Men tanlagan



Download 33,5 Kb.
Sana12.07.2021
Hajmi33,5 Kb.
#116585
Bog'liq
Men tanlagan(1)


Men tanlagan kasb

Reja:
1.Ustoz-o’qituvchi

2.O’qituvchi va uning jamiyatda tutgan o’rni

3.O’qituvchilik kasbi haqida bobolarimizning fikrlari

Haq yo’lida kim senga bir harf

o’qutmush ranj ila,

Aylamak bo’lmas ado oning haqin

yuz ganj ila.

Alisher Navoiy
Ustoz-o’qituvchi. Bu ulug’ nom, mag’rur jaranglaydi…

Ustoz ko’rmagan shogird har maqomga yo’rg’alar degan xalq maqoli bor.

Demak, jamiyatimizda, hayotimizda , turmushimizdagi barcha sohaning o’z ustasi, o’z ustozi, o’z murabbiysi, rahnamosi bor deganidir. U muhandismi, usta-duradgormi, shifokormi, bastakormi, haykaltaroshmi, rassommi unga dastlabki bilim, ko’nikma va malaka beruvchi, to’g’ri yo’l ko’rsatuvchi shaxs ustoz-murabbiy hisoblanadi.

O’zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim konsepsiyasida o’qituvchi-mutaxassisning vazifalari quyidagicha belgilandi:” Mutaxassis malakasi – chuqur umumiy bilim, keng dunyoqarash va kasb tayyorgarligi, kompyuter savodxonligi, o’z bilimini tezlik bilan yangilash va to’ldira olish qobiliyati singari omillardan tashkil topadi…Shular qatorida uning intizomi, mas’uliyat, o’z ishiga , mamlakati mustaqilligiga, Vatan va jahon taraqqiyoti yo’lida ezgulik va adolatga sadoqat tuyg’ularini ham tarbiyalash zarur…”

Bu vazifa va talablar boshlang’ich sinf o’qituvchisida , ayniqsa, to’la mujassamlashgan bo’lishi lozim. Zero, ilk bor qadam qo’ygan bola dunyoning , hayotning qonun va qoidalarini sir-asrorlarini o’qituvchidan o’rganadi. O’qituvchi esa bolaga o’z bilganini o’rgatadi. Agar bolani chuqur bilimli, e’tiqodli, madaniyatli qilib tarbiyalamoqchi bo’lsak, shu fazilatlar o’qituvchida mujassamlangan bo’lmog’i zarur.

O’qituvchi kasbiga xos bo’lgan muhim talablardan biri- bolalarni sevish, ularning hayoti bilan qiziqish, har bir shaxsni hurmat qilishdan iboratdir. Bolani sevgan, butun kuch va bilimini bolalarning kelajagi , ularni Vatanga sodiq fuqaro qilib tarbiyalashga safarbar qila oladigan insongina haqiqiy o’qituvchi bo’la oladi. Bolaga befarq, uning kelajagi bilan qiziqmaydigan, o’qituvchilik kasbiga loqayd inson haqiqiy o’qituvchi bo’la olmaydi.

Hayotda shunday ustozlar borki, ular jamiyat oldidagi burchlarini chuqur his etadilar, kasb-korlari, xizmat vazifalariga katta mas’uliyat bilan qaraydilar. Ular o’zlarining halol mehnatlari bilan o’z shuhratlarini oshiradilar , zafarlarga da’vat etuvchi mehnat tufayli hayotda o’z baxtlarini topadilar, o’z shogirdlariga o’rnak bo’ladilar.

Yurtboshimiz va davlatimiz tomonidan ustozlarga doimiy e’tibor va g’amxo’rlik ko’rsatilib kelinmoqda. 1997-yildan e’tiboran O’zbekiston Respublikasining “O’qituvchi va murabbiylar kuni” ni belgilash to’g’risida” gi qonuniga binoan , har yili 1- oktabr-O’qituvchi va murabbiylar kuni umumxalq bayrami sifatida nishonlanadigan bo’ldi. Bu voqea davlatimizda o’qituvchilarning jamiyatda tutgan o’rni naqadar yuksak ekanligidan dalolat beradi.Ilg’or o’qituvchilarga yuksak unvonlar, davlat mukofotlari berilmoqda, ularga mas’ul vazifalar ham yuklatilmoqda.

Sohibqiron bobomiz Amir Temur uch holatda zudlik bilan otdan tushar ekan:ustozini uchratib qolganida, non bo’laklarini yerda ko’rganida va qabriston yonidan o’tayotganida. Demak, Sohibqiron muallimlarga nisbatan juda hurmatda bo’lgan.

O’qituvchining mehnati haqida A. Navoiy:”Muallim ko’p mehnat va mashaqqat ila o’z shogirdiga ilm o’rgatadi. Shu jihatdan olganda bolalarda uning haqi ko’p. Agar shogird ulg’aygach, podshohlik martabasiga erishsa ham o’z muallimiga qulluq qilsa arziydi. Binobarin, shogird shayx ul-islom va qozilik darajasiga ko’tarilganda ham ustozi undan rozi bo’lsa, tangri ham rozi bo’ladi,”- deydi o’zining “Mahbubul- qulub “asarida.

Darhaqiqat , ustoz-murabbiylar shunday buyuk, ulug’ insonki, ulardan bir umr qarzdormiz.

Agar hayot bo’ston bo’lsa, bog’bon muallim,

Agar hayot oltin bo’lsa, zargar muallim,

Agar hayot karvon bo’lsa, sarbon muallim,

Agar hayot shoir bo’lsa, so’zi muallim,

Agar hayot dengiz bo’lsa, duri muallim,



Agar hayot uzuk bo’lsa, gavhar muallim,

Ilmu ma’rifatdan berguvchi ta’lim…
Download 33,5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish