Меҳнат иқтисодиёти



Download 0,55 Mb.
bet21/119
Sana28.05.2022
Hajmi0,55 Mb.
#614320
1   ...   17   18   19   20   21   22   23   24   ...   119
Bog'liq
Ìå íàò è òèñîäè¸òè-1

Nazorat uchun savollari


  1. Xodimlar faoliyatini tashkiliy jixatdan ta’minlash elementlari nimalardan iborat?

  2. Xodimlar faoliyatini tashkiliy ta’minlash elementlari nimalardan iborat? 4.Amerikalik muhandis F. Teylor (1856-1915) ta’lmioti nimalardan iborat? 5.YAlpi va yirik seriyali ishlab chiqarishni ilmiy tashkil etish yo‘llari kim

tomonidan taklif etilgan?
6.Mustaqil Davlatlar Hamdo‘stligi mamlakatlarida va O‘zbekistonda mehnatni tashkil etish nazariyalarining rivojlanishi qanday kechgan?
      1. mavzu. Bozor xo‘jaligi tizimida mehnat bozori.


Reja:

  1. Mehnat bozori va uning mohiyati

  2. Mehnat bozorining ishlash mexanizmi

  3. Mehnat bozorining turlari: ularning segmentlarga bo‘linishi va moslashuvchanligi

  4. Mehnat bozoridagi talab va taklif

  5. Mehnat bozorining modellari

  6. Demografik tendensiyalar va ularning mehnat bozoriga ta’siri

  7. Mehnat bozorining tartibga solinishi



    1. Mehnat bozori va uning mohiyati


Bozor ayrim tovarlar va xizmatlarga talab bilan murojaat qiluvchi xaridorlar va taklif asosida etkazib beruvchi sotuvchilarni bir-biriga qo‘shadigan institut yoki mexanizmdir. Xomashyo, materiallar, yoqilg‘i, tayyor mahsulot, qimmatli qog‘ozlar, pul (kredit) bozorlari bir-biridan farqlanadi. Ana shu bozorlarni tashkil etishning o‘ziga xos xususiyatlari bor. Ularning namoyon bo‘lishiga, asosan, bozor negizi – mazkur bozorda oldi-sotdi ob’ekti bo‘ladigan tovar ta’sir etadi. Tovar ayirboshlanishining tabiiy negizi bo‘ladigan mehnat taqsimotining davom etishi jarayonida bozorlar maydalanishi kuchayadi, ularning ixtisoslashishi chuqurlashadi. SHunga ko‘ra, bozorlar turli shakllarda: bular tamaddixona va kichik do‘konchadan tortib, yirik fond birjasi va xalqaro kreditlar bozorigacha bo‘lishi
mumkin.
Ishchi kuchi tovar bo‘ladigan bozor xo‘jaligi tizimida o‘z jismoniy kuchiga ega bo‘lgan xodimlarning ish o‘rinlariga nisbatan harakatlari mehnat bozori orkali ro‘yobga chiqadi. Mehnat bozorida ishchi kuchining oldi-sotdisi amalga oshadi. Ish o‘rnining egasi ishchi kuchini xarid qilganida ishlab chiqarish jarayonida xo‘jalik faoliyati asosiy omillari birlashishining iqtisodiy va huquqiy shart-sharoitlari yaratiladi. SHu tariqa mehnat bozori ishchi kuchi talab va takliflarining shunday majmuini o‘zida mujassam etadiki, ishchi o‘rinlariga nisbatan bo‘ladigan xarakat hamda iqtisodiy faol aholining tarmoq, hudud, demografiya va kasb-malaka bo‘yicha xo‘jalik faoliyati sohalariga joylashuvi shular orqali amalga oshadi. Bozor mexanizmi raqobat jarayonida mustaqil tarzda tartibga solinish jihatlarini hamda davlat tomonidan maqsadga yo‘naltirilgan tarzda ta’sir o‘tkazilishini o‘zida mujassam etadi.
Mehnat bozori aslida shu ma’noda ob’ektiv hodisadirki, u odamlarning xohish- irodalaridan qat’i nazar jamiyatdagi ijtimoiy-iqtisodiy munosabatlarning xususiyatlari bilan belgilanadi. Ishchi kuchi mazkur jamiyatning sharoitlarida tovar
bo‘lsa va ishlab chiqarish omillari (yollanma ishchi kuchi va ishlab chiqarish vositalari) birlashishining o‘zi mehnatning oldi-sotdisi orqali amalga oshadigan bo‘lsa, bu mehnat bozori mavjud deganidir. Mehnat bozorining rivojlangan darajada amal qilishi uning infratuzilmasi qay darajada tarkib topganligi, ushbu infratuzilma mehnat bozorining ishlashiga ko‘maklashadigan institutlarni o‘z ichiga olganligiga bog‘liq bo‘ladi. Tabiiyki, mazkur infratuzilma anglangan harakatlar natijasi bo‘ladi, demak, u, bozorning o‘zidan farqli o‘larok, ob’ektiv tusga ega bo‘lmaydi.
Mehnat bozori haqiqiy ishlashining muhim sharti unda barcha mehnat munosabatlari ishtirokchilari: davlat, ish beruvchilar va yollanma ishchilarning mos xatti-harakatlari hisoblanadi. Bugungi kunda rejali iqtisodiyotdan bozor iqtisodiyotiga o‘tayotgan mamlakatlar boshqacha sharoitga tushib qoldi. Ularda mehnat munosabatlari doimo ham erkin tanlanavermaydigan to‘la ish bilan bandlikka muvofiq keladigan odamlarning sezilarli kontingenti shakllangan. Ish bilan band odam uchun mehnat munosabatlariga bozor munosabatlari elementlarining kiritilishi anchagina og‘ir kechadi. Bir xil ishga bir xil ish haqi berish odamlarning tushunmovchiliklar va noroziliklariga sabab bo‘lishi mumkin. Odamlarda ishsiz qolish gumoni, ayniqsa, ish joyidan o‘z aybi bilan emas, balki ish hajmining kamayishi yoki korxonaning (sinish) bankrot bo‘lishi tufayli mahrum bo‘lishi ruhiy zarbaga olib kelishi mumkin. YOllanma xodim mehnat bozorining asosiy xodimi hisoblanganligi uchun ham uning tushuncha va qarashlar tizimi shu bozorga muvofiq bo‘lishi kerak. Mehnat bozorida kishidan yuqori kasb-malaka darajasi, kasbiy qayta o‘qish, malakani oshirishga, zarur bo‘lganda, kasbni yoki ish joyini almashtirishga tayyorlik va layoqat talab etiladi. Faqat ijtimoiy va hududiy harakatchanligi yuqori darajada bo‘lgan kishiga o‘zi uchun mehnat bozorida yuqori raqobatbardoshlik darajasini ta’minlashga imkon berishi mumkin.



    1. Download 0,55 Mb.

      Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   17   18   19   20   21   22   23   24   ...   119




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish