ФИО автора: Aminbayeva Bayansulu Maxsetbay qizi
UrDU Psixologiya mutaxassisligi magistranti
Название публикации: «TURLI NAZARIYALARDA AGRESSIYA TUSHUNCHASI»
Annotatsiya: Ushbu maqolada agressiya tushunchasi o‘rganilgan. Xususan, turli nazariyalarda agressiyaning paydo bo‘lishi, kelib chiqish sababi, uning oqibatlari, agressiyani namoyon qiluvchi omillar, agressivlik nafaqat shavqatsizlik balki inviduumning yashash uchun kurashi davomida me’yoriy reaksiya ekanligiga alohida e’tibor qaratilgan.
Аннотация: В данной статье исследуется понятие агрессии. В частности, различные теории акцентируют внимание на возникновении агрессии, ее причинах, ее последствиях, факторах, проявляющих агрессию, агрессия является не только жестокостью, но и нормативной реакцией в ходе борьбы индивида за выживание.
Abstract: This article explores the concept of aggression. In particular, various theories focus on the emergence of aggression, its causes, its consequences, the factors that manifest aggression, aggression is not only cruelty but also a normative reaction during the struggle of the inviduum for survival.
Agressiya lotin tilidagi “agressio” so’zidan olingan bo‘lib tajovuz, hujum degan ma’noni bildiradi. Agressiyani his-tuyg‘u, sabab yoki ustanovka sifatida emas, axloqning modeli sifatida ko‘rib chiqish lozim. Agressiya atamasi ko‘pincha g‘azab kabi salbiy tuyg‘ular, haqorat qilish yoki zarar yetkazishga intilish kabi sabablar, hatto irqiy yoki etnik bid’at kabi salbiy ustanovkalar bilan qo‘shiladi [1]. Agressiv shaxs o‘z harakati yo‘naltirilgan shaxsni yamon ko‘rishi xatto shunchaki xush ko‘rmasligi shart emas. Ko‘pchilik salbiy munosabatda bo‘lgan odamidan ko‘ra ko‘proq ijobiy munosabatdagisiga azob beradi. Salbiy his-tuyg‘ular, sabab va ustanovka har doim ham boshqalarga to‘g‘ridan-to‘g‘ri tashlanish bilan bormaydi, shuning uchun agressiya atamasini alohida ko‘rib chiqish zarur. Bunday majmuaviy ta’rif quyidagi xususiy holatni o‘z ichiga oladi:
Agressiya qurbonga, albatta, ataylab, maqsadli yo‘naltirilgan zarar yetkazishni ko‘zda tutadi.
Agressiya sifatida faqatgina tirik organizmga zarar yetkazishni yoki shikast yetkazishni ko‘zda tutuvchi axloq ko‘rib chiqilishi mumkin.
Qurbonlar o‘zlari bilan shunga o’xshash munosabatdan qochish motivatsiyasiga ega bo‘lishlari zarur [2].
Agressiv xulq-atvorni har tomonlama tushuntirib beruvchi nazariyalar mavjud bo’lib, ularning har biri agressya va uni keltirib chiqaruvchi omillarni batafsil tushuntirib beradi. Ularni umumlashtirgan holda quyidagicha tasniflash mumkin:
Psixoanalitik yondashuv
Etologik yondashuv
Sotsiobiologik yondashuv
Ijtimoiy yondashuv
Frustratsiya nazariyasi
Do'stlaringiz bilan baham: |