1 Қисм босма шакли 2 Қисм электрон шакли
1-расм. Меҳнат таьлими дарслиги модели
Шундай қилиб, Республикада амалга оширилаётган янгиликлар, таълим
соҳасидаги ислоҳотларнинг асосий мақсади ва ҳаракатга келтирувчи кучи бу
инсон, унинг баркамол ривожланиши, фаровонлиги, шахс қизиқишларини
амалга ошириш, шароитларини таъминлаш, масъулиятини ҳис қилар
эканмиз, ўқувчиларда мустақиллик, меҳнатсеварлик, эркинлик, ижодкорлик,
тадбиркорлик, ишбилармонлик каби сифатларини шакллантириш, уларни
интизомлилик, дўстлик, бирдамлик, ватанга содиқ руҳида тарбиялашда ўқув
Кириш
Мехнат таълими
дарслиги
Фанни ўқитиш бўйича методик
тавсиялар. Адабиётлар рўйхати
1-бўлим
(модул)
(Ёғоч ва унга
ишлов бе-
риш техно-
логияси)
2-бўлим
(модул)
(Металлга
ишлов
бериш тех-
нологияси
N бўлим
(модул)
(. . . . .)
Асосий
ўқув
материалла
ри электрон
версияси
Электрон
тестлар
1.Асосий
матнлар
2.Қў-
шимча
матнлар
5.Йўнал -
тирувчи
компо-
нент
6.Тасвирий
метериал-
лар
3.Ту-
шун-
ти-
рувчи
матнлар
4.Ўзлашти-
ришни
ташкил
қилиш ком-
поненти
7.Техник
ҳужжат-
лар, тех-
нологик
харита
8.Билим ва
кўникмаларни
баҳолаш ма-
териаллари ва
мезонлари
Мульти-
медиали
воситалар
Электрон
тажриба-
лар
Фойдали
дастурлар
Луғат
Қўшимча
адабиётлар
Техноло-
гик
харита,
йўриқно-
малар
Электрон
топши-
риқлар
202
адабиётлар янги авлодини яратиш ва амалда жорий этилиши орқали ўз
олдимизга қўйилган пировард мақсадимизга имкон беради.
Фойдаланилган абиётлар
1. Чилангарлик ишлари. Н.Бекмуратова. Тошкент “Меҳнат нашриёти”.
2002й.
1.
Учебные задания по труду для программированного обучения 6 класса.
Н.Ф.Якубин – Москва «Просвещение», 1991.
2.
Авлияқулов Н.Х., Мусаева Н.Н. Касбий фанларни модулли ўқитиш
технологияси. Т., Янги аср авлоди. 2006.
3.
Алимов А.Т. “Меҳнат таьлими” фанидан модулли технология асосида
ўқув материалларини ишлаб чиқиш имкониятлари. // Узлуксиз таьлим
Т. 2008. № 5. 84-87
PEDAGOGIK TEXNOLOGIYALAR ULARDAN “TEXNOLOGIYA” FANI
DARSLARIDA FOYDALANISHGA QO‘YILADIGAN TALABLAR
dots.A.I.Avazboyev, katta o’qituvchi G’.M.Abduqadirov
,
magistrant G.Xojikarimova
Nizomiy nomidagi TDPU
Keyingi paytlarda pedagogik adabiyotlarda “Pedagogik texnologiya”
tushunchasi ko‘p qo‘llanilayotganligi sababli, bu boradagi fikr-mulhazalar, unga
bo‘lgan munosabat va ta’riflar ham turlicha bo‘lmokda, pedagogo olimlar turlicha
ta’riflar berilgan:
“Pedagogik texnologiya-ta’limni sistemalashtirish yoki sinfda o‘qitishni
sistemalashtirish g‘oyalarini pedagogikaga tadbik, etishdan iborat” (T.Sokomoto),
O‘qitish texnologiyasi - ilmiy va boshqa bilimlarning amaliy masalalarini hal
etishda sistemali raviisha qo‘llashdan iborat“ (T. Golbrayt),“Pedagogik
texnologiya, bu o‘qituvchi mahoratiga bog‘lik, bo‘lmagan xolda pedagogik
muvaffakdyatlarni kafolatlay oladigan o‘quvchi shaxsini shakllantirish jarayonini
ifodalash loyihalashdir“ (V.P.Bespalko). YUNESKO quyidagi ta’rifni beradi:
“Pedagogik tex-nologiya - ta’lim shakllarini optimallashtirish vazifalarini o‘z
oldiga qo‘ygan texnik va inson imkoniyatlarini va ularning o‘zaro bog‘likligini
hisobga olgan holda o‘qitish va bilimlarni o‘zlashtirish jarayonini yaratish, qo‘llash
va aniqlashlarning tizimiy usullaridir“.Ta’riflardan ko‘rinib turibdiki, ta’limga
tizimiy
yondashuv
boshka
yondashuvlardan
farqli
o‘larok,
pedagogik
texnologiyaning xususiyatlarini belgilaydi. O‘qitish maqsadlarini aniq belgilash,
o‘qitish jarayonini loyixalash, pedagogik muvaffakiyatlarni kafolatlash, o‘zaro
bog‘lik va uzaro ta’sir etuvchi bloklar pedagogik texnologiyaning muhim belgi va
xususiyatlari hisoblanadi.
Ishlab
chiqarishda
qo‘llanilayotgan
texnologiyada
kutilajak
natija
kafolatlanadi. Shuningdek, anik ishchi chizmalar asosida yaratilgan detallarni
yig‘ish jarayoni ketma-ket bajarilaveradi, takrorlanaveradi, ya’ni texnologik sikl
kaytariladi. Masalan:Ishlab chiqarish korxonaning har bir sexida o‘ziga xos
bo‘lgan bir xil texnologik jarayon kayta - kayta takroriy ravishda amalga oshiriladi.
203
Model-ga mos ravishda bir xil ko‘rinish, sifatga ega bo‘lgan buyumlar ishlab
chikariladi. Texnologiyaning bu xususiyati pedagogik texnologik jarayoniga ham
bevosita alokadordir. Pedagogik jarayonda takrorlanuvchi, qaytariluvchi siklni
yaratish murakkabroq kechadi. Chunki o‘qitishning maqsadi, ta’lim vazifasining
mazmuni, o‘quv materiallarining xilma-xilligi, bilish faoliyati, o‘zlashtirish
darajasi o‘quvch-ining individual xususiyatlariga ko‘p jixatdan bog‘liqligi kabi
holatlar ma’lum qiyinchiliklarni tug‘diradi. Lekin ta’lim-tarbiya jarayonida
muvaffakiyatga erishish uchun aurim jihatlarnii inobatga olgan xolda pedagogik
texnologiyaning kaytuvchi-takrorlanuvchi aloqasini yaratish zarur bo‘ladi. Bu
jixatni U.N. Nishonaliev va B.L. Farbermanlar tomonidan pedagogik
texnologiyaga berilgan ta’rifda ko‘rish mumkin: „Pedagogik texnologiya o‘quv
maksadlarining anik, belgilanishi, yakuniy natijaning kafolatlanishi, o‘quv jarayoni
takrorlanuvchanligining taminlashi va tezkor kaytuvchan aloqaning mavjudligi
bilan xarakterlanadi". Ta’rifdan ko‘rinib turibdiki, “Texnologiya” fani bo‘yicha
o‘quv jarayoniga pedagogik texnologiya joriy etilganda, an’anaviy o‘qitish
jarayoniga xos bo‘lmagan yangi belgilar, xususi-yatlar-o‘quv maqsadlarini
aniqlashtirish, o‘quv jarayoniga va maksadlariga, uning kafolatlangan natijalariga
qarab tuzatishlar kiritilishi, qaytuvchan alokqani mavjudligini yaqqol sezish
mumkin.
Ta’lim-tarbiya tizimi bir-biri bilan uzviy bog‘langan bir nechta tarkibdan
tashkil topadi:
1.SHaxs (o‘quvchi);
2.Ta’lim (tarbiya) maqsadlari;
3.Ta’lim (tarbiya) mazmuni;
4.Didaktik (tarbiyaviy) jarayon;
5.Tashkil etish shakllari;
6.Pedagogik uslublar yoki texnologiya;
7.O‘qituvchi (tarbiyachi).
Bu tizim “Texnologiya” fanini o‘qitish jarayoni uchun xam mos keladi.
Xar kanday nazariyaga xos bo‘lgani kabi yuqoridagi tizim ham qonuniy ikki
yo‘nalishni ifodalaydi va hal qiladi: didaktik (tarbiyaviy) masalalar va bu
masalalarni amalga oshirish yo‘llalari. SHartli ravishda didaktik (tarbiyaviy)
masalalarga maqsad, mazmun kiritilsa, amalga oshirish yo‘llariga shakl, vosita,
uslublarini kiritish mumkin. Bu tizim ichida pedagogik usullar yoki pedagogik
texnologiyalarni alohida ajratib olamiz.
Pedagogik texnologiya ta’lim-tarbiya jarayoniga o‘ziga xos bo‘lgan
innovatsion yondashuvdir. U pedagogikada ijtimoiy-muxandislik taffakurining
ifodasi, o‘qitish, tarbiyalash jarayonini ma’lum darajada standartlash demakdir.
Jumladan, “Texnologiya” fanini o‘qitishning ma’ruza, og‘zaki bayon qilish
usullaridan voz kechib, kompyuterlar, ta’limning texnik vositalari, amaliy
mashqlar yordamida o‘qitish, o‘quvchi bilish faoliyatining boshqaruvchisi,
tashkilotchisi, maslaxatchisi, yakuniy natijaga erishishga yo‘llovchisi - o‘qituvchi,
ustoz rahbarligida o‘quvchilarning ko‘prok mustaqil ishlarini tashkil etish va eng
muhimi o‘qituvchining deyarli bir-xil yuqori yakuniy natijaga erishish
imkoniyatining mavjudligidir. Ayniqsa, jahonning etakchi davlatlari andozalari
204
talabiga javob bera oladigan mutaxassislar tayyorlashning xozirgi davrida keyingi
holat alohida ahamiyat kasb etadi. “Texnologiya” fanini o‘qitishni pedagogik
texnologiyalar asosida tashkil etish natijasida ta’lim maksadlari belgilanadi yoki
loyihalanadi, kutilayotgan yakuniy natija-ijobiy sifat o‘zgarishi kafolatlanadi,
o‘quv jarayonining takrorlanuvchi sikli yaratiladi, tezkor kaytuvchi aloqa vujudga
keladi yoki o‘quv maqsadlari, o‘quv jarayoniga kerakli tuzatishlar kiritilib
borilaveradi.
“Texnologiya” fani darslarining samarali bo‘lishi va yaxshi, yuqori natija
berishi, pedagogik texnologiyalar foydalanishga qo‘yiladigan talablar asosida dars
jarayoniga pedagogik texnologiyalarni qo‘llashga ko‘p jixatdan bog‘liq.
“Texnologiya” fanida innovatsion pedagogik texnologiyalarni ta’lim-tarbiya
jarayoniga joriy etish pedagogik texnologiyalar foydalanishga qo‘yiladigan talablar
sifatida ma’lum prinsiplarga asoslanadi.Ular quyidagilar:
Pedagogik
texnologiyaning
yaxlitlik
prinsipi-texnologiya
loyixasi
yaratilayot-ganda pedagogik tizimining barcha elementlari o‘zaro ta’sir ostida
bo‘lishini va o‘zaro bog‘liqligini e’tiborga olishni takrzo etadi ya’ni, ta’lim
maqsadining qat’iyan aniqlanishi (nega va nima uchun?), o‘quv jarayoni mazmuni
(nima?), tashkiliy shakllarini (qanday?), o‘qitish metodlari va vositalarini (nima
yordamida?) saralash va tanlashga ko‘maklashishi, shuningdek, o‘qituvchining
mahorat darajasiga bog‘liq xolda didaktik jarayon samarasini aniqlashga imkon
berishi kerak.
Pedagogik texnologiyalar o‘quv-tarbiyaviy jarayonini oldindan loyixalash va
keyingi bosqichda bu loyixani sinf (auditoriya)da amalga oshirishni ko‘zda tutadi.
Shu boisdan pedagogik texnologiyalarning muhim prinsipi-bo‘lajak o‘quv
tarbiyaviy jarayonni oldindan loyixalash prinsipidir. Bu esa, tabiiy-ki,
o‘qituvchidan ijodiy faoliyatni talab etadi.Yakuniy natijaning kafolatlanishi
prinsipi-bu tushuncha aslida nisbiy xarakterga ega, chunki tuzilgan texnologiya
amalga oshirilgach, muayyan natijalar bo‘lishi-o‘quvchilarning o‘quv materialini
turli darajada o‘zlashtirib olishi, tabiiy.
Pedagogik
texnologiyaning
tugallanganlik
prinsipi-o‘quvchining
o‘zlashtirish sifati uning o‘zlashtirish koeffitsienti bilan aniklanadi.
Pedagogik texnologiyaning egiluvchanlik prinsipi-pedagogik texnologiya-
larning qo‘llanish sohalarini birmuncha kengaytiradi. U yoki bu mavzu bo‘yicha
loyixalangan texnologiya xech bo‘lmaganda fan bo‘limlari chegarasida
egiluvchan-lik xususiyatiga ega bo‘lishi kerak. O‘qituvchida kam kuch va vaqt
sarfi evaziga fan mavzulari bo‘yicha didaktik jarayon tuzilmasini tashhisli
makqsadga muvofik, tarzda almashtira olish yoki qaytadan loyixalash imkoni
mavjud bo‘ladi.
Yukoridagi prinsiplar “Texnologiya” fanida pedagogik texnologiyaning
didaktik sistema sifatidagi o‘ziga xos xususiyatlarini belgilaydi. Lekin ular o‘quv
jarayonini tashkil etishga oid barcha jixatlarni o‘zida aks ettirmaydi. Pedagogik
texnologiyada xususiy xol sifatida an’anaviy o‘qitishdan xamda didakgikaning
barcha prinsiplaridan foydalaniladi. Ular bir-birini to‘ldiradi va boyitadi.
Su bilan birga, pedagogik texnologiyalardan foydalanishda o‘qituvchilar va
pedagogik vaziyatga bir qator quyidagi asosiy talablar qo‘yiladi:
205
- O‘qituvchining ma’lum ish tajribasiga, ma’lum metodik malakaga ega
bo‘lish;
- O‘qituvchining tayanch pedagogik-psixologik bilimlarga ega bo‘lishi va
uning tashkilotchilik qobiliyati bo‘lishi;
- Didaktik vositalar (axborot, tarqatma materiallar, dars jihozlar)ning
bo‘lishi;
- O‘quvchi va o‘quvchilar guruhi o‘rtasidagi o‘zaro munosabatlarning
ishonch va hurmatga asoslanishi, ushbu guruhning o‘zaro hamkorlikka erisha
olishi;
- Ta’lim jarayonida demokratik g‘oyalarning ustuvor o‘rin tutishi;
- Axborotlarni taqdim etishda xilma-xil metod, vositalarni samarali, o‘rinli,
maqsadga muvofiq va o‘zaro moslikda qo‘llashga erishish.
Do'stlaringiz bilan baham: |