Меҳнат таълими фанидан 5-7 синфлар учун ёғочларга ишлов бериш


Tirgakni markaz bo‘yicha yog‘ochga moslab o‘rnatish



Download 1,19 Mb.
bet12/15
Sana12.04.2022
Hajmi1,19 Mb.
#546718
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   15
Bog'liq
Tokarlik dastgohida yog`ochlarga ishlov berish texnalogiyasi kurs ishi

Tirgakni markaz bo‘yicha yog‘ochga moslab o‘rnatish.
Tayyorlanadigan detal va buyumlarning o‘lchamiga qarab ishlanadigan yog‘ochlar dastgohga turli xil moslamalar: vilka va markaz, planshayba, ryumka-patron, kulachokli patronlar (moslangan bo‘lsa) yordamida o‘rnatiladi. Bunda uzun o‘lchamli, kichik diametrli yog‘ochlar vilka va markaz orasiga, qisqa o‘lchamli, kichik diametrli yog‘ochlar ryumka-patronga, qisqa o‘lchamli, katta diametrli yog‘ochlar esa planshaybaga o‘rnatiladi (72-rasm).

Yog‘och ishlash tokarlik dastgohida zagotovkani o‘rnatish usullari:
Yog‘och ishlash tokarlik dastgohlarida yo‘nish, qirqish ishlari maxsus tokarlik iskanalari yordamida bajariladi. Yo‘nuvchi (reyer) va qirquvchi (mayzel) iskanalar bo‘ladi. Yog‘ochni xomaki yo‘nish, botiq sirtlar hosil qilish, ichki sirtlarni yo‘nib kengaytirish yo‘nuvchi iskana yordamida bajariladi. Bu iskana nov shaklida bo‘lib, tig‘i yoysimon ko‘rinishdadir. (73-rasm).
Xomaki yo‘nilgan sirtlarni pardozlash, qavariq sirtlar hosil qilish, tayyor detallami qirqib tushirish ishlari qirquvchi iskyanada bajariladi.
Yog‘och ishlanadigan tokarlik dastgohida ishlash vaqtida qu- yidagi xavfsizlik texnikaci qoidalariga rioya qilish talab etiladi:

  1. Shpindelning hamma vaqt to‘g‘ri (ishlayotgan odamga qarab) aylanishiga e‘tibor berish kerak. Shpindelning to‘g‘ri aylanishini ta‘minlash uchun elektr dvigatel ulagich bilan ulanadigan qilib sozlanadi (har qanday yog‘och ishlash dast- gohida elektr dvigatelni yurgizish va to‘xtatish ulab-uzgich yor- damida bajariladi).

  2. Ishlanadigan yog‘ochlarni markaz va vilka orasiga, patronlarga, planshaybaga mahkam o‘rnatish lozim. Shunday qilinsa, shpindel katta tezlik bilan aylanayotganda, yo‘nish ishlari bajarilayotganda yog‘och tutqichlardan chiqib ketmaydi, ishchining xavfsizligi ta‘minlanadi. Buning uchun yog‘och o‘rnatilgandan so‘ng yo‘nishni birdaniga boshlamasdan, oldin qo‘l bilan yog‘ochni aylantirib, uning puxta o‘rnatilganligiga va tirgakka tegib ketmasligiga ishonch hosil qilinadi.

  3. Shpindel aylanib turganda vilka va markaz orasiga yog‘och o‘rnatmaslik kerak.

  4. Ish vaqtida tirgakni doim markazga moslab, yog‘ochga yaqin o‘rnatib borish zarur. Buning uchun yo‘nish davomida vaqt-vaqti bilan tirgak yog‘ochga yaqinlashtirib surib boriladi. Tirgak yog‘ochdan uzoqlashganda keskich (iskana) ga ta‘sir etuvchi kuch ortib ketib, uni tutib turish qiyinlashadi, iskana tushib ketib yog‘ochning sifatini buzadi. Tirgaksiz yo‘nish va qirqishga ruxsat etilmaydi. Tayyor buyumlarni jilvirlab par- dozlashda jilvir qog‘oz tutilsa, qo‘l tirgakka qadalib qolmasligi uchun tirgak olib qo‘yiladi.

  5. Ish vaqtida ketingi babka va tirgakni stanina yo‘naltiruv- chilariga mahkam qotirib o‘rnatish kerak. Aks holda, yog‘och markazdan chiqib ketishi, tirgakka qadalib qolishi, ish sifati buzishi va ishlayotgan odamni shikastlashi mumkin.


Parmalash, ariqcha ochish va zanjirli o‘yish dastgohlari
Parmalash dastgohlari yog‘och detallarda parron va noparron (tubli) teshiklar parmalash hamda uzun ariqchalar ochish uchun mo‘ljallangan. Dastgohlar bir va ko‘p shpindelli, gorizontal hamda vertikal bo‘ladi (58-rasm).
Parmalash dastgohlarining quyidagi turlari ishlab chiqariladi: SVPG-2 (ikki tomonlama parmalash-ariqcha ochish uchun), SVPG-3 (to‘g‘ri va qiya ariqchalar ochish uchun), SVSA-2, SVSA-3 («ko‘zlarni» parmalab tashlash hamda o‘rnini berkitish uchun).
Bajariladigan ishlarning turi va sharoitiga qarab har xil parmalardan foydalaniladi. Parmalarning tuzilishi shunday boiishi kerakki, charxlaganda qirquvchi parametrlari o‘zgar- maydigan, qirquvchi qismlari qirqish jarayoni erkin bo‘lishini ta‘minlaydigan, yo‘nilgan qirindi teshikdan oson chiqib ke- tadigan bo‘lsin.


Download 1,19 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   15




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish