Men, 021 yil fevraldan 2021 yil 13 martgacha "Hamkorbank"atb yunusobod filialida tanishuv amaliyotni o’tadim


-mavzu. Amaliyot obyektining moliyaviy hisobotlari



Download 53,53 Kb.
bet5/6
Sana26.09.2021
Hajmi53,53 Kb.
#186105
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
Hamkorbank ATB

3-mavzu. Amaliyot obyektining moliyaviy hisobotlari

bilan tanishish

So'nggi ikki yilda tijorat banklarining umumiy kapitali 2 barobar ko'paydi. Bunda bank tizimini qo'llab-quvvatlash va rag'batlantirishga qaratilgan, uzoqni ko'zlab amalga oshirilgan siyosat o'z natijalarini berdi. Xususan, davlatimiz rahbarining 2005 yil 15 aprelda qabul qilingan "Bank tizimini yanada isloh qilish va erkinlashtirish chora-tadbirlari to'g'risida"gi farmoni hamda banklarning kapitallashuv darajasini oshirish, moliyaviy resurslardan samarali foydalanish uchun keng shart-sharoit yaratishga doir qator farmon va qarorlari bank sektorini isloh qilish va rivojlantirishning yaxlit dasturini amalga oshirish imkonini berdi. Tijorat banklarida naqd va naqdsiz pul muomalasi hamda hisob-kitoblarni unifikatsiyalangan shaklda tashkil etish, mahalliy ishlab chiqaruvchilarni rag'batlantiruvchi kredit tizimini yo'lga qo'yish, istiqbolli loyihalarni moliyalashni kengaytirish borasidagi sa'y-harakatlar ayniqsa global iqtisodiy inqiroz sharoitida o'zini to'la oqladi. O'tgan yilning o'zida yetakchi banklarning nizom jamg'armalarini oshirish uchun qo'shimcha ravishda 500 milliard so'mdan ortiq davlat mablag'lari ajratildi.

Mamlakatimizdagi banklarning kredit portfeli salmog'i va tarkibida jiddiy o'zgarishlar yuz berdi. Moliyaviy-iqtisodiy inqiroz davom etayotgan murakkab sharoitda banklarimiz tomonidan iqtisodiyotning real sektori korxonalarini faol qo'llab-quvvatlashga alohida e'tibor berilayotgani har jihatdan samarali bo'ldi. Joriy yil boshigacha jami kredit qo'yilmalari miqdori 8,5 trillion so'mdan oshdi. Banklarning investitsiya maqsadlariga yo'naltirilgan kreditlarining umumiy kredit portfelidagi ulushi qariyb 70 foizni tashkil etadi. Mazkur ko'rsatkich 2000 yilga nisbatan 14 barobar oshdi.
Tijorat banklarining kapitallashuvini oshirish bo'yicha ko'rilgan chora-tadbirlar natijasida 2016 yil yakunlari bo'yicha bank tizimining umumiy kapitali oldingi yildagiga nisbatan 20,2 foizga oshib, qariyb 9,4 trln. so'mni va kapitalning etarlilik darajasi ko'rsatkichi umumiy qabul qilingan xalqaro standartlardan deyarli 3 barobardan ziyodni tashkil qildi. Bank tizimi barqarorligining yana bir muhim ko'rsatkichi hisoblangan likvidlik darajasi 2016 yil yakunlari bo'yicha 64,4 foizni tashkil etdi va bu talab etiladigan minimal darajadan 2 barobar ortiqdir.
Respublikamiz bank tizimida kapital etarliligi va likvidlik darajasining yuqoriligi, aktivlari sifati va salohiyatining oshishi, o'z navbatida, iqtisodiyotda investitsion faollikni rag'batlantirish hamda chuqur tarkibiy o'zgartirishlar va infratuzilmani rivojlantirish bo'yicha loyihalarni moliyalashtirish imkoniyatlarini yanada kengaytirishga mustahkam zamin bo'lmoqda.
Tijorat banklarining umumiy kapitali 2017 yilning 1 yanvar holatiga ko'ra, 2016 yilning 1 yanvariga nisbatan 20,2 foizga oshib, qariyb 9,4 trln. so'mni tashkil etdi. 2016 yil davomida aktsiyadorlik-tijorat banklari tomonidan bank ustav kapitalini oshirish maqsadida 401,4 mlrd. so'mlik aktsiyalar inves¬torlar o'rtasida, shundan, 245,7 mlrd. so'mlik aktsiyalar nodavlat sektori o'rtasida joylashtirildi. O'zbekiston Respublikasi Prezi­dentining 2015 yil 26 oktyabrdagi «Banklarning kapitallashuv darajasini oshirish bo'yicha qo'shimcha chora-tadbirlar to'g'risida»gi PQ-2420-sonli Qaroriga muvofiq, 2016 yil davomida Tashqi iqtisodiy faoliyat milliy bankining ustav kapitaliga 75,0 mlrd. so'm, «Agrobank» ATB ustav kapitaliga 50,0 mlrd. so'm, «Mikrokreditbank» ATB ustav kapitaliga 25 mlrd. so'm va «Qishloq qurilish bank» ATB ustav kapitaliga 25 mlrd. so'mlik mablag'larning joylashtirilishi ta'minlandi. Shu bilan birga, O'zbekiston Res­publikasi Prezidentining 2015 yil 21 dekabrdagi «Aktsiyadorlik jamiyatlariga xorijiy investorlarni jalb qilish borasidagi qo'shimcha chora-tadbirlar to'g'risida»gi PQ-2454-sonli Qarori talablaridan kelib chiqqan holda tijorat banklari tomonidan bank ustav kapitalining 15 foizidan kam bo'lmagan qismini xorijiy inves­torlarga sotish yuzasidan o'tgan davr mobaynida zaruriy chora-tadbirlar amalga oshirildi. Xususan, ushbu qaror talablaridan kelib chiqib, Markaziy bankning «Banklarni ro'yxatga olish va ular faoliyatini litsenziyalash tartibi to'g'risida»gi Nizomiga tegishli o'zgartirishlar kiritildi1.
Bugungi kunda respublikamizda faoliyat yuritayotgan 12 ta tijorat bank­larining («KDB Bank O'zbekiston» AJ, «O'T-bank» AJ, ChEKI «Savdogarbank ATB, ChEKI «Hamkorbank» ATB, «Ipak Yo'li banki» AITB, «Asia Alliance Bank» ATB, «Orient Finans» XATB, «Madad Invest Bank» XATB, «Ravnaq-bank» XATB, «Kapitalbank» ATB, «Trastbank» XAB va «Invest Finance Bank» ATB) ustav kapitaliga Osiyo taraqqiyot banki, Xalqaro moliya korporatsiyasi, Koreya taraqqiyot banki, Gollandiya rivojlanish va taraqqiyot tashkiloti kabi moliyaviy tashkilotlar hamda boshqa xorijiy investorlarning ulushlari jalb etildi.

Tijorat banklarilining kapitali yetarligiga qo’yilgan talab bank kapitali hajmiga nisbatan yana zaxira kapitalning tashkil etilishi banklar ahvolini yanaga mushkul holatga solib qo’yadi. Bu holat jahon moliyaviy inqirozi natijasida yuzaga kelgan vaziyatdan kelib chiqib belgilanishi ko’zda tutilgan, lekin rivojlanayotgan banklar amaliyotining bu holatga tayyor emasligi ayrim muammolarning kelib chiqishiga sabab bo’lmoqda.

Tijorat banklari passiv operatsiyalari natijasida moliyaviy resurslari shakllantiriladi. Resurs ikki yirik manba: jalb qilingan mablag’lar va o’z mablag’laridan iborat. Resurslar bank balansining passivida hisobga olinadi. Tijorat banklari balansi passivining asosiy ulushini majburiyatlar (jalb qilingan mablag’lar) tashkil etib, ular jami kapital resurslari tarkibida 85-90 foizdan iborat bo’ladi2. Biz bilamizki, tijorat banklari aktiv operatsiyalarni amalga oshirishi uchun bankning passiv operatsiyalari barqaror bo’lishi kerak. Yuqorida ko’rganimizdek, tijorat banklarining passiv qismi ikki qismdan, ya’ni: majburiyatlar (jalb qilingan mablag’lar), o’z kapitallaridan iboratligini ko’plab iqtisodchi olimlar ham ta’kidlab o’tganlar.

Bank kapitali tahlilini ATB “Hamkorbank” ma’lumotlari misolida ko’rib chiqamiz.



Download 53,53 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish