Меҳнат ва касб таълими



Download 4,21 Mb.
Pdf ko'rish
bet114/156
Sana26.05.2022
Hajmi4,21 Mb.
#608905
1   ...   110   111   112   113   114   115   116   117   ...   156
Bog'liq
Бухоро- 17.05.2019

Gazlamalarni pardozlash. 
To’qish stanoklarida to’qilgan gazlama xom 
gazlama deb ataladi. Bunday holda u kam ishlatiladi. To’qish fabrikalarida ishlab 
chiqariladigan gazlamalarning asosiy qismi pardozlanadi. 
 
Pardozlanishdan maqsad gazlamalarning tashqi ko’rinishini va sifatini 
yaxshilashdir. Ko’pgina gazlamalar pardozlangandan so’ng yangi xossalarga ega 
bo’ladi, ya’ni g’ijimlanmaydi, o’tga, suvga chidamli bo’ladi va hokazo. 
Pardozlash ishlab chiqarishi ip gazlama sanoatining oxirgi texnologik 
bosqichidir. Uning yigirish va to’qish to’qish ishlab chiqarishidan asosiy farqi 
shundaki, yigirish hamda to’qishda tolalarga asosan mexanik ta’sir ko’rsatiladi, 
pardozlashda esa ular ximiyaviy ishlovdan o’tkaziladi. Yigirish va to’qish ishlab 
chiqarishi kabi pardozlash ishlab chiqarishi ham kombinat tarkibiga kirishi yoki 
mustaqil fabrika bo’lishi mumkin. 
Pardozlash ishlab chiqarishining texnologik protsesi bir necha o’tishni o’z 
ichiga oladi va har bir gazlama uchun uning xarakteristikasi va vazifasiga bog’liq 
bo’ladi. Biroq hamma hollarda ham pardozlash ishlab chiqarishi asosiy va 
yordamchi ishlab chiqarishlarga bo’linadi 
Pardozlash fabrikasiga (ishlab chiqarishiga) keltiriladigan barcha xom 
gazlamalar xom ashyoning tarkibi va tuzilishi bo’yicha bir-biridan farq qiladi. 
Xom ashyoning tarkibi bo’yicha gazlamalar faqat paztadan yoki paxtaning lavsan , 
kapron va boshqa ximiyaviy tolalar bilan aralashmasidan iborat bo’lishi mumkin. 
Gazlamaning tuzilishi kalava ipning xiliga va zapravka parametrlariga bog’liq 
bo’ladi.Guldor va melanj gazlamalar ham pardozlanadi. 
Pardozlash ishlab chiqarishi tarkibiga kiradigan asosiy ishlab chiqarish 
texnologik protsesning quyidagi o’tishlarini o’z ichiga oladi: 
Xom gazlamalarni bo’yashga va gul bosishga tayyorlash . Bu o’tish tolalarni 
tabiiy aralashmalardan hamda ulardan gazlamalar tayyorlashda tolalarga surkalgan 
qo’shimcha moddalar (ohor, moy va hokazo)dan tozalash va gazlamalarni 
oqartirish uchun zarur . Tayyorlashdagi asosiy operatsiyalar: partiyani tanlash, 
tukni kuydirish, ohorni ketkazish, qaynatish, oqartirish, yaltiratish, tarashlash, 
eniga cho’zish va tuk chiqarish; 
Bo’yash- gazlamaga bir xil rang berish uchun zarur; 
Gul bosish - gazlamaga har xil naqshli gul bosish uchun zarur; 
Oxirgi pardozlash – gazlamaning sifati va tashqi ko’rinishini yaxshilash, 
shuningdek unga yangi xossalar berish uchun zarur. Oxirgi pardozlashdagi asosiy 
operatsiyalarga quyidagilar kiradi: appretlash, eniga cho’zish, kalandrlash, 
tuklarini tarash, tarashlash.
Pardozlash ishlab chiqarishida oqartirilgan (oq), sidirg’a bo’yalgan yoki gul 
bosilgan holdagi tayyor gazlamalar ishlab chiqariladi. Xom gazlamalarning xiliga, 
shuningdek tayyor gazlamalarning xili va vazifasiga qarab ularning har biri uchun 
tegishli protses tanlanadi. (sxemaga qarang) 
Masalan, guldor va melanj gazlamalar oqartirish sexida ba’zi operatsiyalardan 
o’tkaziladi, so’ngra darhol oxirgi pardozlashga yuboriladi. Mitkaldan (pardozlash 


217 
xiliga qarab) oq madapolam, gul bosilgan yoki sidirg’a chit yoxud kuchli 
appretlangan to’q rangli kolenkor ishlab chiqarish mumkin. 
Gazlamalarni bo’yash hamda gul bosish uchun har xil bo’yoqlar va 
qo’shimcha pereparatlar ishlatiladi. Bo’yovchi eritmalar yoki gul bosish uchun
ishlatiladigan tarkiblar (bo’yoqlar) maxsus sexlarda , ximiyaviy stansiyalarda yoki 
bo’yoq pishirgichlarda tayyorlanadi. Gul bosish vallari fabrikalarning naqqoshlik 
ustaxonalarida tayyorlanadi. 
Gazlamaga ishlov berish texnologiyasini o’qitishning pedagogik hamda
psixologik asoslari mazmunida o‘quvchilarning bilim, ko‘nikma va malakalarni 
egallashlarida ularning yosh xususiyatlar psixofizologik holatlarining o‘zgarishlari, 
fanni o‘zlashtirish darajalari tushunilib, o‘quvchining bilim olishi, elementar 
tajriba va malakaga tayanib biror ishni muvaffaqiyatli bajarish imkoniyati 
tushuniladi.
Ta’lim jarayonida orttirilgan bilimlar o‘quvchi xatti – harakatining nazariy 
asosi hisoblanadi. Bilimlarga asoslanib xatti – harakatlarning ketma – ketligi, 
alohida bosqichlari fikran xayoldan o‘tkaziladi. Elementar tajriba o’quvchilarda 
aynan biror faoliyat haqida aniq tasavvur hosil qilish imkonini beradi. Biror kasb 
yoki faoliyat haqida tasavvurga ega bo‘lishda elementar tajriba bilan birga 
boshqalarning tajribasini tasavvur qilish ahamiyat kasb etadi. Bu yerda 
pedagogning shaxsiy namunasi, novator ishchi, xizmatchilarning ilg‘or tajribasi
yetuk olim ijodkorlarning ish jarayoni misol bo‘la oladi. Boshqalarning tajribasini 
o‘zida singdirishning asosiy sharti o‘quvchining o‘zida elementar tajribaning 
bo‘lishidir. 
Bunday 
tajriba 
o‘quv 
mehnati, 
aqliy 
mehnat, 
ijodkorlik, 
ratsionalizatorlik yoki oddiy mehnat operatsiyalarini bajarilishi bilan bog‘liq 
bo‘lishi mumkin. Bunday elementar tajriba bo‘lmasa hech qanday ta’lim natija 
bermaydi. Berilayotgan ta’limni qabul qilish uchun o‘quvchi boshqalar tajribasini 
o‘zining shaxsiy tajribasi bilan uyg’unlashtirishi kerak. 

Download 4,21 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   110   111   112   113   114   115   116   117   ...   156




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish