Men baxtlarga qo'lim tutaman
Men baxtlarga qo'lim tutaman ,
Baxtlar menga quchoq ochadi.
Oq tonglarni intiq kutaman ,
Quyosh iliq mehrin sochadi.
Men gullarga ilhaq bo'laman ,
Gullar meni sarxush etadi .
Yomg'irlarga dilim ochaman ,
Ko'z yoshlarim yuvib ketadi.
Shamollarni quvsam , ergashib ,
Sochlarimni silab o'tadi .
Xayollarim bir zum chalkashib ,
Bolalikka olib ketadi.
Yalangoyoq chopgim keladi ,
Moviy dengiz qirg'oqlarida .
To'lqinlar mavj urib yeladi ,
Gul tutadi dudoqlarida .
Sirli kumush ko'zgu - hayotga ,
Nega qovoq uyishim kerak ?
Tabassum-la boqishi uchun ,
Men ham unga kulishim kerak.
Men baxtlarga qo'lim tutaman
, Baxtlar menga quchoq ochadi.
26-iyun 2020-yi
NamDU tabiiy fanlar fakulteti 103-guruh talabasi
Yo'ldoshaliyeva Muattar
Do'stlaringiz bilan baham: |