Международный научно-образовательный



Download 3,95 Mb.
bet21/208
Sana20.07.2022
Hajmi3,95 Mb.
#825858
TuriСборник
1   ...   17   18   19   20   21   22   23   24   ...   208
    Bu sahifa navigatsiya:
  • Kalit
ФИО автора: Ismoilova Gulshanoy Alijonovna
Namangan davlat universiteti, «Geografiya o’rganish obyekti» yo’nalishi 1-kurs magistranti
Название публикации: «JANUBIY FARG'ONA HUDUDINI TUPROQ- MELIORATIV REGIONLASHTIRISHNING O’ZIGA HOS XUSUSIYATI»


Annotatsiya: Fargʻona vodiysi shimolda Chotqol va Quramin togʻlari, janubda Oloy va Turkiston togʻlari, sharqda Fargʻona togʻlari bilan oʻralgan chuqur tektonik chuqurlikdir.
Vodiy gʻarbdan Mirzachoʻl tekisligi, kengligi 8—10 km boʻlgan ochiq maydon bilan chegaralangan. Fargʻona kаnlarining uzunligi 300 km, eni 150-160 km. Vodiyning markaziy qismida Markaziy Fargʻona choʻli va Sirdaryoning ayvonlari joylashgan.
Oʻng qirgʻoqda Sirdaryoning terrasalari yaxshi shakllangan. Norin va Qoradaryoning qoʻshilishida ular katta qalinlikdagi, mayda donador oqim bilan qoplangan kuchli yirik jinslar konlarini hosil qiladi. Sirdaryo qirgʻoqlarida subaral deltalarni koʻrish mumkin.
Kalit so‘zlar: tuproq, sug‘orish, Farg‘ona vodiysi, hudud, sho‘r, qum, o‘tloq, yer.
Farg‘ona vodiysining janubiy qismining umumiy maydoni 680 ming gektar bo‘lib, shundan 3,012 ming gektar sug‘oriladigan, 9,4 ming gektar yer meliorativ hisoblanadi. Vodiyning janubiy qismi va adirlar bilan oʻralgan hududning asosiy qismi serozem zonasiga, choʻkindilarning markaziy qismi esa cho1 zonasiga toʻgʻri keladi va muzli tuproqlar, oʻtloqlar, qamishzorlar, shoʻrxoklar, qumtepalar, botqoqliklar bu mintaqa uchun xos.
Sug‘oriladigan va sug‘orish mumkin bo‘lgan to‘q tusli bo‘z tuproqlar maydoni uncha katta emas. Ular Qoradaryo terrasalarida, 0 ‘zgen cho‘kmasida, eski Novkat cho‘kmasida, Kugart va Podshoota daryolarining yuqori terrasalarida tarqalgan. Bu tuproqlar 1000—1200 m nisbiy balandlikda tarqalgan. Bular sho‘r emas, sizot suvlari chuqurda, har xil chuqurlikdagi toshlar, prolyuvial yotqiziqliklar, lyosslar ustida hosil
bo‘lgan. Bu maydonlardagi introzonal ko'rinishdagi o ‘tloqi, o‘tloqi-bo‘z, botqoq- o'tloqi tuproqlari ham sho‘rlanmagan. Bunga sizot suvlarining chuchukligi sabab boia oladi.
Farg'ona cho‘kmasining katta maydoni tipik bo‘z tuproqlar bilan qoplangan bo‘lib, sug‘oriladigan yerlarning asosiy qismini tashkil qiladi. Bu tuproqlar daryoning o‘ng sohilida 800—1000 m, ayrim hollarida 1200 m, chap sohilda esa 600—1000 m nisbiy balandliklarda joylashgan.
Shohimardonsoy, Isfayramsoy, Podshoota, Kosonsoy, Oqbo‘yralarning yuqori terrasalari tipik bo‘z tuproqlar bilan qoplangan. Hozirgi kunda tipik bo‘z tuproqlarning deyarli hammasidan sug'orma dehqonchilikda foydalaniladi. Bu tuproqlar nisbatan yaxshi fizik-kimyoviy xossalarga ega.
Bo‘z tuproqlar tarqalgan maydonlardan «Savay» shirkat xo'jaligi yerlarida L.P.Rozov tomonidan sho‘rtob tuproqlar borligi aniqlangan.
Hozirgi kunda tipik bo‘z tuproqlar tarqalgan maydonlarda sho‘rtob tuproqlarni topish qiyin, chunki sug‘orish natijasida hosil bo‘lgan C a(H C 03) , va C aS04 lar tuproqlarni o ‘zini o ‘zi melioratsiyalashga majbur qilgan, ya’ni singdirilgan Na esa Ca ga almashingan.
Tuproqlarning o ‘z-o ‘zini melioratsiyalash jarayoni bo‘z tuproqlar mintaqasida beda, g‘o‘za, makkajo‘xori almashlab ekish tizimida, yuvuvchi suv tartibotida kuchayadi, ya’ni tezlashadi.
Sizot suvlari tarkibida magniy va kalsiy ionlarining miqdorlari ko‘p bo‘lsa, u holda tuproqning ma’lum chuqurliklarida zichlashgan arzik va sho‘rxokli qatlamlar hosil bo‘ladi. Buning sababini nisbatan sovuq minerallashgan sizot suvlarining kapillarlar bo‘ylab ko‘tarilishi va bu jarayonning isishi hisoblanadi. Ayrim hollarda sho‘rxokli qatlamlar ustida magniy karbonat miqdori ko‘payadi va o‘sayotgan o‘simlikning hayot faoliyatiga, o‘sishi va rivojlanishiga salbiy ta’sir ko‘rsatadi. O‘simliklarning nobud boiishiga ham olib kelishi mumkin.
Tuproqning sho‘rlanishi sizot suvlarining ko‘tarilishi va bu ko‘tarilish ma’lum bosimli bo‘lganda sodir bo‘lishi ma’lum.
Ko‘pchilik konus yoyilmalarida ularning chekka qismlari, tuproq sho‘rlanadi. Aravonsoy yoyilmasida ham shu hodisa o‘z o‘rnini topgan, lekin sizot suvlari endi adirlar o ‘rtasida tirkalma bosimli bo‘lib qolgan.
Vodiyda, bo‘z tuproqlar mintaqasida tarqalgan tuproqlarning hamma tip va tipchalarni uchratish mumkin.
Bu tuproqlar konus yoyilmalarida shakllangan bo‘lib, katta qismi o‘zlashtirilgan.
Vodiyning markaziy qismida sho‘rxoklar, turli darajada sho‘rlangan o ‘tloqi, soz tuproqlar, qumlar, sur tusli qo‘ng‘ir tuproqlar va boshqalar joylashgan.
Sho‘rxoklarning kattagina qismi sholi ekish va boshqa meliorativ yo‘llar bilan o‘zlashtirilgan. Sholi o‘simligi ekish yoii bilan o‘zlashtirish yaxshi natijalarga olib kelgan. Bunda sholidan yaxshi hosil olinadi. Yerlarning sho‘rlik darajasi keskin pasayadi.
Masalan: A.M.Rasulov ma’lumotlariga ko‘ra, 1 metrli tuproq qatlamida sholi ekishdan oldin tuzlarning umumiy miqdori 6,6%, 2 m li qatlamda 3,3% bo‘lgan.
Sholi ekishdan oldingi sho‘r yuvish ishlaridan keyin lm li 94 qatlamida 1,68%, 2 m li qatlamida 3,9% bo‘lgan. Kuzgi kuzatish ishlari sholini yig‘ib olgandan keyin olib borilgan. Uning natijasiga ko‘ra 2 m li qatlamda tuzlarning umumiy miqdori 1% ni tashkil qilgan. Keyingi yilning erta bahorida bu qatlamdagi tuzlarning miqdori 0,89% bo‘lgan, ya’ni qishki, kuzgi yog‘inlar ta’sirida yuvilish kuzatilgan. Ikkinchi yili sholi hosili yig‘ib olingandan keyingi ma’lumotlar yanada kichik raqamlarni tashkil qiladi. Birinchi yili 8,5 sr/ga hosil olingan bo‘lsa, ikkinchi yili 15,2 sr/ga sholi olingan.
Demak, har xil sho'rxoklarni davolovchi gidromeliorativ chora- tadbirlarga qo‘shib agromeliorativ usullardan foydalanish yaxshi natija beradi, ya’ni yerlarning sho‘ri yuviladi.
Tuproq-meliorativ rayonlashtirish vodiy hududida litologik, geomorfologik tuproq sharoitlari hisobga olingan holda bir necha tuproq-meliorativ rayonlar (tumanlar) ajratiladi.

  1. Tog‘oldi qiya tekisligi. Bu maydon yotqiziqlari mayda chag‘ir toshlardan iborat. Yotqiziqlar prolyuvial. Dag‘al skeletli bo‘z qo‘ng‘ir tuproqlar tarqalgan. O‘zlashtirish jarayonida boshqa agrotexnik, meliorativ chora-tadbirlar qatori kalmotaj ham yaxshi

natija beradi. Hozirgi kunda ko‘p qismi o‘zlashtirilgan, bu yeriar mashinalar, ya’ni suv tortgichlar yordamida sug‘oriladi.

  1. Tosh va shag‘allar ustida hosil bo‘lgan, tog‘ etaklari qiya tekisliklarida tarqalgan, sug'oriladigan sur tusli qo‘ng‘ir tuproqlar. Toshlar 1—2 m chuqurlikda yotadi.

  2. Oltiariqsoy, So‘x, Isfara daryolarining subaeral deltalari. Bu 3 ta rayonga bo‘linadi:

  1. ayrim joylari kalmotajlangan, toshlardan iborat bo‘lib, nisbatan balandda joylashgan.

  2. konus yoyilmalarining o‘rta qismi bo‘lib, sug'oriladigan

  3. botqoq-o‘tloqi, o‘tloqi-soz tuproqlar tarqalgan;

  4. konuslarning chekkalari bo‘lib, sho'rlangan saz rejimdagi tuproqlar bilan band.

Bu rayonning katta qismi o'zlashtirilgan, sho‘ri yuvilgan, lekin shamol eroziyasiga chalingan.

  1. So‘x, Isfara konus yoyilm alarining chekka qism lari sho'rxoklari bo‘lib, prolyuvial-allyuvial yotqiziqlar ustida hosil bo‘lgan. Zovurlangandan so‘ng sho‘r yuvish ishlari orqali o'zlashtiriladi.

  2. Allyuvial tekisliklardagi sho‘rxoklar qisman o'zlashtirilgan.

  3. Konuslar orasi cho‘kmalaridagi sho‘rxoklar.

  4. Qayir usti terrasalaridagi sug‘oriladigan o‘tloqi allyuvial, qisman sho‘rlangan tuproqlar.

  5. Sho'ri yuvilgan sug‘oriladigan o‘tloqi allyuvial tuproqlar bo'lib, qayir usti terrasalarida joylashgan.

  6. Adirlar orasidagi, ortidagi qo‘riq och tusli, tipik bo‘z tuproqlar.

  7. Sug‘oriladigan och tusli va tipik bo‘z tuproqlar bo‘lib, toshlar, chag‘ir toshlar ustida hosil bo‘lgan.

  8. Lyossli jinslar ustida hosil bo'lgan sug‘oriladigan och tusli va tipik bo‘z tuproqlar.

  9. Marg‘ilonsoy, Quvasoy, Shohim ardonsoy konus yoyilmalarida hosil bo‘lgan sug'oriladigan o‘tloqi, botqoq-o‘tloqi tuproqlar.

  10. Sharqiy Farg‘ona konus yoyilmalaridagi sug'oriladigan o‘tloqi saz, botqoq- o‘tloqi tuproqlar, sho‘rlanmagan ayrim joylari quritishga muhtoj.

  11. Sug'oriladigan olloqi allyuvial va botqoq-o‘tloqi tuproqlar, sho'rlangan.

  12. Dehqonchilik uchun yaramaydigan qumliklar, qumlar, qum-barxanlar.

ADABIYOTLAR RO'YXATI:

  1. Meliorativ tuproqshunoslik: Agrokimyo va agrotuproqshunoslik. Yo'nalish talabalari uchun darslik / G'. Yo'ldoshev; Bosh muharrir Sh.Nurmatov; O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi. - T .: Oʻzbekiston faylasuflari milliy jamiyati nashriyoti, 2008 y.

  2. https://www.dissercat.com/content/genezis-i-svoistva-arzykovykh-pochv- tsentralnoi-fergany

  3. http://www.eecca-water.net/file/nikanorova_fergana.pdf

  4. https://cyberleninka.ru/article/n/vodorosli-osnovnyh-tipov-pochv-ferganskoy- doliny

  5. https://earthpapers.net/svoystva-i-meliorativnye-osobennosti-gipsonosnyh- pochv-yuzhnoy-fergany


Download 3,95 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   17   18   19   20   21   22   23   24   ...   208




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish