Меҳнат иқтисодиёти


Mehnat bozorining modellari



Download 0,55 Mb.
bet25/119
Sana28.05.2022
Hajmi0,55 Mb.
#614320
1   ...   21   22   23   24   25   26   27   28   ...   119
Bog'liq
Ìå íàò è òèñîäè¸òè-1

Mehnat bozorining modellari


Turli mamlakatlarda ish bilan bandlik va mehnat bozori modellari o‘ziga xos xususiyatlarga ega bo‘ladi.
Fransiya modeli. Fransiyada oxirgi 10 yil ichida ishsizlik darajasi 12,0
%atrofida saqlanmoqda. Ishsizlikka qarshi kurashish uchun ham faol, ham sust chora-tadbirlar qo‘llaniladi, lekin mehnat bozorida passiv siyosat ma’qulroq ko‘riladi.
Ishsizlarga uzoq vaqt nafaqa to‘lanadi. Bunday nafaqa to‘lanishining eng uzoq davom etishi 5 yilni tashkil etadi. SHu bilan birga Fransiya byudjetida mehnat bozoridagi passiv siyosatga xarajatlar ulushi faol ijtimoiy siyosat o‘tkazishga qilinadigan xarajatlar ulushidan deyarli ikki baravar yuqoridir10.
Hozirga vaqtda Fransiya korxonalarida mehnat resurslarini boshqarish sohasida ishsizlikka global vositasi deb qaralayotgan ish bilan to‘liq ta’minlanmagan bandlik siyosati amalga oshirilmoqda. Lekin Fransiyada ishsizlik bundan buyon ham 10-12,0 % darajasida qolaveradi, chunki ayrim iqtisodiy bashoratlarga qaraganda G‘arbdagi ko‘pchilik mamlakatlardagi yuqori darajadagi ishsizlik yana bir necha yilga saqlanib qolishi taxmin qilinmoqda. Ana shularning barchasi mehnat bozoridagi passiv siyosatning faol siyosatga qaraganda, samarasi ancha past ekanligini ko‘rsatmoqda.





10Чернов Ю.И. Меҳнат унумдорлиги ва ишсиз иқтисодиёт. - М., 1992,24-6.
SHvetsiya modeli. SHvetsiyada mehnat bozoridagi siyosat bo‘sh ish o‘rinlarini ishsizlar bilan to‘ldirishga ko‘maklashish va ishsizlarga faqat nafaqalar berib borishdan iborat bo‘lib qolmasligi lozim, deb hisoblanadi. Aholini ish bilan bandligini to‘liq yuzaga keltirishning an’anaviy strategiyasi muqarrar ravishda inflyasiya darajasining yuqorililigi sababli ish haqini tashkil etishda ro‘y berishi mumkin bo‘lgan siljishlarga olib kelishi e’tirof etilgan edi. SHu bois SHvetsiya mehnat bozorida olib borilayotgan faol siyosat quyidagi to‘rt elementni o‘z ichiga olishi ta’kidlanmoqda.
Birinchidan, cheklovchi fiskal siyosat bo‘lib, uning maqsadi tovar va xizmatlarga kam daromadli korxonalarning faoliyatni to‘xtatishga majbur qiladigan sur’atda talab va inflyasiyaning oshishiga yo‘l qo‘ymaydigan egri soliqlar belgilanishidan iborat. Juda yuqori foyda oladigan firmalar o‘rtasida ish haqini oshirish borasida inflyasiyaga olib keluvchi raqobatga yo‘l qo‘ymaslik uchun foydani jilovlab turish ham ushbu siyosatning maqsadidir.
Ikkinchidan, ish haqi borasida olib boradigan hamjihatlik siyosati bo‘lib, buning ma’nosi barcha ishchi va xizmatchilar uchun tadbirkorlarning moliyaviy ahvoli yoki firmaning qaysi tarmoqqa qarashli ekanidan qat’i nazar, teng mehnatga teng haq olishni ta’minlash bilan bog‘liq.
Uchinchidan, yangi ish o‘rinlarini yaratish va unga xodimlarni tayyorlash, qayta o‘qitish markazlarini yaratishni rag‘batlantirishdir.
To‘rtinchidan, iqtisodiy ko‘rsatkichlari past bo‘lsa-da, ijtimoiy zarur xizmatlarni ta’minlaydigan sektorlarda aholini ish bilan bandligining davlat tomonidan qo‘llab-quvvatlanishini ta’minlashdir.
SHvetsiyada olib borilayotgan faol siyosat bir qator Evropa davlatlari va Amerika Qo‘shma SHtatlaridan ancha oldinda bormoqda. SHuning uchun ham mehnat bozoridagi modellardan O‘zbekistonda ham andoza olsa arziydi.
Amerika modeli. Amerika Qo‘shma SHtatlarida kon’yuktura o‘zgargan va qo‘llanilayotgan ishchi kuchi hajmini kamaytirish zarurati paydo bo‘lgan yoki korxona norentabel bo‘lib qolgan taqdirda xodimlarni ishdan bo‘shatish chorasi ishga solinadi. Buning ustiga, xodimlar korxonaning yopilish vaqti kelgunigacha ishdan bo‘shatilganliklari to‘g‘risida hech qanday axborot olmaydilar. Yirik sanoat kompaniyalari odatda xodimlarning kasb-malaka tayyorgarliklariga kam e’tibor beradi. Ish haqi va uni tashkil qilish ishlarning murakkabligiga qarab tasniflanishga bog‘liq. Xodimning ishda ko‘tarilishi odatda kasb-malaka yo‘nalishini kengaytirish bilan emas, balki boshqa ishga o‘tishi bilan bog‘liq. Ish haqi uzoq vaqtga tuziladigan shartnomalar bilan belgilanadi. Korxona ma’muriyati va kasaba uyushmalari o‘zaro sust bog‘langan va deyarli axborot almashinib turmaydi. Ushbu modelga ishchi kuchining kasbiy jihatdan ham, jug‘rofiy jihatdan ham yuqori darajada
harakatchanligi sezilarlidir.
Amerika Qo‘shma SHtatlarida ishsizlikka qarshi kurashning ancha qat’iy usuli qo‘llaniladi. Ishsizlik bo‘yicha nafaqa atigi yarim yil davomida to‘laniladi, ishsizlarga yordam berishning faol chora-tadbirlarini ko‘rish odat tusiga kirmagan. Mehnat bozorida faol davlat siyosatini olib borish xarajatlari, YAlpi Ichki Mahsulotning atigi 0,19 %ini tashkil etadi. Ana shunday yondashish sharoitida kishi faollik va sobitqadamlik bilan ish qidiradilar. Bunday siyosat natijasida ishsizlik darajasi nisbatan past bo‘lmoqda (5,4%). SHu bilan birga ko‘pdan-ko‘p amerikaliklar ish beruvchiga qaram ekanliklari va tez-tez ishni o‘zgartirish, yangi jamoa va yangi ish sharoitlariga moslashish zarurligidan o‘zlarini ruhan noxush sezadilar.
YAponiya modeli. Bu mamlakatda mehnat munosabatlari tizimi umrbod yollanishga asoslanadi, umrbod yollanish xodimlarning korxonada ishlaydigan eng yuqori (55-65) yoshga etgunlariga qadar ish bilan bandlik kafolatlanishini ko‘zda tutadi. Umrbod yollanish tizimi ish haqi, mukofotlar hamda ijtimoiy to‘lovlar tarzidagi moddiy taqdirlash miqdorlarini oshirib borishni kafolatlaydi. Umrbod ishga yollash yo‘li bilan korxonalarda xodimlarni mustahkamlash, ichki firma darajasida malaka oshirish, tezkor ravishda kasb-malaka tarkibini ish o‘rinlarining tuzilmasi bilan, texnika va texnologiyalarni rivojlantirish, ishlab chiqariladigan mahsulotni modifikatsiyalash bilan muvofiqlashtirib borish imkonini beradi.
YAponiya firmalari yollanma xodimlardan uzoq vaqt mobaynida foydalanishni ko‘zlaydi. Bu esa xodimlarda mehnatga ijodiy munosabatda bo‘lish va nihoyat darajada sifatli ishlashga intilishni tarbiyalashga qaratilgan siyosatga asos bo‘lib xizmat qildi. Bu ma’lum darajada tadbirkorlarning ishlab chiqarish va qo‘llanilayotgan ishchi kuchini xodimlarni qisqartish hisobiga emas, balki ish vaqtini qisqartirish yoki xodimlarni shu’ba korxonalari yoki o‘zaro kelishuv bo‘yicha boshqa firma korxonalariga o‘tkazish hisobiga hal qilishga intilishlarini ham belgiladi.
Doimiy va vaqtincha xodimlarni bir-biridan aniq farqlash mavjud, vaqtincha xodimlar iqtisodiy inqiroz davrlarida birinchi navbatda ishdan bo‘shatiladi va ko‘pincha iqtisodiy faol aholi tarkibidan chiqariladi. Buning ustiga, firmaning ko‘lami qancha kichik bo‘lsa, unda vaqtincha xodimlar salmog‘i shuncha ko‘p, ularning ishsiz bo‘lib qolishlari xavfi darajasi shuncha yuqori bo‘ladi.
YAponiyada ishsizlik darajasi atigi 3,3% ni tashkil etdi. Mehnat bozorida davlat siyosatini olib borish xarajatlari yuqori emas: ular yalpi ichki mahsulotning (YAIM) 0,52 %ini tashkil etadi, shu jumladan, faol siyosat yuritishga 0,13 %, passiv siyosat o‘tkazishga 0,39 % sarf-xarajat qilinadi.
Umuman, mehnat bozorida YAponiya modeli ishlab chiqarish ehtiyojlari, ish
beruvchilarning ham, yollanma xodimlarning ham manfaatlarini nihoyat darajada to‘liq hisobga olgan holda oqilona ravishda ish bilan bandlikni shakllantirishga xizmat qiladi, bu esa, o‘z navbatida, mamlakatning iqtisodiy rivojlanishiga ko‘maklashadi, ana shular jamiyatda ijtimoiy barqarorlikni ta’minlaydi, chunki amalda har bir kishi ertangi kunga va o‘z ijodiy salohiyatini namoyon etish imkoniyatiga ega ekanligiga ishonchi komil.
Jahonning rivojlangan mamlakatlari tajribasiga ko‘ra, mehnat bozori modellarining birontasi ham o‘zgarmay qolmaydi, u ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishning xususiyatlariga hamisha bog‘liq. CHunonchi, umrbod yollanish siyosati yosh va istiqbolli xodimlarning manfaatlariga muayyan ma’nolarda zid keladi va shu tufayli uning qo‘llash sohasi torayishi mumkin. SHvetsiyada mehnat katta sarf-xarajatlarni moliyalash uchun yuqori miqdordagi soliqlar siyosati xorij investitsiyalari oshishini keltirib chiqardi. Ushbu tendensiya SHvetsiyaning o‘zida kompaniyalarning ravnaq topishiga yo‘naltirilgan tanlama iqtisodiy yuksaltirish siyosatiga putur etkazmoqda. Ijtimoiy nafaqalar miqdori yuqoriligi ishchi kuchi taklifi kamayishiga olib keldi va ish haqini oshirish zaruratini kuchaytirdi. Korxonalar ish haqi borasidagi cheklanishlarni chetlab o‘tishi uchun xodimlarga foydada qatnashish tizimlari bo‘yicha ko‘proq mablag‘ to‘laydigan bo‘lib qoldi.
SHunday qilib, xorijiy mamlakatlardagi mehnat bozori modelining samaradorligi aholining ish bilan bandligi borasida amalga oshirilayotgan siyosat, uning o‘zgaruvchanligi va umuman iqtisodiyotda yuz berayotgan o‘zgarishlarga moslashuvchanligiga bog‘liq. O‘zbekistondagi mehnat bozori modelini ham ijobiy baholash mumkin, ammo jahonning rivojlangan mamlakatlari tajribasidan ham foydalanish milliy mehnat bozorining mazmunini yanada boyitadi.



  1. Download 0,55 Mb.

    Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   21   22   23   24   25   26   27   28   ...   119




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish