Меҳнат иқтисодиёти


Mehnat bozorining turlari: ularning segmentlarga bo‘linishi va



Download 0,55 Mb.
bet23/119
Sana28.05.2022
Hajmi0,55 Mb.
#614320
1   ...   19   20   21   22   23   24   25   26   ...   119
Bog'liq
Ìå íàò è òèñîäè¸òè-1

Mehnat bozorining turlari: ularning segmentlarga bo‘linishi va


moslashuvchanligi
Barcha turdagi bozorlarda sotuvchilar va xaridorlar mavjud bo‘lib, ular harakat kilganidek, bu jarayon mehnat bozorida ham amal qiladi. Bu bozor mehnatni sotadiganlar va sotib oladiganlardan iborat bo‘ladi. Agar sotuvchi va xaridorlar bir- birlarini o‘zlari yashaydigan mamlakat bo‘ylab izlasalar, bunday bozor milliy mehnat bozori deyiladi. Sotuvchi va xaridorlar bir-birlarini faqat muayyan hududda yoki viloyat va tumanlarda izlasalar, bunday bozor mahalliy bozor deb nomlanadi.
Agar ishchi kuchini izlash geografik, firma ichidagi, kasbiy harakati, ish joylarini to‘ldirish mezonidan kelib chiqilsa, unda bozorning turli mamlakatlarda turli nisbatlarda mavjud bo‘lgan ikki turini ajratish mumkin.
Birinchi turi – ishchi kuchi uchun ish joylarini geografik va kasbiy harakati, korxona (firma)lar o‘rtasidagi harakatlanish yo‘li bilan to‘ldirilsa, u shartli tarzda tashqi bozor deb atalgan. Amerika Qo‘shma SHtatlaridagi mehnat bozorining





9Эренбергер Р.Ж., Смит Р.С. Замонавий меҳнат иқтисодиёти.
modeli bunga ko‘proq to‘g‘ri keladi.
Bunday bozor doirasida firmalar o‘z kadrlarini chetdan kelgan, zarur kasb va malakaga ega bo‘lgan tayyor xodimlarni ishga taklif qilish asosida amalga oshiradilar.
Ikkinchi turi – xodimlarning firma ichidagi kasbiy harakatiga mo‘ljallangan bozor bo‘lib, unda kadrlarni tayyorlash, kasblar va malaka bo‘yicha tuzilmasini shakllantirish firma ichida korxonani rivojlantirish istiqbollariga muvofiq amalga oshiriladi. Bu turdagi bozor shartli tarzda ichki bozor nomini olgan. Bunday usul YAponiya mehnat bozori modeliga mansubdir.
O‘zbekistonda zamon talablariga javob beradigan mehnat bozori endigina shakllana boshladi. U mazkur mezonlar bo‘yicha bozor tizimida hali o‘z shaklini egallaganicha yo‘q. SHuning uchun ham uni aralash hamda mehnat bozorining birinchi turiga moyilroq deyish mumkin.
Mehnat bozori – yalpi ko‘lamli bozor bo‘lib, u yalpi taklifni (jami iqtisodiy faol aholini) va yalpi talabni (iqtisodiyotning mehnatga, ya’ni xodimga bo‘lgan jami ehtiyojini) qamraydi. Tor ma’noda mehnat bozori joriy bozor bo‘lib, u yalpi bozorning bir qismini tashkil etadi va bo‘sh o‘rinlar hamda ish qidirish bilan band bo‘lgan shaxslar miqdori bilan belgilanadi.
Joriy bozor ham o‘z navbatida ikki qismga bo‘linadi: 1) ochiq bozor, unda taklif ish qidirayotgan, shu jumladan, qayta kasb tanlashga, kasb tayyorgarligi va qayta tayyorgarligiga muhtoj bo‘lgan odamlarni qamraydi, talab esa bo‘sh o‘rinlar bilan tavsiflanadi; 2) yashirin bozor, u rasman ish bilan band bo‘lgan, lekin ishlab chiqarishga zarari etmaydigan tarzda bo‘shatib olinishlari mumkin bo‘lgan shaxslarni o‘z ichiga oladi. Ana shu har ikkala bozorning rasmiy ro‘yxatga olingan va norasmiy ro‘yxatga olinmagan qismi bo‘ladi.
Nufuz mezonlari bo‘yicha mehnat bozorlari quyidagilarga ajraladi:

  • yoshlar mehnat bozori;

  • xotin-qizlar mehnat bozori;

  • keksa yoshdagi fuqarolar mehnat bozori;

  • nogironlar mehnat bozori.

Ushbu mehnat bozorlarida amal qiluvchi ishchi kuchining ko‘rsatkichlari barqaror bo‘lib, bu ko‘rsatkichlar ulardan foydalanish xarakteri va mehnat sharoitlarini belgilab beradi. Mazkur mehnat bozorlaridagi xodimlar uchun mushtarak holat shuki, ularning hammasi marginal guruhlarga kiradi va ularni ishga solish muayyan cheklovlar bilan bog‘liq.
YOshlarning ish bilan bandligi va ularni kasb jihatdan mehnat faoliyatiga tayyorlash ijtimoiy va iqtisodiy ahamiyatga ega. O‘zbekistonda mehnatga yaroqli aholining yarmidan ko‘prog‘ini 29 yoshgacha bo‘lgan yoshlar tashkil qiladi. Ana
shuning uchun ham yoshlar bilan ishlash, ularni kasbga tayyorlash mamlakatda ustuvor vazifalardan biri sifati qaraladi. O‘zbekistonda “2008 yil – YOshlar yili” deb e’lon qilinishi bunga misol bo‘la oladi. Dunyoning juda ko‘p mamlakatlarida ishsizlikning yuqori darajada ekanligi kuzatilmoqda. Bu hol ma’lum darajada yoshlarning o‘z xulq-atvor xususiyatlari bilan bog‘liq bo‘lib, ular birinchi ish joyida ish haqi yuqori bo‘lmasligi sababli muqim ishlab qolishdan moddiy manfaatdor bo‘lmaydilar; barqaror daromad olishga undovchi sabab yo‘q bo‘lib, ushbu vaziyat yoshlarni ota-onalari ko‘pchilik hollarda moddiy jihatdan qo‘llab-quvvatlashlari bilan bog‘liq bo‘lmoqda. Buning ustiga ular ko‘pincha dastlabki mehnat tajribalarini muayyan ishda emas, balki ish joylarini o‘zgartirish yo‘li bilan kasb faoliyati turlarida orttirishga harakat qiladilar. SHu bilan birga, yoshlarning ish bilan bandligi asosan ish beruvchilarning munosabati bilan belgilanadi – kon’yunktura yomonlashgan har bir holatda ular, avvalo, malakasi kam va tajribasiz bo‘lgan yosh xodimlarni qisqartiradilar.



  1. Download 0,55 Mb.

    Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   19   20   21   22   23   24   25   26   ...   119




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish