Yun tutaman, tutqanoq, quyonchiq bosh miyaning surunkali kasalligi; koʻpincha



Download 56 Kb.
Pdf ko'rish
Sana10.04.2022
Hajmi56 Kb.
#541066
Bog'liq
Epilepsiya - Vikipediya



Epilepsiya
Epilepsiya (yun. — tutaman), tutqanoq, quyonchiq — bosh miyaning surunkali kasalligi; koʻpincha
tirishish, hushdan ketish, bemor shaxsining oʻzgarishi, ayrim hollarda aqliy qobiliyatning susayib
borishi bilan kechadi (feʼlatvor oʻzgaruvchan, serjahl, ginaxon boʻlib qoladi va h.k.). Bosh miyaning
tutqanoq tutishiga nisbatan tugʻma yoki turmushda orttirilgan oʻta moyilligi, shuningdek, nasliy
tugʻma nuqsonlar, bosh va orqa miyaning yuqumli kasalliklari, jarohatlari, tugʻruq chogʻidagi
noxushliklar, endokrin omillar, nogahon qoʻrquv va h.k. E.ga sabab boʻladi. E. mustaqil kasallik
(genuin E.) yoki simptomatik (bosh miyaning yalligʻlanishi, oʻsmasi, shikastlanishi va boshqalar
oqibatida) boʻlishi mumkin. E. koʻp uchraydi. Aksari bolalik va oʻsmirlik davrida, baʼzan
keksayganda ham kuzatiladi. Katta va kichik tutqanoqlar E.ning asosiy belgisidir. Koʻpincha hech
bir sababsiz, baʼzan qattiq hayajon, horish va boshqalardan soʻng tutqanoq tutadi. Aksari
tutqanoq tutishidan avval bemor kayfiyati oʻzgaradi; serzarda yoki maʼyus boʻladi, boshi ogʻriydi,
lanj tortadi. Baʼzan hech qanday belgisiz, shuningdek, uyquda ham tutqanoq tutadi. Deyarli
koʻpchilik hollarda bevosita tutqanoq tutishidan oldin bir necha sekund davomida oʻtkir ruhiy
holat — aura (yun. aiga — "shabada esishi") yuz beradi. Bunda bemor oʻzini yomon his qiladi, boshi
aylanadi, eti uvishadi va h.k. Shuningdek, bemor koʻziga dahshatli manzaralar koʻrinishi, burniga
qoʻlansa, kuyundi hidlar kelishi, shovqinsuron eshitilishi va achchiq, shoʻr taʼm sezilishi mumkin.
Baʼzida bemor bu vaqtda bir xildagi harakatlarni takrorlayveradi; mas, ogʻzini chapillataveradi,
oldida turgan narsani yigʻaveradi yoxud bir joyda gir aylanadi, oʻz-oʻzidan yugurib ketadi va
boshqalar Auradan soʻng kuchli tutqanoq tutadi. Bemor hushdan ketib yiqiladi, soʻng
gavdasining barcha muskullari qisqarib (tonik talvasa) qoʻloyoqlari choʻziladi yoki bukilganicha
qotib qoladi, jagʻlarini mahkam qisib oladi (bunda bemor koʻpincha tilini tishlab oladi). Nafas
muskullarining qisqarishi tufayli bemor koʻkarib (ayniqsa, yuzi) ketadi, koʻz soqqalari orqaga
tortib, qorachigʻi kengayadi va nurdan taʼsirlanmaydi. Bir necha sekunddan soʻng bu holat gavda
muskullarining ritmik qisqarishi (klonik talvasa) bilan almashinadi. Bunda bemor boshini yotgan
yeridagi narsalarga uradi, ogʻzidan koʻpik chiqadi, 1—2 minutdan keyin asta-sekin tirishish tugab,
bemor nafas ola boshlaydi, rangi oʻziga keladi. Lekin bu vaqtda u yiqilgandagi shikastlar ogʻrigʻini
sezmaydi, chaqirsa eshitmaydi; koʻpincha oʻziga kelmay turib chuqur uyquga ketadi.


Uygʻonganidan soʻng hech narsani xotirlay olmaydi; darmonsizligi, shikastlanganligidan tutqanoq
tutganini biladi. Kichik tutqanoq, odatda, talvasasiz yoki kamroq talvasa (bolalarda) bilan oʻtib,
bir necha sekundda tugaydi. Bunda aksariyat bemor bir lahza eshushini yoʻqotib (mas, yurgan
boʻlsa birdan turib qoladi, gapirayotgan boʻlsa soʻz oʻrtasida toʻxtaydi va boshqalar), yana oʻziga
kelishi mumkin. E.da kichik tutqanoqlardan tashqari talvasasiz faqat ruhiy oʻzgarishlar — E.
ekvivalentlari ham kuzatiladi. Ayrim vaqtlarda ular aura kabi koʻproq qisqa muddatli ruhiy holatlar
tarzida oʻtadi. Bunda bemor hayot voqeligini idrok etolmay qoladi. E.da (ayniqsa genuin E.da)
sekin-asta bemor shaxsi (xarakteri) oʻzgarib, aqliy qobiliyati susayib boradi, yaʼni E.ga xos esi
pastlik kuzatiladi, bunda bemor toʻsatdan bajarayotgan ishini boshqa maqsadsiz tomonga
yoʻnaltiradi, mas, ishdan uyga qaytayotib boshqa joyga ketib qoladi, biror xat yozayotgan boʻlsa,
uning mazmunini (shaklini) buzib yuboradi va h.k. Bemor bir mavzudan ikkinchisiga, bir
mashgulotdan boshqasiga oʻtishga qiynaladi, qiziqish doirasi tor, atrofdagilarga kek saqlaydigan,
qasoskor, ichi qora yoki adolatgoʻy, nasihatgoʻy, boshqalari haddan tashqari sarishta, muloyim
boʻlib qoladi. Genuin E. surunkali kechib, avj olib boradi, bunda katta tutqanoqlar 1 yilda 1—2
marta yoki bir kunda bir necha marta ketmaket tutadi, baʼzan (yaʼni ketmaket tutganda) miyaga
qon quyilishi yoki miya va oʻpkaning shishishi, asfiksiya, ogʻir hollarda oʻlim yuz berishi mumkin.
Davosi: qatiy kun tartibi, parhez, mehnat bilan davolash va vrach tavsiya etgan
doridarmonlardan iborat. E.si bor bemorlar psixonevrologik dispanserlar nazoratiga olinadi.
[1]
1. 
Cite error: 

 tag defined in 

 has no name attribute.
Tibbiyotga
 oid ushbu maqola 
chaladir
. Siz uni 
boyitib, (https://uz.wikipedia.org/w/index.php?t
itle=Epilepsiya&action=edit)
 
Vikipediyaga
 yordam berishingiz mumkin.
"
https://uz.wikipedia.org/w/index
.php?
Manbalar


Soʻnggi tahrir 3 yillar avval Umarxon III tomonidan amalga oshirildi
Vikipediya
Matndan CC BY-SA 3.0  litsenziyasi boʻyicha
foydalanish mumkin (agar aksi koʻrsatilmagan
boʻlsa).
title=Epilepsiya&oldid=2041826

dan olindi

Download 56 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish