Buxgalteriya balansi moddalarining likvidlilik bo’yicha turkumlanishi
Buxgalteriya balansi - xo'jalik yurituvchi korxonalarda har oyning birinchi sanasida xo'jalik mablag'larining turlari va tashkil topish manbalari bo'yicha iqtisodiy guruhlashtirish hisoblanadi. Buxgalteriya balansi jadval shaklida bo'lib, ikki qismdan iborat bo'ladi. Uning chap qismi passiv deb, o'ng qismi passiv deb ataladi.
Balansning aktiv qismida xo'jalik mablag'lari va ularning joylanishi aks ettirilsa, uning passiv qismida esa xo'jalik mablag'larning tashkil topish manbalari va tayinlanishi aks ettiriladi. Korxonaning har qanday mulki qaysidir manba hisobidan kelib tushadi. Shuning uchun buxgalteriya balansining aktiv qismi uning passiv qismining umumiy summasiga (valyuta balansiga) teng kelishi kerak. Balans so'zi (fr. balance – tarozi) tenglik, muvozanatlik ma'nosini anglatadi.
Buxgalteriya balansi yordamida korxonaning to'lov qobiliyati o'rganiladi, ya'ni korxona o'zining joriy aktivlar bilan joriy qarzlarini to'lash qobiliyati aniqlanadi. Buxgalteriya balansining tengligini quyidagi tenglama ko'rinishida berish mumkin: Aktiv = Passiv, bunda, passiv xususiy kapital va majburiyatlardan iborat. Aktivlar = xususiy kapital + majburiyatlar Bu tenglik buxgalteriya hisobining fundamental asosi bo'lib hisoblanadi. Balansning bir qancha turlari mavjud:
Balansning bir qancha turlari mavjud: - joriy balans – har oy yoki chorakda tuziladi; - yillik balans – yil yakuni bo'yicha tuziladi; - kirish balansi – yangi tuzilgan korxona tomonidan birinchi marta tuziladigan balans; - tugatish balansi – korxona tugatilishida tuziladigan oxirgi balansi; - yig'ma balans – vazirlik, idora, konsernlar tomonidan alohida tuzilgan balanslarni umumlashtirish natijasida tuziladi;
- umumlashgan balans – alohida balansga ega bo'lgan, iqtisodiy jihatdan bir-biri bilan bog'liq bo'lgan yuridik shaxslarning balansini bosh korxona tomonidan umumlashtirish natijasida tuziladigan balans; - balans-brutto «Asosiy vositalarning eskirishi», «Nomoddiy aktivlarning amortizasiyasi», «Savdo ustamasi», va «Shubhali qarzlar bo'yicha rezervlar» kontraktiv schetlarini o'zida qamrab turuvchi balans; Shunday qilib, brutto balansda asosiy vositalar balansining aktivlida, ularning eskirishi passivida aks etiriladi. Netto balansda esa, bu moddalar faqat balansning aktiv qismida aks ettirilib, asosiy vositaning qoldiq qiymati (asosiy vositaning boshlang'ich qiymatidan eskirish summasini ayrib tashlash natijasida) aniqlanadi va balans valyutasiga qo'shiladi. Hozirigi kunda O'zbekiston Respublikasida moliyaviy hisobotning xalqaro standartlariga mos keladigan balans-netto shakli tuziladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |