkin. Barcha xomashyo olingach, sumkalar tikilib, 
sifat tekshiruvidan o‘tadi va mahsulot sotuvga chiqarishga tayyor bo‘ladi. 
Yorliqlar, qog‘ozlar va qadoq paketlari ham shundoqqina ishlab chiqaruvchining 


229 
yonida sotiladi. Odatda xitoylik tadbirkor kichik ishlab chiqarish qiladigan bo‘lsa 
kompaniyasini ro‘yxatdan o‘tkazishi va soliq to‘lashi ham shart emas – barcha ish 
va to‘lovlar jismoniy shaxs orqali o‘tadi va davlat bunga ko‘z yumadi, asosiysi- 
yangi ish o‘rni yaratilgani. Xitoyliklarning barchasi telefonlarini qo‘llaridan 
qo‘yishmaydi-ular go‘yoki telefon bilan tirikdek. Bunda ular asosiy vaqtlarini 
Wechat-Xitoyning eng ommabop messenjerida o‘tkazishadi. Xitoyliklar hamisha 
muloqotda-demak hamisha ishda: ularda ish vaqti degan tushuncha yo‘q. 
Xitoyliklar har qanday joyda va istalgan vaqtda muloqotga tayyor va bu ularning 
raqobatchilardan ustun jihatlari hisoblanadi.
Yaponiya hech bir tabiiy resurslarga ega bo‘lmasdan turib, jahonda iqtisodiy 
salohiyati eng yuqori mamlakatlar qatorida turadi. Bu ishlar shunchaki o‘z-o‘zidan 
bo‘layotgani yo‘q. Buning tag-zamirida turgan eng muhim masalalardan biri 
boshqaruvni qay darajada tizimli ravishda yo‘lga qo‘yilganligidadir, deb fikr qilish 
mumkin. Yoki yapon menejment maktabining bosh mezoni insoniy munosabatlar 
negizi asosida shakllanganligidadir! Yapon menejment maktabi amerika, nemis, 
ingliz boshqaruv usullaridan o‘zining ko‘p jihatlari bilan farq qiladi. Buni quyidagi 
misollar orqali ko‘rib chiqishimiz mumkin: Yapon menejment maktabi 
jamoaviylikka asoslangan bo‘lib, jamoaning har bir a’zosi ijtimoiy kelib 
chiqishidan qat’iy nazar, tenglik tamoyili asosida ishga qabul qilinadi. Agar 
shunday qilinmasa bu holatga nisbatan ular “adolatsizlik” deb qaraydilar; Yapon 
korxonalariga ishga kirmoqchi bo‘lgan har bir xodimga oldindan “Majburiyat 
qoidalari” o‘rgatiladi, chunki xodimni kelgusida ish faoliyatini qay darajada olib 
borishi ushbu qoidalarni qay darajada o‘zlashtirganligiga bog‘liq (sizni ish joyingiz 
kafolatlangan; o‘zingizni jamoaga ishontiring; siz jamoa uchun kerakli inson; siz 
axborotni boshqarasiz; siz sifat uchun ishlang; siz tozalik va tartib uchun 
mas’ulsiz). Yapon menejment maktabining yana bir muhim omili sifatida mehnat 
resurslarini kiritishimiz mumkin. Yaponlar mehnat unumdorligini oshirishda 
muntazam ravishda ishchilarining malakasini oshirib borish hamda korxonani 
zamonaviy texnologiyalar bilan qurollantirish muhim, deb hisoblaydilar. Ular 
aynan shu yo‘l orqali iqtisodiy samaradorlikka erishadilar. “Ringi usuli’’ bu 
yaponlarning mashhur qaror qabul qilish usuli. Yaponlar biror masala yuzasidan 
qaror chiqarmoqchi bo‘lsa, odatda muammoni joyiga borib, ko‘rib, o‘rganib, 
ishchilar bilan kelishgan holda bir qarorga kelishadi. Yaponlar yangilikka 
intiluvchi, har bir narsadan maksimal darajada yangilik qidiruvchi innovatorlar 
hisoblanadi. Tasavvur qiling, qanday korxona bo‘lishidan qat’iy nazar, har bir 
xodim yiliga kamida 20-25 tagacha korxonani rivojlantirishga doir innovatsion 
loyihalarini taqdim qilishadi. Eng yangi tadqiqot natijalariga ko’ra, Yaponiyalik 
bolalar jahon miqyosida hisob-kitob va savodxonlik borasida ko’proq qobiliyatga 
ega. 21 ni 13 ga ko’paytirishingiz uchun qancha vaqt kerak bo’ladi? Bir daqiqa, 
ehtimol. Va, taxminan, 123 ni 321 ko’paytirishgachi? Bir daqiqadan ortiq vaqt 
kerak, albatta. Xo’sh, yapon bolalari ushbu vazifalarni bajarishi uchun qancha vaqt 
kerak? Yaponiyada har qanday bola, hatto besh yoshda ham buni amalga oshira 
oladi. Ular raqamlarni yoddan bilishmaydi. Buning o’rniga ular o’yin usulidan 


230 
foydalanadi. Buning siri oddiy, mamlakatda o’qitish, miqdorga emas, balki 
darslarning sifatiga bog’liq. Yaponlar shuni ta’kidlaydiki, siz o’zingiz o’rgangan 
narsalarni o’rgatsangiz, 90 foizini eslab qolasiz. Аgар o’qituvchilar o’rnida turib 
faqat ma’ruza o’qisa, o’quvchilar ancha kamroq – masalan, 40 foiz ma’lumotni 
eslab qoladi, shuning uchun muammolarni muhokama qilish va bir-birlariga 
o’rgatish juda foydali. Bundan tashqari, juda kam dam olish vaqti ajratiladi va 
ularni doimiy ravishda ushlab turib band qilish muhim ahamiyatga ega. 

Download 4,21 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   115   116   117   118   119   120   121   122   ...   156




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish