Mehnat migratsiyasining davlat tomonidan tartibga solinishi va uning asosiy ko‘rinishlari
Ishchi kuchi migratsiyasi davlat qonunchiligi va xalqaro aktlar yordamida tartibga solib turiladi. Milliy qonunchilikda 2 xil tendensiya yonma-yon yuradi:
proeksionizm sharoitida, ya’ni migratsiya jarayonining cheklanganligi.
Davlat migratsiya siyosati – ishchi kuchi eksporti va importini tartibga solib turuvchi davlatning maqsadli faoliyati ishchi kuchi migratsiyasining davlat tomonidan tartibga solinishi bevosita mehnat migrantlarining manfaatlarini hamda ishchi kuchini eksport va import qiluvchi mamlakatlarning manfaatlarini himoya qilinishini ta’minlash bilan bog‘liq.
Davlat migratsiya siyosatini tartibga solishning turli maqsad va usullaridan kelib chiqib emigratsiya va immigratsiya siyosatiga ajraladi.
Davlatning emigratsiya siyosati – bilvosita tartibga solish ya’ni ma’qul bo‘lgan emigratsiya iqlimini yaratish va bevosita tartibga solish ya’ni emigratsiya oqimlarining hajmi va tarkibini maqsadli ravishda tartibga solishni ko‘zlaydigan sayosat.
Emigratsiya oqimlarini bilvosita tartibga solish usuli:
xorijdan valyuta kirib kelishini ko‘zlagan valyuta va bank siyosati;
hisob raqamida xorij valyutasini saqlash bo‘yicha tegishli imtiyozlar berish;
mehnat migrantlariga qimmatli qog‘ozlarni sotish;
bojxona siyosati, ya’ni bunda o‘z vataniga qaytayotgan mehnat migrantlariga boj to‘lovlari bo‘yicha imtiyozlar beriladi.
Emigratsiyani tartibga solishning bevosita usuli:
mehnat migratsiyasi sub’ektlarini ya’ni vositachi firmalar yoki mehnat
ekspansion siyosat, ya’ni xorij bozorlaridagi ish joylarini egallab olish uchun yo‘naltirilgan siyosat (masalan, o‘sha mamlakatda ishlab chiqarilib eksport qilinadigan mahsulotni ishlab chiqaruvchi mutaxassislarni ko‘proq jo‘natish orqali bozorni egallash);
tuzilmaviy siyosatning asosiy elementlari bo‘lib quyidagilar hisoblanadi: xorij pasporti berilishini cheklash; ayrim toifadagi ishchilarning chiqib ketishini taqiqlash va emigratsiyaga kvota qo‘yish.
Davlatning immigratsiya siyosati – milliy mehnat bozori migrantlarining tartibsiz harakatidan va noto‘g‘ri foydalanilishidan himoya qilish siyosati. Migrantlar quyidagi 3 ta toifa bo‘yicha tasniflanadilar:
oilaviy emigratsiya, bunda oila a’zolarining ayrimlari xorijda yurganligi bois qolganlari ham ko‘chib borishga to‘g‘ri keladi;
iqtisodiy emigratsiya, katta mahorat va mehnatga layoqatlilik, xususiy tadbirkorlik faoliyati bo‘yicha malaka talab qiladigan va iqtisodiyotning rivojlanishiga xissa qo‘shadigan migratsiya yo‘nalishidir. Bu turdagi iqtisodiy emigratsiya ham 4 xil ko‘rinishga ega:
shaxsiy tadbirkorlik emigratsiyasi (o‘z tajribasi va kapitali orqali borgan joyida ish boshlaydi);
yoshi kichikroq bo‘lgan, lekin yaxshi malakali bo‘lgan shaxslarning emigratsiyasi;
gumanitar emigratsiya, qochoqlarning harakati sifatida namoyon bo‘ladi. Davlatning immigratsiya siyosati quyidagilardan tashkil topadi:
xorij ishchi kuchlarining sifatiga bo‘lgan talab. YA’ni bunda ishlashni xohlovchi xorij fuqarolarining ma’lumoti, kasb-kori, malakasi va ish stajiga alohida e’tibor qaratiladi. Masalan, Avstraliyada mutaxassisligi bo‘yicha kamida 3 yil, Ummon, Birlashgan Arab Amirligi, Qatar kabi davlatlarda hatto oshpazlikka ham kamida 5 yil stajga ega bo‘lganlar qabul qilinadi;
yosh bo‘yicha tanlanishi. Buning mazmuni shundaki, import qilayotgan davlat, mehnatga layoqatli yoshdagilarning ayniqsa 20 yoshdan to 40 yoshgacha bo‘lganlarni qabul qilishni xohlaydi;
salomatligi bo‘yicha. Xorijlik ishchilarning ko‘rikdan o‘tkazilishi bilan izohlanadi. Masalan, SHvetsiya va Norvegiyada yollovchi firmalar kirib kelayotgan ishlovchi nomzodlarni tibbiy ko‘rikdan o‘tkazishadi;
shaxs xarakterining cheklanganligi. Ijtimoiy «tozalik» ya’ni qabul qiluvchi davlatga ijtimoiy va siyosiy jihatdan salbiy ta’siri bo‘lmasligi lozim. Masalan, AQSHda totalitar ko‘rinishdagi partiyaga a’zo bo‘lganlarning kirib kelishiga cheklovlar qo‘yilgan;
ishchi kuchi importiga to‘g‘ridan-to‘g‘ri kvota qo‘yish. Misol uchun Gretsiyada 5 tadan kam bo‘lgan grek millatiga mansub bo‘lgan xodimlari bor korxonaga xorij ishchi kuchini yollash taqiqlangan;
moliyaviy cheklovlar. Slovakiyada oddiy ishlashni xohlovchi migrantlar mehnat faoliyatini boshlashi uchun mablag‘ kiritishlari lozim. Irlandiyada 4 oy davomida ishlaganligi uchun 100 irland funti to‘lashi shart;
vaqtning cheklanganligi. Imigrantlar uchun qabul qilib oluvchi davlat uning faoliyat yurgizishi uchun ma’lum bir muddatni beradi;
ayrim faoliyatda turi bilan shug‘ullanish umuman taqiqlanganligi. Turkiyada shunday qonun borki, unda xorijliklar kelib shug‘ullanishi mumkin bo‘lmagan mutaxassisliklar aniq belgilab qo‘yilgan. Ularga shifokorlar, advokatlar, uchuvchilar, konchilar, haydovchilar, baliqchilar, ofitsiantlar, brokerlar, qo‘riqchilar kiradi;
milliy va geografik mavqeiga qarab. Ko‘p davlatlar imigrantlarning etnik tarkibiga qarab imtiyozlar qo‘yadilar. Jumladan, AQSH Evropalik imigrantlarni afzal bilsa, Germaniya esa Qozog‘iston va Markaziy Osiyolik nemislarni afzal ko‘radi;
mehnat migrantlarning chiqib ketishini rag‘batlantiruvchi dasturlar. Ushbu dasturlarning 3 xil turi mavjud:
immigrantlarning kompensatsiya bilan siylanishi. Mehnat faoliyatini muddatdan ilgari tugallab ketishlari uchun turli ko‘rinishdagi to‘lovlarni amalga oshirish;
immigrantlarni o‘z vataniga qaytishini osonlashtirish maqsadida kasbiy tayyorgarlik dasturlari;
ommaviy emigratsiya mintaqalariga iqtisodiy yordam dasturlari.
SHuni ham alohida ta’kidlash kerakki, har bir mamlakat o‘zining ichki shart- sharoitlaridan kelib chiqib, ishchi kuchining kirib kelishi va chiqib ketishini tartibga solib, nazorat qilib turadi.
Xalqaro Mehnat Tashkiloti eksport qiluvchi davlatlarning emigratsiya siyosatini quyidagicha izohlab beradi:
Mehnat resurslarining emigratsiyasi ishsizlikni kamaytirish va tashqi savdo balansi taqchilligini qoplash lozim.
Emigrantlar xorijning yashash shart-sharoitlariga rozi bo‘lishlari lozim.
O‘z vataniga qaytayotgan emigrantlardan xorij tajribasini o‘rganishi talab qilinadi. Hozirgi kunda mehnat migratsiyasining xarakterli tomoni shundaki, ishchi kuchini eksport qiluvchi davlatlar turli xil usul va uslublardan foydalanadilar. Ular qatoriga quyidagilarni kiritish mumkin:
mamlakat manfaatlarini himoya qilish usul va uslubiyotlari – emigratsiya maktabi, emigrantlarning tarkibi, sifatiga va davlat doirasida jo‘nab ketishini eksport qiluvchi davlat tomonidan tartibga solib turilishi yo‘llari. Ko‘pchilik davlatlar erkin ko‘chishini ko‘zlab, fuqarolar huquqini inobatga olgan holda emigratsiya siyosatini ishlab chiqaradilar. Ba’zi bir davlatlar esa yuqori malakali mutaxassislar va malakali ishchi kuchlari etishmasligi tufayli emigratsiyani ushlab turish siyosatini amalga oshiradilar.
migrantlarning valyutalaridan iqtisodiyotni resurslar bilan ta’minlash maqsadida emigratsiyadan foydalanish metodi ishlatiladi. YA’ni bunda milliy bankda emigrantlar uchun alohida valyuta schyoti ochiladi va ularga boshqalarga qaraganda yuqori foiz stavkalari belgilanadi. Bundan tashqari yana bir qancha imtiyozlar ham beriladi. Ayrim davlatlar mehnat migrantlarining xorijda oladigan maoshini kafolatini o‘z zimmasiga olsa, boshqa bir davlatlar ularning sug‘urtalanishini vositachi korxonalar orqali ta’minlaydi;
mehnat emigrantlari huquqini himoya qilish maqsadida ikki tomonlama shartnoma va bitimlar tuziladi. Bu bitim va shartnomalarda quyidagilar aniq kelishilib olingan bo‘lishi kerak:
ish haqini olishi uchun ijtimoiy-iqtisodiy kafolatlar bo‘lishi lozim;
borib-kelishi uchun to‘lovlar;
v) yashash sharoitining ta’minlanishi;
g) tibbiy xizmatning davomiy tarzda ko‘rsatilishi;
d) har qanday muammoli vaziyatlar bo‘lganda, fuqaroning (emigrantning) huquqini inobatga olgan holda hal etilishini ko‘zlash va boshqalar.
SHuning uchun ham, mehnat migrantlarining huquqini himoya qilish bo‘yicha elchixona va ayrim muassasalarda attelliyalar (shu soha bo‘yicha mutaxassis) faoliyat yurgizadi.
Mehnat migranti va uning oilasini himoya qilish uchun fond tuziladi. Bu fondning ishlatilishi odatda ularning tibbiy xizmatga, yashash tarzini yaxshilashga va uyga qaytish ehtiyoji paydo bo‘lganda ko‘zga ko‘rinadi.
Har bir davlat odatda migratsiyani tartibga solish mexanizmini ishlab chiqarayotganda bir vaqtning o‘zida ham davlat manfaatlari, ham emigrant va immigrant manfaatlarining ko‘zlanishini inobatga oladi. SHunday jarayonni amalaga oshiruvchi vositalardan biri bu, xorijda yollab ishlatuvchi korxonalar (vasitachi korxonalar) faoliyatini litsenziyalash. Litsenziyalashda avvalambor shu
korxonaning qanday faoliyat ko‘rsatib kelayotganligi, etarli darajada tajribaliligi va xalqaro miqyosda nufuzga egaligiga qarab unga ishonch dalolatnomasini berish lozim.
Mehnat resurslarini import qiluvchi davlatlar doimiy ravishda kirib kelayotgan mehnat migrantlarining soni va sifatini tartibga solib turish uchun immigratsiya siyosati amalga oshiriladi. Jumladan, immigrantlarning sonini muvozanatda saqlash uchun immigratsiya kvota ko‘rsatkichlari yildan-yilga o‘zgartirib boriladi. Bu kvotalarni aniqlashda mamlakatning xorij ishchi kuchlariga talabi bo‘yicha va alohida toifalar bo‘yicha (yosh va jinsi, m’lumoti va boshqalar) va shuningdek, import qiluvchi davlatning iqtisodiy va siyosiy ahvoli o‘rganib chiqiladi. Immigratsiya kvotasi turli ko‘rsatkichlar bo‘yicha (albatta immigrantlarning) turli xil taqsimlanadi.
Import qiluvchi davlat, birinchi navbatda, mehnat migrantlarining sifatini ta’minlash uchun turli metodlar ishlab chiqadi, jumladan, immigrantlarning guruhini aniqlashda kirib kelish vizalarini nazorat qiladi.
Migratsiyaning tanlab olish siyosati borki, unga ko‘ra import qiluvchi davlatlar ayrim toifadagi migrantlarning kirib kelishi uchun turli imtiyozlar joriy qiladilar.
SHuningdek, immigratsiyani amalga oshirayotganda migrantlarning quyidagi 5 ta guruhi inobatga olinadi:
ishchilar – kam ish haqi olish bo‘yicha va qiyin hamda xavfli ishni bajarish bo‘yicha raqobatlashadiganlar;
mutaxassislar – iqtisodiyotning tez sur’atda rivojlanayotgan va yuqori darajadagi texnologiya bilan ta’minlangan sohalarida ishlovchilar;
noyob kasb egalari (olmosga ishlov beruvchilar, dasturchilar, veb- dizaynerlar, shifokorlar va boshqalar);
ta’lim, san’at va sport kabi sohalardagi yuqori toifali mutaxassislar;
xalqaro tashkilotdagi ishlovchilar va qabul qilib oluvchi davlatda ishini davom ettirmoqchi bo‘lgan tadbirkorlar.
Immigratsiya siyosatining maqsadlaridan biri bu, ichki mehnat bozorini xorij ishchi kuchlarining kirib kelishi bilan sodir bo‘ladigan turli-tuman muammolardan himoya qilishdir. Har bir davlat o‘zining migratsiya siyosatini amalga oshirar ekan, o‘sha davlat albatta boshqa davlatlardagi qonunlar va xalqaro tashkilotlarning me’yoriy-huquqiy hujjatlaridan bevosita va bilvosita foydalanadi hamda amaliyotga tatbiq etadi. SHunday ekan, ayrim xalqaro tashkilotlar to‘g‘risida to‘xtalib o‘tsak: