Men Abduxalilov Abdulaziz Ikromjon oʻgʻli 2004-yil 3-mayda Andijon viloyati Marhamat tumanida tugʻilganman.
Hozirda Toshkent axborot texnologiyalari universiteti 2-bosqich talabasiman.
2021-yil iyun oyida Najot Taʼlim markazida dasturlash kurslarining Foundation kurslarida kompyuter savodxonligidan saboq olganman. Darslarni Orasta Jovliyeva ustoz (https://t.me/the_important) olib borganlar. Darslarni muvaffaqiyatli oʻzlashtirganman.
2020-yildan buyon Telegram tarmogʻida bloglar yuritib kelaman.
Ular:
https://t.me/AbdulazizIkrom,
https://t.me/tuiterians2020,
https://t.me/KutubxonaElektron,
https://t.me/ilmxona.
Ayrim loyihalarim: 1. «Saodat asri muxlisi» tanlovi (https://t.me/KutubxonaElektron/1067)
3. Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi huzuridagi Maʼnaviyat va maʼrifat markazi tomonidan oʻtkazilgan “Til bilimdonlari” tanlovida respublika bosqichida faxrli 1-oʻrinni egalladim. Bu haqda vuz.uz saytida quyidagi maqola eʼlon qilindi: http://vuz24.uz/2021/01/18/til-bilimdoni-tanlovi-taassurotlarim (qandaydir sabablarga koʻra ayni vaqtda maqola mavjud emas ekan).
https://t.me/manaviyateduuz/997, https://telegra.ph/Ona-tilim-jon-u-dilim-yoxud-Til-bilimdoni-tanlovidan-olgan-taassurotlarim-01-16
4. Bundan tashqari Xalq taʼlimi vazirligining Fan olimpiadalari boʻyicha iqtidorli oʻquvchilar bilan ishlash departamenti umumtaʼlim maktablarining 10-11-sinf hamda akademik litsey va kasb-hunar kollejlari oʻquvchilari oʻrtasida informatika va axborot texnologiyalari fanidan oʻz bilimlarini sinab koʻrishlari uchun tashkil etilgan Respublika onlayn fan olimpiadasida Marhamat tuman xalq taʼlimi boʻlimi tasarrufidagi 32-umumtaʼlim maktabi oʻquvchisi sifatida qatnashib, faxrli 1-oʻrinni qoʻlga kiritdim. Bu haqida Andijon viloyati xalq taʼlimi boshqarmasi Telegram kanalida eʼlon qilingan: https://t.me/and_vxtb/4422.
5. «Hilol-Nashr» nashriyoti tomonidan tashkil etilgan «Kitobxonlik maktabi» loyihasida oʻquvchi sifatida ishtirok etaman va har tomonlama bilimlarimni oshirib boraman.
6. Anchadan buyon «Hilol-Nashr» nashriyotining ijtimoiy tarmoqdagi sahifalarini muntazam kuzatib boraman. Olgan foydalarimni bloglarim orqali obunachilarimga yetkazaman va bu orqali oʻzim uchun manfaatli deb bilgan narsamni ularga ham ulashaman (misol: https://t.me/AbdulazizIkrom/1024).
Mana shu post orqali ham bir odam boʻlsa-da jurnalga men sababli obuna boʻlganidan xursandman.
7. Kanalimda https://t.me/AbdullohOzod, https://t.me/IbrohimAbror va https://t.me/Muhammadaminsblog akalarga havas qilib men ham 30 kunlik kitob oʻqish chellenjini boshlab yuborganman (https://t.me/AbdulazizIkrom/952) va bu orqali ham hech boʻlmaganda bitta odamni mana shu chaqiruvga labbay deb chellenjga qoʻshilganini guvohi boʻlganman (https://t.me/Abduqayumov/148).
Ijtimoiy tarmoq marketingi, kitobxonlik, imlo qoidalariga boʻlgan qiziqishim, ayrim bilim va koʻnikmalarimni inobatga olib «Hilol-Nashr»ning bir qancha loyihalarida qatnashib kelayotgan tajribali mutaxassislar tomonidan yangi boshlanayotgan ijtimoiy loyiha uchun meni ham shogirdlikka olishingizni iltimos qilaman.