Меҳнат иқтисодиёти


Aholi soniga qarab darajalangan eng yirik 30 davlat



Download 0,55 Mb.
bet27/119
Sana28.05.2022
Hajmi0,55 Mb.
#614320
1   ...   23   24   25   26   27   28   29   30   ...   119
Bog'liq
Ìå íàò è òèñîäè¸òè-1

1-jadval

Aholi soniga qarab darajalangan eng yirik 30 davlat


1950 y.

1996 y.

2050 y.

daraja



mamlakatlar

aholi soni (mln. kishi)

daraja



mamlakatlar

aholi soni (mln. kishi)

daraja



mamlakatlar

aholi soni (mln.
kishi)

1.

Xitoy

555

1

Xitoy

1232

1

Hindiston

1533

2.

Hindiston

358

2

Hindiston

945

2

Xitoy

1517

3.

AQSH

158

3

AQSH

269

3

Pokiston

357

4.

Rossiya

102

4

Indoneziya

200

4

AQSH

348

5.

YAponiya

84

5

Braziliya

161

5

Nigeriya

339

6.

Indoneziya

80

6

Rossiya

148

6

Indoneziya

318

7.

Germaniya

68

7

Pokiston

140

7

Braziliya

243

8.

Braziliya

54

8

YAponiya

125

8

Bangladesh

218

9.

Buyuk Britaniya

51

9

Bangladesh

120

9

Efiopiya

213

10.

Italiya

47

10

Nigeriya

115

10

Eron

170

11.

Fransiya

42

11

Meksika

93

11

Zoir

165

12.

Bangladesh

42

12

Germaniya

82

12

Meksika

154

13.

Pokiston

40

13

Vetnam

75

13

Filippin

131

14.

Ukraina

37

14

Eron

70

14

Vetnam

130

15.

Nigeriya

33

15

Filippin

69

15

Misr

115

16.

Vetnam

30

16

Misr

63

16

Rossiya

114

17.

Ispaniya

28

17

Turkiya

62

17

YAponiya

110

18.

Meksika

28

18

Tailand

59

18

Turkiya

98

19.

Polsha

25

19

Fransiya

58

19

Janubiy Afrika

91

20.

Misr

22

20

Efiopiya

58

20

Tanzaniya

89

21.

Filippin

21

21

Buyuk
Britaniya

58

21

Myanma

81

22.

Turkiya

21

22

Italiya

57

22

Tailand

73

23.

Koreya
Respublikasi

20

23

Ukraina

52

23

Germaniya

70

24.

Tailand

20

24

Zoir

47

24

Uganda

70

25.

Efiopiya

18

25

Myanma

46

25

Keniya

66

26.

Myanma

18

26

Koreya Respublikasi

45

26

Kolumbiya

62

27.

Argentina

17

27

Janubiy Afrika

42

27

Afg‘onist

61

28.

Eron

17

28

Ispaniya

40

28

Oman

61

29.

Ruminiya

16

29

Polsha

39

29

Sudan




30.

Kanada

14

30

Kolumbiya

36

30

Saudiya
Arabistoni

60

Manba: BMT Kotibiyati ijtimoiy-iqtisodiy va axborot hamda siyosatni tahlil qilish Boshqarmasining Nufuz bo‘limi.
2050 yilga borib, Italiya, YAponiya va Rossiya kabi mamlakatlar aholisi qisqaradi, Buyuk Britaniyaning aholisi esa hozirgi darajada qoladi. Mali, Saudiya Arabistoni va Nigeriyada shu davr ichida aholi soni 3 baravar, Misr va Keniyada esa
2 baravar oshadi. BMT mutaxassislari, rivojlangan mamlakatlarning aholisi umuman 2050 yilga borib qisqaradi (1,8 mlrd. kishidan 1,16 mlrd. kishigacha), rivojlanayotgan mamlakatlarning aholisi esa ko‘payadi (4,57 mlrd. kishidan 8,2 mlrd. kishigacha) deb hisoblamoqdalar. Har soniyada dunyoda 21 kishi tug‘ilib, 18 kishi nobud bo‘lmoqda. Har kuni Er aholisi 250 ming kishiga ko‘paymoqda.
Aholining to‘xtovsiz ko‘payib borishi munosabati bilan istiqbolni o‘ylab ko‘rilganda insoniyatning kelajagi to‘g‘risida g‘oyat tashvishli taxminlar va hatto qiyomat qoyimga o‘xshash voqea bashoratlari yuzaga kela boshladi. Ingliz olimi Tomas Robert Maltusning (1766-1834) «Ortiqcha aholi qonuniyati xususidagi tajriba» kitobida (1798) bayon qilingan nazariyasi ayniqsa mashhur bo‘ldi.
Aholining keksayishi muammosi. Barcha zamonaviy demografik jarayonlar orasida aholi keksayishi jarayoni jo‘nroq o‘lchanadigan, taxminlar qilinishi qulayroq va aslida, o‘z oqibatlariga ko‘ra xavfliroq bo‘lgan jarayondir. SHunday bo‘lsa-da, u eng kam tadqiq qilingan jarayonlardan biri ekanligicha qolmoqda. Demograflarning fikricha, mamlakat aholisi undagi yoshi o‘tgan shaxslar ulushi 7-8 % dan oshgan taqdirda keksaygan hisoblanadi. G‘arbdagi iqtisodiy rivojlangan davlatlarning ko‘pchiligida 65 yoshli va undan kattaroq yoshdagilar, ba’zi mamlakatlarda esa 60 yoshdan oshganlarni yoshi o‘tganlar toifasiga kiritish qabul qilingan.



Aholining keksayishi Fransiyada XVIII asrning oxirlarida boshlanib, keyinchalik asta-sekin barcha rivojlangan mamlakatlarga tarqalgan. Lekin avvallari hech qachon yoshi o‘tgan kishilarning ulushi hozirgidek tez va ko‘lamdor oshmagan. 2000 yilda yoshi o‘tgan kishilar ulushi Germaniyada 15,0 %, Angliyada 16,0 %, Fransiyada 15,0 %, AQSHda 13,0 %, YAponiyada 13,0 %ni tashkil etdi.
Aholi keksayishining sababi ikki xildir. Bir tomondan, bu tug‘ilish kamayishi bo‘lib, buning oqibatida bolalar va yoshlar ulushi qisqaradi. Ikkinchi tomondan, bu umr uzunligining oshishidir.
Dunyoda aholining keksayishi bir qator ijtimoiy va iqtisodiy oqibatlarga olib kelishi mumkin.
O‘zbekistonda bir onadan farzandlar tug‘ilishidagi vaqt oralig‘ini uzaytirish, oilada farzandlarning sonini emas, balki mamlakatning kelajagini ta’minlay oladigan sog‘lom, ilmli insonlarni tarbiyalash maqsadida, sog‘lom millat genofondini shakllantirish borasida olib borilayotgan oqilona siyosatni yanada rivojlantirish lozim. SHu munosabat bilan mamlakatda olib borilayotgan Sog‘lom avlod dasturini, Kadrlar tayyorlash Milliy dasturini amaliyligini ta’minlash, jamiyatning ishlab chiqarish, ijtimoiy va madaniy hayotidagi xotin-qizlar roli va maqomini, ommaviy jismoniy tarbiya va sportni rivojlantirish, jamiyat va oilaning umumiy madaniyatini yuksaltirish kabi bir qator tadbirlarni amalga oshirish lozim.


  1. Mehnat bozorining tartibga solinishi


Mehnat bozorini bozor iqtisodiyoti tamoyillari asosiga qurilgan ijtimoiy mehnat munosabatlari tizimi sifatida qarar ekanmiz, mehnat bozori ikki asosiy ijtimoiy-iqtisodiy vazifani bajara olishini kuzatishimiz mumkin. Bunda inson resurslarining ish bilan bandlik darajasi bo‘yicha muqobil turlari (kasblar, tarmoqlar, korxonalar, hududlar) taqsimlanishi hamda aholi daromadlarining maoshlar asosida rag‘batlantirilishi va mehnat uchun mukofotlash shaklida taqsimlanishi muhim rol o‘ynaydi. Mehnat bozori vazifalarining bunday usullarda amalga oshirilishi mehnat unumdorligining samaradorligini oshirish, uni eng yuqori darajaga etkazish, inson resurslaridan olinadigan foydani va daromadlarni ko‘paytirish, davlatning iqtisodiy yuksalishi, ijtimoiy adolat va nihoyat, barcha uchun baravar bo‘lgan ish o‘rinlariga joylashish imkoniyatlari va kasb tayyorgarligiga yordam bermog‘i lozim.
Mehnat bozorini tartibga solish strategiyasi quyidagi savolga javob berishi lozim: jamiyatning barcha a’zolari hayotiy manfaatlarini xisobga olishda, ancha kam ta’minlangan fuqarolarning turmushiga e’tiborni kuchaytirish, ijtimoiy ishlab chiqarish natijalarini taqsimlashda adolat talabiga amal qilishlari kerak. Bu ustuvor yo‘nalishlardan eng muhimlarini tanlab olish mehnat bozorini tartibga solish jarayonining ijtimoiy yo‘nalishlari hamda mehnat bozorini tartibga solish
tamoyillari va ularni amalga oshirish usullarini belgilab beradi.
Mehnat bozorini tartibga solish strategiyasini ishlab chiqish vaqtida, birinchidan, barcha jarayonlarning jamiyat va iqtisodiyotning olg‘a tomon rivojlanish talablari, ijobiy o‘zgarishlarni rag‘batlantirishga bo‘ysunishi, jamiyatdagi ijtimoiy-siyosiy barqarorlikni ta’minlaydigan chora-tadbirlarning ustuvorligini ta’minlashga xizmat qilishi zarur.
Ikkinchidan, «faol jamiyat»ni shakllantirishga e’tibor berish kerak, unda iqtisodiy imkoniyatlar yaratiladi va har bir fuqaroning qonuniy-demokratik jamiyat barpo etishdagi faolligi rag‘batlantiriladi. Bunday siyosat jamiyatdagi har bir sog‘lom a’zoning o‘z mehnati bilan erishiladigan farovonlik uchun javobgarligini e’tirof qilishga asoslangan.
Uchinchidan, «faol jamiyat» va unga mos keladigan mehnat bozoridagi faol siyosat teng imkoniyatlar prinsipi bilan birga qo‘shib olib borilishi kerak. Uning asosiy mohiyati – ishga ega bo‘lish va uni saqlab qolishdagi tengsizlikni barham toptirish yoki eng kam holatga keltirishga imkon beradi. Bunday tengsizlik nogironlik, oilaviy sharoitlar, malakaning etishmasligi va hokazo sabablarga ko‘ra kelib chiqishi mumkin.
Mehnat bozorini tartibga solishning aniq maqsadli vazifasi – ishchi kuchiga bo‘lgan ehtiyojni kengaytirish va ish kuchini samarali taklif etishni qo‘llab- quvvatlashga ko‘maklashishdan iborat bo‘lib, bundan ko‘zda tutilgan maqsad:
-iqtisodiy o‘sish imkoniyatlarini yaxshilash uchun mehnat resurslarini rivojlantirish va ularni tarkibiy o‘zgarishlarga muvofiqlashtirish;
-noqulay sharoitlarda yashayotgan aholi guruhlarini ish bilan ta’minlash uchun imkoniyatlarni yaxshilash, ish bilan bandlikka bo‘lgan qobiliyatni oshirish yo‘li bilan ijtimoiy tenglikka ko‘maklashish va boshqalar.
Iqtisodiy nazariya nuqtai nazaridan, bu institutlarning asosiy vazifasi (agar gap mehnat bozorini tartibga solish to‘g‘risida boradigan bo‘lsa) xodimning o‘ziga mos ish o‘rni qidirish uchun, ish beruvchining esa mos keladigan xodim qidirish uchun vaqt sarflashi, moddiy moliyaviy resurslar sarflashini qisqartirishdir. SHu boisdan mehnat bozori institutining asosiy vazifasi «bozorning noaniqligi»ga barham berish, ish beruvchilar va xodimlar ega bo‘lgan axborotning mukammal bo‘lishini ta’minlashdir, chunki aynan axborotning yo‘qligi chiqimlarning ko‘payib ketishiga olib keladi.
Bu vazifani makro, mikro va mezo darajalarida amalga oshirishning eng ko‘p tarqalgan shakllari: xodimlarning kasb-malaka darajasiga qo‘yiladigan talablarni hisobga olgan holda bo‘sh o‘rinlar to‘g‘risidagi ma’lumotlar bankini yaratish va mehnat bozorining joriy ahvolini ilmiy asosda tahlil etish, uning rivojlanish istiqbollarini bashorat qilish, reklama-noshirlik, kasbga yo‘naltirish faoliyati,
potensial xodimlar va kasb-hunar litseylari abiturientlarining kasbiy yaroqliligini aniqlash uchun saralash testlarini takomillashtirish, psixologiya, fiziologiya, ergonomika fanlarining eng yangi yutuqlari asosida ishga yollash vaqtida chiqimlarni qisqartirish imkonini beradigan namunaviy «signallar»ni va shu kabilarni aniqlashdan iborat.
SHuni ham aytish kerakki, iqtisodiy fikrning hozirgi zamon yo‘nalishi bo‘lgan institutsional iqtisodiyot deganda faqat shaxslarning faoliyati shartlari va cheklashlarni shakllantirish bilan bevosita va uzviy ravishda shug‘ullanadigan tashkilotlarni emas, balki kishilarning iqtisodiy xulq-atvoriga ta’sir ko‘rsatadigan va qonun yo‘li bilan rasmiylashtirilgan yoki tarixan qaror topgan axloqiy normalar, odatlar, an’analar, negizlarni tushunadi.
Xodimlarning mehnat faolligi, mehnat qilish sabablari, ularning biror faoliyat turi va tartibini tanlashlari kabi omillarni anglab etish davlatning mehnat bozorini tartibga solish chora-tadbirlarini ishlab chiqishi O‘zbekiston uchun nihoyatda muhimdir. Aholining ish bilan bandligiga ko‘maklashishning u yoki bu iqtisodiy choralari ish bilan bandlikning tashkiliy omillari bilan muvofiqlashtirilish darajasiga bog‘liq.
modelni tanlashidan qat’i nazar zarur hisoblanadi.
Davlatning mehnat bozorini tartibga solishi sohasidagi choralarini quyidagi tarzda tabaqalashtirish maqsadga muvofiq:

  • ta’sir ko‘rsatish ob’ektlari bo‘yicha. Tartibga solish ob’ektining xususiyatlariga qarab, umumiy ta’sir ko‘rsatish choralari yoki maxsus choralarga ajratish mumkin. Ayni vaqtda mehnat bozorini tartibga solish ob’ektlari sifatida mehnatni tashkil etish elementlari, xususan, mehnatga haq to‘lash, mehnatning davomiyligi, mehnat sharoitlari va hokazolar namoyon bo‘ladi;

  • ta’sir ko‘rsatish yo‘nalishlari bo‘yicha. Bu choralarga quyidagilar kiradi: mehnat bozorida mehnat taklifini ko‘paytiruvchi (kamaytiruvchi) choralar; mehnat bozorida talabni oshiruvchi (kamaytiruvchi) choralar; mehnatni taklif qilish tuzilishi va mehnatga bo‘lgan ehtiyoj tuzilishiga ta’sir qiluvchi choralar; ehtiyoj va taklifning mos kelishi darajasini ko‘paytirishga qaratilgan mehnat bozorini tartibga solish choralari;

  • ta’sir ko‘rsatish shakli bo‘yicha bevosita va bavosita choralarga bo‘lish mumkin, bunda mehnat bozoriga bevosita ta’sir ko‘rsatish ham, bavosita ta’sir ko‘rsatish ham mehnat bozori barcha sub’ektlarining manfaatlari balansini albatta hisobga olish eng samaralidir;

  • ta’sir ko‘rsatish xarakteriga ko‘ra, ta’sir ko‘rsatish choralarini rag‘batlantiruvchi, cheklovchi, ta’qiqlovchi, himoya qiluvchi choralarga tabaqalash mumkin;

  • mehnat bozorini tartibga solishda choralar mazmuni bo‘yicha iqtisodiy yoki ma’muriy xarakterdagi choralarni afzal deb bilish, yoxud ularni muayyan tarzda birga qo‘shib olib borishni ma’qul ko‘rish mumkin. Masalan, mehnat bozorini tartibga solishning iqtisodiy choralariga quyidagilarni kiritish mumkin: iqtisodiy jihatdan maqsadga muvofiq ish o‘rinlarini qo‘llab-quvvatlash, jamoat ishlarini tashkil etish, yangi ish o‘rinlarini tashkil etish uchun ixtisoslashgan investitsiyalash, kichik biznesni qo‘llab-quvvatlash va hokazo. Mehnat bozorini tartibga solish ma’muriy choralari orasida quyidagilarni sanab o‘tish mumkin: pensiya yoshini pasaytirish, ish kunining davom etishini kamaytirish, bir kishiga mo‘ljallangan ish o‘rnining o‘rindoshlik bilan ishlash imkoniyatlarini cheklash va hokazo;

  • ta’sir ko‘rsatish darajasi bo‘yicha mehnat bozorini davlat yo‘li bilan tartibga solish choralarini umumdavlat, mintaqaviy, tarmoq, firma ichidagi choralarga bo‘lish mumkin;

  • mablag‘ bilan ta’minlash manbalari bo‘yicha – davlat byudjeti, nobyudjet mablag‘lar, ish bilan bandlik jamg‘armasi mablag‘lari, tijorat tashkilotlari mablag‘lari va hokazo.

Mehnat bozorini tartibga solish usullaridan foydalanish tajribasi mehnat bozoridagi siyosatning ikki turi – faol va passivsiyosat to‘g‘risidagi tasavvurni shakllantirdi.
Passiv siyosat mehnat bozorida xodimlar va ish beruvchilarning ahvoli uchun davlatning mas’uliyatini nazarda tutadi. Bunday holda davlatning bozorga o‘ziga xos g‘amho‘rligi namoyon bo‘ladi. Bu ijtimoiy-iqtisodiy mehnat munosabatlarida paternalizm (g‘amxo‘rlik) ko‘rinishining shaklidir.
Davlat mehnat bozorining barcha qatnashchilari, xususan, xodimlarga ish o‘rni saqlanishi, ish haqi va nafaqalar berilishi, ijtimoiy sug‘urta, pensiya berilishi kafolatini beradi, ish beruvchilarga – ishlab chiqarilgan mahsulotning rejalashtirilgan hajmi uchun talabni, xomashyo va materiallar berish, barqaror narxlar va maqsadli mablag‘ ajratishni kafolatlaydi. Bu kafolatlar mehnat bozorida ishtirok etayotgan xodimlar uchun har qanday o‘zgarishlarda ham ijtimoiy himoyalanish imkonini beradi. Lekin davlat tomonidan o‘rnatiladigan moliyaviy chegaralarning qat’iyligi xodim bilan ish beruvchining shaxsiy tashabbuskorlikka bo‘lgan rag‘bati, mehnatni tatbiq etishning eng samarali sohalarini qidirish, unumdorlikni oshirish, o‘z-o‘zini ta’minlashning ichki zaxiralarini aniqlashga intilishini cheklab qo‘yadi, ya’ni ijtimoiy-iqtisodiy mehnat munosabatlarida passivlikni shakllantiradi.
Mehnat bozorini tartibga solishning passiv siyosatiga ish qidiruvchilarni ro‘yxatga olish, ishsizlik bo‘yicha beriladigan nafaqa miqdorini aniqlash, ishsizlik bo‘yicha nafaqa berish tizimini tashkil etish, ishsizlar va ularning oila a’zolarini
ko‘llab-quvvatlashning turli shakllarini amalga oshirish choralarini qo‘llash qabul qilingan.
Ish bilan bandlikning passiv siyosatini amalga oshirishning eng ko‘p tarqalgan shakllaridan biri aholini ishsizlikdan sug‘urta qilish dasturlari bo‘lib, ular bozor iqtisodiyoti rivojlangan mamlakatlarda keng tatbiq etiladi. Ishsizlikdan sug‘urta qilish, ikki xil darajadagi ijtimoiy-iqtisodiy maqsadlarni ko‘zlaydi. Mikrodarajada, ya’ni ayrim oila, personal darajasida ish bilan bandlikka ko‘maklashishni barqarorlashtirishdir. Iste’mol barqarorlashtirilsa, ishsiz xodimlar nafaqa olmasa ham o‘z oilasi va turmush darajasini vaqtinchalik qo‘llab turish uchun imkoniga ega bo‘ladi.Ish bilan banddikni barqaror qilish esa ishsizlik bo‘yicha nafaqalarning doimiyligini, yangi ish qidiruvchilar uchun ish topishni osonlashtiradi.
Ishsizlikdan sug‘urta qilish dasturlari ko‘pincha nafaqa olish huquqi berilishini tartibga solishni nazarda tutadi. Sug‘urta dasturlaridan ko‘pincha ayrim tarmoqlar (masalan, AQSHda qishloq xo‘jaligi, SHveysariyada mehmonxona va restoranlar sohasi, Fransiya va Gollandiyada uy-ro‘zg‘or xizmati va shu kabilar) hajmiga qarab ayrim korxonalar, kasblar, aholining ayrim demografik guruhlari chiqarib tashlanadi.



Download 0,55 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   23   24   25   26   27   28   29   30   ...   119




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish