Moliyaviy natijalar to'g'risidagi hisobot tahlili
№
|
Ko'rsatkichlar
|
2019-yil 3-chorak (ming.so'm)
|
2020-yil 3-chorak (ming.so'm)
|
O'zgarish
|
O'sish foizda +,-
|
1
|
Foiz shaklidagi daromadlar
|
1 043 266 976
|
1 194 368 779
|
151 101 803
|
14,48
|
2
|
Foiz shaklidagi xarajatlar
|
641 524 944
|
711 231 501
|
69 706 557
|
10,87
|
3
|
Aktiv bo`yicha kutilayotgan zararni baholash bo`yicha bo`lgan foizli daromadlar
|
401 742 032
|
483 137 278
|
81 395 246
|
20,26
|
4
|
Foizsiz daromadlar
|
414 826 822
|
486 625 862
|
71 799 040
|
17,31
|
5
|
Foizsiz xarajatlar
|
157 157 675
|
180 314 100
|
23 156 425
|
14,73
|
6
|
Operatsion xarajatlargacha bo`lgan foyda
|
551 326 240
|
592 001 062
|
40 674 822
|
7,38
|
7
|
Operatsion xarajatlar jami
|
287 040 687
|
312 228 149
|
25 187 462
|
8,77
|
8
|
Soliq va boshqa to'lovlargacha bo'lgan foyda
|
259 711 513
|
279 772 913
|
20 061 400
|
7,72
|
9
|
Sof foyda
|
207 547 248
|
225 776 170
|
18 228 922
|
8,78
|
4-mavzu. Amaliyot obyektining istiqboldagi rivojlanish yo`nalishlarini o’rganish
Bankning strategik maqsadi Respublika moliya bozoridagi etakchilik mavqeini hamda yillar davomida to’plangan boy tajribani saqlab qolishga qaratilgan. 2016 yilda “Hamkorbank ”ATB o’z faoliyatini yangi istiqbolli loyihalarni amalga oshirishga, xizmatlar sifatini yuksaltirishga, taklif etila yotgan xizmat turlarini bank mijozlari uchun qulay va manfaatli tarzda kengaytirishga, ishlab chiqarishni modernizasya va diversifikasya qilish jara yonlarida faol ishtirok etishga yo’naltiradi.
Bank rivojlanish strategiyasi:
Xalqaro standartlarga muvofiq bankning kapitallashuv, barqarorlik va likvidlilik darajalarini yanada oshirish.
Bank aktivlari, jumladan kredit portfelini yanada o’stirish va sifatini yaxshilash, xatarlarni baholash tizimini takomillashtirish.
Jozibador omonatlarni joriy qilish va doimiy ravishda yangilab borish orqali aholi va xo’jalik yurituvchi sub’ektlari bo’sh pul mablag’larining bank depozitlariga jalb qilinishini rag’batlantirish.
Yangi ishlab chiqarishlarni tashkil qilish, korxonalarni modyrnizaciya qilish, texnik va texnologik jihatdan qayta jihozlash bo’yicha investiciya loyihalarini uzoq muddatli kreditlash mexanizmlarini, investiciya va kredit siyosatini yanada takomillashtirish.
Kichik biznes va xususiy tadbirkorlik vakillarini moliyaviy qo’llab-quvvatlash orqali “Sog’lom ona va bola yili” Davlat Dasturini amalga oshirishda ishtirok etish.
Strategik investorlarga sotish maqsadida Bank balansiga qabul qilingan iqtisodiy nochor korxonalar faoliyatini tiklash.
Aholi va xo’jalik sub’ektlariga ko’rsatilayotgan moliya-bank xizmatlari hajmi va turlarini kengaytirish.
Moliya-bank hisobi va hisobotini yuritish bo’yicha bankda zamonaviy texnologiyalar va uslublarni ishlab chiqish hamda amalga joriy qilish, moliya-bank va kredit axborotlari sifati darajasini oshirish, undan keng ommaning foydalanishini ta’minlashga qaratilgan.
“Hamkorbank ”ATB Respublika moliya sohasida eng jadal rivojlanayotgan muassasalardan biri sifatidagi maqomi saqlanib qolayotganligi va tobora mustahkamlanayotganligi, bank faoliyatining universalligi, keng mijozlar bazasi, zamonaviy texnologiyalardan foydalanish, filiallar tarmog’ining rivojlanganligi va kapitallashuv darajasining yuqoriligi – bularning barchasi tayanch tarmoqlar korxonalari va tadbirkorlar moliyaviy faoliyatini yanada yaxshilashga hamda ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish dasturlarini to’liq bajarishga xizmat qiladi.
Bankning strategik rivojlanishi haqida ma'lumot:
1.Bankning strategik maqsadlari:
- Bankning bozordagi mavqeini mustahkamlash;
- Chakana xizmatlar hajmi bo‘yicha moliya bozorida yetakchiga aylanish;
- Bank faoliyati samaradorligini oshirish.
2.Strategik vazifalar:
Barqaror resurs bazasini shakllantirish va diversifikatsiya qilish;
Bank likvidligini samarali boshqarish;
Masofaviy xizmat ko‘rsatish tizimini rivojlantirish va raqamli bankni joriy qilish;
Kredit hamda valyuta amaliyotlari samaradorligini oshirish;
Barcha sotish kanallarining samaradorligini ta’minlash;
Ichki nazorat tizimini takomillashtirish;
Samarali sotish tizimini yaratish;
Harajatlarni tizimli boshqarish va optimallashtirish;
Biznes jarayonlarni avtomatlashganlik darajasini oshirish;
Mehnat unumdorligi va xodimlar samaradorligini oshirish;
Xayrixohlik darajasi yuqori bo‘lgan professional jamoani shaklllantirish.
3.Bank missiyasi
Ishonchli hamkor sifatida yuqori sifatli va texnologik bank mahsulotlari va xizmatlarini taqdim etish yo'li bilan mijozlar ehtiyojlarini maksimal darajada qondirish.
4.Bank istiqbollari
«Hamkorbank» ATB mijozlarga sifatli xizmat ko'rsatishda eng yaxshi banklardan biriga aylanishga intiladi, bank biznesini barqaror ravishda rivojlantiradi, mijozlar, sheriklar va barcha manfaatdor shaxslar bilan birgalikda o'z oilasi va butun mamlakat foydasiga takomillashib borishga intiladi.
Bank xizmatlarining iste’molchilari bankni va bank xizmatlarini tanlashda erkindir. Banklar iste’molchining talabiga binoan unga bank xizmatlarini ko‘rsatish shartlari bilan tanishish imkoniyatini taqdim etishi shart.
Bank qaysidir bank maxsuloti yoki xizmatidan foydalanish sharti sifatida bankning boshqa xizmatlarini yoki boshqa 3 - shaxs xizmatlaridan foydalanishga majbur qilmasligi kerak.
«Banklar va bank faoliyati to‘g‘risida»gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuni, 65 - modda)
To'liq nomi: Chet el kapitali ishtrokidagi "Hamkorbank” aksiyadorlik tijorat banki
Qisqartirilgan nom: "Hamkorbank" ATB
Manzili: Andijon sh., Bobur shoh ko’chasi, 85
ish vaqti: 09:00 – 17:00
Aloqa markazi: 0 800 1 200 200
Ishonch telefoni: (0371) 150-91-22
Veb sayt: www.hamkorbank.uz
Elektron pochta: contact@hamkorbank.uz
Do'stlaringiz bilan baham: |