Sotsiobiologik yondashuv. Bu yondashuv tarafdorlari evolutsion nazariya tarafdorlaridan farqli, tabiiy tanlash jarayonini tushuntirishda o‘ziga xos asoslarni taklif qiladilar, ularning asosiy fikriga ko‘ra inson xulq-atvorida genlarning ta’siri kattadir, ya’ni agressiv xulq insonning boshqa avlodlarida ham saqlanib qolishi ta’minlanadi.Agressiv xulqdagi individlar begonalarga zarar yetkazish uchun har qanday vaziyatdan foydalanadilar . Agressiyaning foydali jihati shuki, u mazkur individumni genetik yaroqligini oshiradi. Agressiv raqobatning biron-bir turini o‘limga olib kelsa, bu turda genetik layoqatlilikni oshirish imkoni bo’lmaydi. Shunga asoslangan holda ijtimoiy biologlar quyidagi fikrni ilgari suradi: agressivlik - individumlarning mavjud resurslardan o‘z hissasini olish vositasi bo‘lib, o‘z o‘rnida bu resurslar tabiiy tanlashda (asosan, genetik darajada) omad olib keladi.
Ijtimoiy yondashuv. Bu nazariya A.Bandura tomonidan taklif etilgan. Uning fikricha agressiv xulq-atvorni tahlil qilish uchun turli vaziyatlar mavjud, bular: 1.Bunday harakatni uqib olish usullari.
2.Ularni yuzaga chiqarish uchun qayrovchi omillar. 3.Ularning mustahkamlanib qolish uchun shart-sharoitlar.
Shu sababdan bunda katta e’tibor o’qitishga, ijtimoiylashuvning birinchi vositasi bo’lgan ota-onalarning bolalarni agressiv xulq-atvorini o‘zgartirish uchun ta’siriga qaratiladi. Xususan, shu narsa isbotlanganki, ota-onaning xulq-atvori agressiya modeli bo’lib xizmat qilishi mumkin, ya’ni odatda agressiv ota-
onalardan agressiv farzandlar dunyoga kelishi mumkin. Bu nazariyaga ko’ra agressiv harakatlarning ba’zilar tomonidan masalan, insonning do‘sti tomonidan “yasha, boplading” –deb quvvatlanishi bunday harakatning kelgusida ham qaytarilish ehtimolini oshiradi [3].
Frustratsiya nazariyasi. Dj.Dollard tomonidan taklif etilgan bu nazariyaga ko‘ra agressivlik situativ jarayon sifatida qaraladi. Masalan, faraz qiling, siz viloyatdan kelib o‘qiyotgan talabasiz. Bir oydan buyon uyingizga bora olmayapsiz, bugun darsdan so’ng siz viloyatingizga, oilangiz bag’riga qaytmoqchisiz. Darslar ham tugadi, endi ketmoqchi bo‘layotganingizda guruh yetakchisi kelib bir yarim soatga qolishingizni, shoshilinch muhokama qilinishi lozim bo’lgan masala borligini aytdi. Guruh yig’ilishi tugagach intizorlik bilan kutgan uyingiz tomon shoshganingizda uyga eltuvchi poyezdning jo’nab ketkanini bildingiz. Mana shu jarayonning o‘zi ham agressiyaga sabab bo’lishi mumkin. Frustratsiyalar ketma- ket sodir bo’lganda ularning kuchi bir-biri bilan qo’shilib, katta kuchdagi agressiv reaksiyaning yuzaga chiqishiga olib keladi. Bundan tashqari organizmdagi og‘riq va frustratsiya ( maqsadga erishish yo‘lida to‘siq paydo bo’lishi ) ko’pincha tushkunlik va adovat hissini keltirib chiqarishi va buning ortidan agressiya yuzaga kelishi olimlar tomonidan tasdiqlangan. Agar frustratsiya qo‘rquv yoki ikkilanish tufayli kelib chiqqan bo‘lsa shaxs alamini (agressiyasini) ko’pincha boshqalardan oladi. Bu holat fanda “agressiyani chiqarib yuborish” fenomeni deb ataladi.
Adabiyotlar
Бандура А. Агрессия: социальный анализ изучения. - Нью-Йорк:
«Englewood», - 2002. – 342с.
Бонеева М.И. Социальные нормы и регуляция поведения. – М.: «Наука», 1998. -309 с.
N.Ismoilova, D.Abdullayeva “Ijtimoiy psixologiya” -TOSHKENT: 2013, 130-b
Do'stlaringiz bilan baham: |