Меҳнат таълими фанидан 5-7 синфлар учун ёғочларга ишлов бериш



Download 1,19 Mb.
bet10/15
Sana12.04.2022
Hajmi1,19 Mb.
#546718
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   15
Bog'liq
Tokarlik dastgohida yog`ochlarga ishlov berish texnalogiyasi kurs ishi

O‘yuvchi dastgoh. Yog‘och materialni o‘yish-teshish ishlari iskanalar bilan bir qatorda dastgohlar yordamida ham bajariladi. Bu ishlarda o‘yuvchi dastgohlardan foydalaniladi. O‘yuvchi dastgoh yordamida yog‘och materiallarni har xil burchak ostida o‘yish, teshish, quloq ochish kabi ishlarni bajariladi.
Rasmda I-1 o‘yuvchi dastgoh ko‘rsatilgan. Uning asosiy qismlari tayanch rama 1 va unga o‘rnatilgan ikkita vertikal kolonka 2, kolonkalar bo‘ylab suriluvchi elektrik dvigatel 3dan iborat. Elektrik dvigatelning valiga o‘rnatilgan etakchi yulduzcha 4 ga kesuvchi zanjir 5 kiydiriladi. Kesuvchi zanjir elektr dvigatelning korpusiga o‘rnatilgan yo‘naltiruvchi planka 7 yordamida taranglanadi, bolt 6 bilan qaytariladi. Yo‘naltiruvchi plankani vertikal yo‘nalishda siljitish mumkin.
Ish vaqtida kesuvchi zanjir elektrodvigatel bilan birgalikda pastga tushiriladi. Buning natijasida o‘yish, teshish ishlari bajariladi. Ma’lum chuqurlikdagi uya o‘yish uchun kolonkalardan biriga o‘rnatilgan cheklagich halqa 8 dan foydalaniladi.Kesuvchi zanjir o‘zaro sharnirlar yordamida biriktirilgan bir necha ayrim zanjir qismlaridan iborat. O‘yuvchi dastgoh komplektida eni har xil bo‘lgan to‘rtta kesuvchi zanjir bo‘ladi. Ular yordamida chuqurligi 150 mm gacha bo‘lgan 8X40, 12X40, 16X40, 20X55 mm kenglikdagi teshiklar ochish va uyalar o‘yish mumkin.
O‘lchamlari bundan katta bo‘lgan uya va teshiklar ochishda Yog‘och kesuvchi zanjirga nisbatan bo‘ylamasiga yoki ko‘ndalangiga suriladi.
Parmalash stanogi. Parmalash stanogi slesarlik ishlarida metall materiallarni parmalash uchun mo‘ljallangan, lekin undan yog‘och materiallar parmalashda ham foydalanish mumkin. Dastgohda parmalash kolovorot va drel yordamida parmalashga qaraganda birmuncha qulay.
Parmalash stanogi plita 1, kolonka 2 va unga o‘rnatilgan konsol 3 dan iborat. Konsol reykali uzatma yordamida kolonka bo‘ylab vertikal yo‘nalishda siljiydi. Konsol bilan birgalikda unga o‘rnatilgan elektrodvigatel 4 va shpindel 5 harakatlanadi. Parmalanadigan yog‘ochning qalin-yupqaligiga qarab konsolni kolonka bo‘ylab plitaga yaqinlashtirish yoki undan uzoqlashtirish mumkin. Shpindelga sangali patron 8 o‘rnatilib, unga kerakli diametrdagi silindrik quyruqli parmalar qotiriladi. Konussimon quyruqli parmalar bevosita shpindelning o‘ziga kiritib qotiriladi. Shpindel konsolga nisbatan dasta 6 yordamida reykali uzatma bo‘ylab suriladi. Shpindelga pog‘onali shkiv kiydirilgan. Shkiv elektrodvigateldan harakatga keltiriladi, uning yordamida shpindelning aylanish sonini o‘zgartirish mumkin.

Charx. O‘quv ustaxonalarida ishlatiladigan ba’zi asboblar ish jarayonida o‘tmaslashib qoladi, ularni o‘tkirlash, ishga sozlash maqsadida charxlash ishlari bajariladi.
Har qanday yangi keskich asboblar charxlash yo‘li bilan o‘tkirlanadi. Charxlash elektr charxlar yordamida bajariladi. Charxlarga o‘rnatiladigan toshlar halqa shaklidagi abraziv materiallardan iborat. Abraziv materiallar qattiqligi yuqori bo‘lgan donalardan iborat bo‘lib, ularning maydalangan donachalari o‘tkir qirrali bo‘ladi. Bu o‘tkir qirrali donalarni biriktirish natijasida hosil qilingan charxtoshlar o‘zidan yumshoq materiallarni charxlaydi, ya’ni yupqa metall qirindi chiqarib o‘tkirlaydi.
Charxtoshlar elektr dvigatel yordamida harakatga keltiriladi. Elektr charxlarda toshning aylanish tezligi katta bo‘lib, charxlash vaqtida uchib ketish hollari uchrab turadi. Buning oldini olish maqsadida charx toshlari valga planshaybalar yordamida puxta o‘rnatiladi. Charxtoshni valga o‘rnatganda uning bir tekis aylanishiga e’tibor beriladi. Yorilgan yoki darz ketgan va chetlari uchgan toshlardan foydalanilmaydi.
Elektr charxlarda charxlashda shikastlanmaslik uchun ishlayotgan odam toshning yon tomonida turib charxlashi lozim. Shuningdek, tosh ishlayotgan odamga yoki tig‘ga qarama-qarshi tomonga aylanishi kerak. Aks holda charxlash vaqtida uchib chiqqan kukun ko‘zga zarar etkazadi. Bundan qat’i nazar himoya ko‘zoynagi taqib ishlash yoki dastgohka o‘rnatilgan himoya oynagini tushirib olish, kukun xonadan tashqariga chiqarib yuboriladigan bo‘lishi kerak.
Elektr charxlarda tirgak bor, ishchi qo‘lini unga tiragan holda tig‘ni toshning
o‘ng va chap chetlariga surib charxlash ishini bajaradi. Agar tig‘ni surib turmasdan bir joyda tutib turilsa, tosh o‘yiladi va charxlash tekis chiqmaydi. Tirgak bilan tosh orasidagi 2-3 mm masofa qoldirib o‘rnatilishi kerak. Charxlash jarayonida toshning diametri kichiklashib, tirgak bilan tosh orasidagi masofa kattalasha boradi. Shuning uchun vaqt-vaqti bilan tirgakni toshga yaqinlashtirib boriladi.

Universal dastgohlar
Universal (aralash) dastgohlarda yog‘ochga ishlov berishga oid bir necha turli operatsiyalarni bajarish mumkin. Quyidagi ishlar birgalikda amalga oshiriladigan dastgohlar eng ko‘p uch- raydi: randalash - reysmuslash - arralash - parmalash — sil- liqlash, randalash - reysmuslash - arralash, frezalash, parmalash va ariqcha olish - silliqlash.
Universal dastgohda umumiy yuritma va turli texnologik vazifalarga mo‘ljallangan bir necha shpindellar mavjud, ular bir staninada joylashgan.
Taxta-yog‘ochlarni bo‘ylama va ko‘ndalangiga arralash, ran- dalash, frezalash hamda parmalash uchun 1/13-6009 universal mashinadan foydalaniladi. Uning staninasida randalash quril- masi, arralash va frezalash moslamalari, elektr dvigateli, par- malash hamda frezalash stoli joylashgan.
Arralash moslamasi arra diski, plitalar (burchakli va to‘g‘ri), kronshteyn hamda yo‘naltiruvchilardan tuzilgan. Moslama qi- suvchi gaykalar bilan mahkamlab qo‘yilgan. Himoya moslamasi kerib turuvchi pichoq va to‘siqdan tashkil topadi.
Freza va parmalar barabandagi patronga o‘rnatiladi Mashi- nada eni 200 mm, chuqurligi 2 mm gacha bo‘lgan detallarm frezalash, 45 mm gacha qalinlikdagi taxtalarni 45° gacha bur- chak ostida arralash mumkin Arra diskinmg diametn 200 mm Dastgohning o‘lchamlari 630 x 400 x 230 mm, massasi 48 kg
IE-6902 markali arralash mashinasida yog‘och tolalan bo‘y- lab va ko‘ndalangiga arralanadi hamda parket taxtalari tilinadi Mashma asosan qurilishda ishlatiladi Unda qalinligi 60 mm gacha, uzunligi 200 mm, eni 20 mm va bundan ortiq bo‘lgan yog‘och-tavtalar arralanadi Mashinanmg o‘lchamlari 550 x 480 x 300 mm, massasi 17 kg
Yog‘ochga ishlov beruvchi universal K40 dastgohi randalash, arralash, frezalash, parmalash, ariqcha ochish va silliqlashga mo‘ljallangan. Unda eni 400 mm gacha, qalinligi 5-160 mm bo‘lgan zagotovkalaraing yuzasi va chetlanni frezalash, qalinligi 125 mm dan oshmaydigan yog‘och-taxtalarni tilish, diametn 25 mm gacha, chuqurligi 120 mm gacha bo‘lgan teshiklar par- malash, 250 mm gacha uzunhkdagi ariqchalar ochish mumkin. Randalash va reysmuslash uchun aylanish chastotasi 5500 ayl/min va qirqish tezligi 36 m/s bo‘lgan pichoqli val bor; reysmuslashda uzatish tezligi 7,8 va 12,5 m/min ni tashkil etadi. Yog‘och-taxtalarni tilish uchun diametri 400 mm gacha, aylanish chastotasi 3000 ayl/min bo‘lgan arralar ishlatiladi, qir- qish tezligi 62 m/s.
Dastgoh stollar joylashgan staninadan iborat, randalash stol- larini buklab qo‘yish, balandligi bo‘yicha rostlash va mahkam- lash mumkin. Arralash chuqurligi rostlab turiladi. Uzun zago- tovkalarga ishlov berish uchun surib chiqariladigan ko‘tarib turuvchi tayanch bor.




Download 1,19 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   15




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish