ФИО автора: Sobirova Nasiba Aliyor qizi TDPU Musiqa ta’limi va san’at yo‘nalishi 1-bosqich magistranti
Название публикации: «KO‘RISHDA NUQSONI BOR BOLALAR VA MUSIQA FANI»
Annotatsiya: Ushbu maqolada ko‘rishda nuqsoni bo‘lgan bolalar hayotida musiqa fanining muhim ahamiyat kasb etishi izohlab berildi.
Kalit so‘zlar: musiqa, ritm, dinamika, oktava, nota, brayl yozuvi;
Musiqa – har bir inson hayotida o‘z o‘rniga ega, shaxs sifatida rivojlanishida muhim ahamiyat kasb etadigan san’at turidir. Har bir insonni ma’naviy shakllanishida oilani, maktabni, jamiyatni ahamiyati katta bo‘lgani kabi, musiqaning ham o‘rni beqiyosdir. Insonning insoniylik xususiyatlari kamol topishida nafaqat tarbiyaning ko‘plab omillari, xususan, musiqa tarbiyasi alohida o‘rin tutadi. Musiqa tarbiyasi nafosat tarbiyasining asosiy va murakkab qirralaridan biri bo‘lib, insonni atrofidagi go‘zal narsalarni to‘g‘ri idrok etishga va qadrlashga o‘rgatadi. Musiqa inson ruhiyatiga kuchli ta’sir ko‘rsatish imkoniyatiga ega bo‘lib, uni nafosat olamiga olib kirish va go‘zal tarbiyaning muhim vositasidir. Musiqa insondagi yuksak didni shakllantiradi va unga ma’naviy ozuqa beradi.
Har qanday san’atkor yoki shaxs maktabda musiqa va san’atga oid darslarini pedagogik jihatdan olib bora olmaydi. Pedagog sifatida musiqa o‘qituvchisi pedagogika, psixologiya, bolalar fiziologiyasi, musiqa o‘qitish va metodikasi hamda o‘z musiqaga doir barcha nazariy bilimlarni, fanlarini puxta o‘zlashtirgan bo‘lishi kerak. Musiqa o‘qituvchisi avvalo, o‘z kasbiga va bolalarga mehr qo‘ygan, yuksak estetik didli, madaniyatli, keng dunyoqarashga ega inson bo‘lishi lozim. Xalqimiz ham azaldan kuy va qo‘shiqqa bejizga mehr qo‘yishmagan. Bolalar qalbiga tez yo‘l topa olish, uning ruhiyatga ijobiy ta’sir ko‘rsatish, yaxshi xulq va odob, mehr oqibat, sabr- toqat, kattalarga hurmat fazilatlarini musiqa orqali shakllanishini azaldan anglab yetgan. Bola musiqa bilan ona allasi orqali tanishib, musiqadan dastlabki ma’naviy ozuqani oladi. Chunki bola hali yurishni, so‘zlashni bilmay turib, Musiqadan ozuqa
olish uchun esa, insonning fitrati toza, sof qalb egasi, yuksak ma’naviyatli, go‘zallikni his eta oladigan inson bo‘lishi kerak.
Sharqning buyuk mutafakkir olimlari, shoir-u faylasuflari ham musiqa, san’at haqida o‘zlarining asarlarida juda chiroyli fikrlarni, mulohazalarni bayon etishgan. Xususan, Forobiy fikricha: “Musiqa – nodir san’at, ezgulikka yetaklovchi kuchdir” , “Kimki ilm hikmat o‘rganmoqchi bo‘lsa, avvalo o‘zi ma’naviy barkamollika erishmog‘i lozim”- deydi Abu Rayhon Beruniy. Abdulla Avloniy ham shunday degan edilar: “Tarbiya qiluvchilar tabib kabidirlar. Tabib hasta insonning badanidagi kasallikni davolagani kabi, musiqa fani o‘qituvchisi ham bolani musiqa orqali, aqliy rivojiga diqqat markaziga ta’sir etib, ularda poklik, vijdon, sadoqat, mehr, kattalarga hurmat, Vatanga muhabbat kabi tuyg‘ularni tarbiyalaydi”. So‘z mulkining sultoni Hazrat Alisher Navoiy o‘z asarlarida musiqa haqida shunday deydi: “Musiqa jamiyat hayotining muhim negizidir.
Xususan, ko‘rish qobiliyati cheklangan bolalarni tarbiyalashda, ulardagi musiqiy qobiliyatlarni shakllantirishda bir qator o‘ziga xos xususiyatlar mavjud. Muammo shundaki, ko‘zi ojiz o‘quvchining musiqiy ta’lim jarayoni uning butun fiziologik, psixologik rivojlanish xususiyatlarini hisobga olgan holda qurilishi kerak. Musiqiy matnni taktil idrok etish bilan to‘la-to‘kis tomosha qilishning mumkin emasligi, sohada bir qator ishlar qilish kerakligiga zamin yaratadi. Oddiy musiqiy nota – bu bir vaqtning o‘zida qabul qilinadigan musiqiy ifoda vositalari va xarakteristikalar majmuasidir: balandlik, dinamik, metro ritmi, uyg‘unlik, to‘qima. Ayni shu jihat ko‘rishda nuqsoni bor bolalarga musiqa asbobida notalarni o‘rgatish bilan bog‘liq bir qator qiyinchililarni vujudga keltirishi aniq. Ular o‘z navbatida oktava, nota, notaning davomiyligi va boshqalarni ko‘rsatadigan belgilarni tasavvur orqali idrok etadi va qabul qiladi. Bundan tashqari, brayl yozuvlari tizimida notalarning balandlikdagi grafik tasviri mavjud emas. Har qanday oktavadagi har bir nota bir xil yozilgan va faqat oktav belgisi ma'lum bir notaning o‘rnini bildiradi. Shuning uchun kuyning yo‘nalishini bir butun sifatida tushunish deyarli mumkin emas. Ko‘zi ojizlardan uni o‘zlashtirish uchun yaxshi rivojlangan fikrlash, xotira, har xil musiqiy elementlarni doimo tahlil qilish va taqqoslash qobiliyati talab etiladi.
Xulosa qilib aytadigan bo‘lsak, faqat musiqagina odamning qalbiga tiniqlik, mutanosiblik va o‘z-o‘zidan qanot tuyg‘usini olib kiradi va uni baxtiyor qiladi. Shunday ekan, musiqa inson his – tuyg‘ularini, orzu -istaklarini o‘ziga xos badiiy tilda ifoda etadi va bolaning hissiyotlariga faol ta’sir ko‘rsatadi. Musiqa jonli san’at turi sifatida davr, zamon, hayot, tabiat va inson his – tuyg‘ularini aks ettiradi. Tibbiyot, psixologik ilm nuqatai nazaridan qaralganda ham bu fan – tana, qalb va ruh sog‘lig‘i uchun foydalidir.
FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR
G.M.Sharipova, D.F.Asamova, Z.L.Xodjayeva. Musiqa o‘qitish nazariyasi metodikasi va maktab repertuari. Toshkent – 2014-yil, 108 b.
M. Razzoqova. Akademik xonandalik asoslariga kirish. Musiqa nashriyoti. Toshkent – 2014. 164 b.
V.S.Raxmanova. “Maxsus pedagogika”. -T.: G‘afur G‘ulom nashriyoti. 2004 y.
Do'stlaringiz bilan baham: |