Международный научно-образовательный



Download 3,95 Mb.
bet104/208
Sana20.07.2022
Hajmi3,95 Mb.
#825858
TuriСборник
1   ...   100   101   102   103   104   105   106   107   ...   208
ФИО автора: O‘zbekiston Jurnalistika va ommaviy kommunikatsiyalar universiteti Internet jurnalistikasi va ijtimoiy tarmoqlar
fakulteti Siyosatshunoslik yo‘nalishi 2-kurs talabasi Berdiyev Firdavs
Название публикации: «MOVAROUNNAHR, TURON ZAMINLARINING JETELARDAN TOZALANISHI, ICHKI TARTIBSIZLIK VA XORAZMGA URUSHNING BOSHLANISHI»


Annotasiya: Mazkur maqola Movarounnahr va Turon zaminining Jetelardan ozod qilinishi, asrlarni ozod qilinishi va mol-mulklarining qaytarib olinishi, ichki tartib intizomning buzilishi qo‘zg‘olonchilarning jazolanishi va Xorazmga urushning boshlanishi haqida
Kalit so‘zlar: Turon, Jete, eldoshlarimiz, Mavlono Jaloliddin Keshiy, talonchilik, Ilyos Xoja, Movarounnahr.
Mustaqil Turon davlati tuzilgandan keyin ham Chingiziylar asoratidan to‘liq xalos bo‘lmagan edi. Xalqni mustamlaka zulmidan ozod qilish uchun kurash Amir Temur faoliyatining ustuvor yo‘nalishlaridan biri bo‘lib qoladi. Dushmandan ozod qilingan o‘lkalarda bunyodkorlik va obodonchilik ishlari amalga oshirilayotgan 1371- 72 yilarda Jete qo‘shinlari Qamariddin degan xon boshchiligida Mo‘g‘ulistondan goh Sayram va Talas vohasiga, goh Farg‘ona vodiysiga bostirib kirib, aholining qimmatbaho buyumlarini, ot-ulovlari, suruv-suruv mollarini tortib oladi. Ularga qo‘shib bir qancha ishga yaroqli baquvvat yigit-qizlarni o‘lja tarzida zanjirband qilib haydab olib ketadilar. Bir asrdan ko‘proq davom etayotgan zulm va talonchilik oqibatida moddiy boyliklar va haydab ketilgan asrlar mustaqil Turon hududiga qaytib keldilar va shuncha yillar davomida ularga yetkazilgan zulmni javobini so‘rashni xohlashardi. Buni yaxshi tushungan Amir Temur 1371-1372 yillarda eng avvalo alohida e’zozga sazovor bo‘lgan Ahmad Yassaviyning tug‘ilgan yurti Sayramni va uning atrofidagi qishloq va ovullarni bosqinchi Jete qo‘shinlaridan ozod qildi. Amir Temur ,,Temur tuzuklarida" shunday deydi: “Jeta va Ilyos Xoja lashkarini Movarounnahrdan quvib, Xo‘jand daryosining narigi qirg‘og‘iga o‘tkazib yuborgan bo‘lsam ham, mo‘g‘ullarning ba’zi favjlari Movarounnahr qal’alarida mustahkam
joylashib olgan edilar. Avvaliga ularni bostirish uchun lashkarim qismlarini yubormoqchi bo‘ldim, biroq mabodo bu ish cho‘zilib ketsachi, degan fikr meni tashvishga soldi.14
Shu orada menga mo‘g‘ullar qal’alarga yashirinib olganlari haqida xabar keltirdilar. Lashkar qismlarini u yerga yuborish to‘g‘ri bo‘lmas, deb (boshqa) chora izlay boshladim. So‘ngra Ilyos Xoja nomidan qal’adagilarga qarata yorlig‘ yozib, urushsiz topshirishlarini buyurdim. Yorliqni bir mo‘g‘ul qo‘liga tutqazib, unga hamroh qilib lashkarimning bir qismini jo‘natdim. Askarlarimga chang-to‘zon ko‘tarib, o‘zlarini g‘animga ko‘pday qilib ko‘rsatishni buyurdim. Ilyos Xojaning talabi yozilgan yorlig‘ g‘animlar qo‘liga tegib, lashkarlarim ko‘targan chang-to‘zonni ko‘rishgach, tun qorong‘usida qal’alarni tashlab qochdilar. Xullas, Movarounnahr tuprog‘i meni o‘ldirishga qasd qilgan o‘sha zolimlardan tozalandi va mamlakat tamoman mening qo‘limga o‘tdi”.
O‘sha paytda Yangikyent nomi bilan atalgan hozirgi Taroz shahri va Talas vohasini ham bosqinchilardan ozod qiladi. Qamariddinning qo‘shinlari bu qadimiy turkiy ellarda butun aholi Amir Temurga tarafdor ekanini bilar edilar. Shuning uchun ular Sayramni ham, Tarozni ham, Talas vohasini ham jangsiz tashlab qochdilar, Alma- Ati bilan Issiqko‘l oralig‘idagi Olatovning borish qiyin bo‘lgan daralariga chekinib ketdilar. Bosqinchilarni shamol tezligida quvib borgan Amir Temur va uning qo‘shinlari Sayramdan Markigacha bo‘lgan katta hududlarda Jetelarning juda ko‘p boyliklarini, ming-minglab chorva mollarini, yuzlab suruv qo‘ylarini, behisob ko‘p yilqi va tuyalarini o‘lja qilib oldilar va Turonga olib keldilar. Bu qo‘ylar, tuya va yilqilarni dashtlarda boqib yurgan odamlar — Turondan asr qilib haydab ketilgan bechoralar edi. Jangari mo‘g‘ullar mol boqish, ekin ekish, imorat qurish kabi «qora» ishlarning birortasiga qo‘l urmas edilar, ular o‘zlarini oliy mansabli va boshqalardan ustun hisoblab, faqat ot choptirish, urushish, o‘lja olish va zulm qilishni kasb qilib olgan edilar. Endi bu boyvachchalar Amir Temur qo‘shinidan qochib uzoqdagi tog‘ daralarida sichqonning inini ming tangaga olgudek bo‘lishar edi. Amir Temur hali





14 Amir Temur «Temur tuzuklari». 2005. – B.
ularni Issiqko‘ldan naridagi Otboshi degan joylargacha, Ili daryosi sohiligacha, Yulduz yaylovliklarigacha va undan narida Jetelarga poytaxt bo‘lib xizmat qilayotgan Olmaliq shahrigacha quvib borib, yovlarining joy joyi bo‘lgan eng ichkari makonlarida tor-mor qiladigan kunlar ham keladi. Lekin 1371-1372 yillarda hali uzoq, yurishlarga ketib bo‘lmas, chunki ichki adovatlar va baxillarning yashirin fitnalari to‘liq tugab bitmagan bir yillar edi. Amir Temur tog‘u-toshlarda hamon chingiziylar imperiyasining asoratidan qutulmagan eldoshlarini tutqunlikdan xalos qilishdek oliyjanob ish bilan band edi. Shu paytda uning amaldorlari orasida yurgan Amir Zindachashm, Saidlar avlodidan bo‘lgan Shayx Abulvays, Xizr Yasovuriyning o‘g‘li Ishoq deganlar sohibqironning qaynog‘asi Amir Musabekni yo‘ldan uradilar va yashirin fitna tayyorlaydilar. Saroymulkxonimning akasi bo‘lmish Amir Musoxonlar avlodidan bo‘lgani uchun Zindachashm uni Amir Temurning o‘rniga davlat boshlig‘i qilishni mo‘ljallaydi. Voqeaning tafsiloti Sh.A. Yazdiyda shunday bayon qilinadi:
«Zindachashm, Xizr Yasovuriy o‘g‘li Ishoq, Musobek, Shayx Abdulvosiy, «ontlar ichib axd qildilarki, Qora Somon (O‘tror yaqinida) mavze’ida hazrat sohibqiron ovga chiqqanda anga ish (ya’ni suiqasd) qilgaylar». Sodiq kishilardan biri bu hodisadan voqif bo‘lib, hazratga kelib arz qildi. Hazrat ul to‘rt shaxsni huzuriga chaqirib so‘roq qildi. Ma’lum bo‘ldiki, bu chin ekan».15 Noinsoflikni qarangki, Amir Temur Zindachashmning gunoxdarini bir emas, uch marta kechirgan, hatto u bir qo‘lida qilich, bir qo‘lida kafan bilan kelib, tiz cho‘kib uzr so‘raganda ham gunoqini afv etib, yana sarpo kiydirgan, ot va tuyalar tortiq qilib, viloyat hokimligi lavozimini bergan edi. Lekin bu odamdagi baxillik xuddi Amir Xusayndagi hasad kabi uning ichini kemirib yurgani uchun istiqlol davrida shunday yovuz niyatning tashabbuskori bo‘ladi. Uning bu niyatiga Amir Musoning qo‘shilgani kishini hayratga soladi. Chunki Saroymulkxonim unga yaqin qarindosh bo‘lgani uchun bu voqeadan sal oldinroq Amir Temurning ikkinchi qizi (Sultonbaxt begimning singlisi) Aka begini Amir Musoning o‘g‘li Muhammadga nomzod qilib, fotiha to‘yi o‘tkazilgan edi. Albatta, sirlari fosh bo‘lgandan keyin Amir Muso o‘zini Amir Temurning oyog‘i tagiga tashlab ko‘zda



yosh bilan afv so‘raydi. Harbiy yurish paytida ug‘ruqda (maxsus qo‘riqchilar himoyasida bexatar joylarda) turgan Saroymulkxonim ham opasining o‘g‘li bo‘lgan Amir Musoga shafoat so‘raydi. Amir Temurning kechirimliligiga yana bir marta qoyil qolamiz. Uning hal qiluvchi so‘zlarini Sh. A. Yazdiy o‘z kitobida keltiradi. Amir Temur aytadi: «Xar necha ulug‘ yozuq chindan sodir bo‘libdur. Ammo oramizda qarindoshchilik bo‘lg‘on uchun bu yozuqni afv qildim va taqi soqolining oqi hurmatidan kechdim». Amir Temur Shayx Abulvosiy sayidlar avlodidan bo‘lgani uchun uning qonidan ham kechadi. «Ammo endi bu mamlakatda turmagaysen» deb, shayxni Ka’ba sariyu bordi.16 Xizr Yasovuriyning o‘g‘li Ishoq Amir Temurning yaqin do‘sti bo‘lgan amir Sayfiddinning qayininisi bo‘lar ekan. Sirning fosh bo‘lishiga shu yigit sababchi ekan. Amir Sayfiddin oraga tushib, uni ham o‘lim jazosidan olib qoladi. Faqat bu fitnaning boshida turgan Zindachashmni Amir Temur hukmi bilan bandi qilib Samarqandga olib bordilar va zindonga tashladilar. U umrining qolgan qismini zindonda o‘tkazdi, qarib-chirib hayotdan ko‘z yumdi.


Amir Temur Jetelarning qoldiqlarini Talas daryosi bo‘ylaridan quvib chiqarib, u yerda yashayotgan turkiy aholini Jetelarning asirligi va qullik zanjiridan ozod qiladi. Ozod bo‘lgan minglab mehnatsevar hunarmandlar, quruvchilar, cho‘ponlar va boshqa kasb egalari asirlikdan qutulib ota-bobolari yashagan hududlarga qaytadilr. Ular Sayram, Toroz, Yassi, O‘tror kabi tumanlardan, Talas, Aris kabi Sirdaryoga quyiladigan suv bo‘ylaridan, Marki cho‘llaridan ota-bobolari yashagan Farg‘ona vodiysiga, Zarafshon va Surxon vohalariga qaytib kela boshladilar. Asirlar o’zlari bilan birga talonchi jetelardan tortib olingan yuzlab suruv qo‘ylar, behisob chorva mollari, Turondan tortib olib ketilgan oltin-kumush buyumlar, qimmatbaho anjomlarni ham Amir Temur yordamida Turonga qaytarib olib kelmoqda edilar. U sipoh-u raiyatga nohaq jarimalar solar edi. Oradan ko‘p vaqt o‘tmay o‘sha noinsof vazirning shumligidan amir Husaynning saltanat uyi xarob bo‘ldi.Bu ming-minglab qo‘y, ot va tuyalar, ro‘zg‘or anjomlari va buyumlarning katta bir qismi Jete asoratidan qutulib, vataniga qaytayotgan eldoshlarimizga Amir Temur buyrug‘i bilan taqsimlab





berilmoqda edi. Tutqunlikdan qutulib o‘z vatanlariga qaytgan eldoshlarimiz davlat yordamida yer olib, uy-joy qilib, oila ko‘rib, farovon hayot kechirishga muyassar bo‘lmoqda edilar. Mana endi vatanlariga qaytayotgan o‘n minglab eldoshlarimiz hisobiga aholining o‘sishi ham xiyla tezlashadi. Amir Temur olib borayotgan bunday xalqparvar siyosat nafaqat Mo‘g‘ulistondagi g‘animlarda, balki shimoldagi Oltin O‘rda hukmdorlarida ham adovat tuyg‘usini uyg‘otmoqda edi. Ular Sirdaryo bo‘yida joylashgan qadimiy turkiy shahar — Sig‘noqni Jo‘ji ulusiga qarashli Oq O‘rdaning markaziga aylantirgan edilar. Shimoldan Oltin O‘rda va sharqdan Oq O‘rda Xorazmni ikki tomonlama qaramlikda tutar edilar. «Bo‘lib tashlab bo‘ysindir» degan mustamlakachilik siyosati bu yerda ham amalga oshirilar edi. Qadimdan Turon- Turkistonning uzviy bir qismi bo‘lgan Xorazmni Chingiziylar o‘zlariga qaram qilib, mustaqillikka erishgan Turonga qarshi gij-gijlay boshlaydilar. 1373-yilda Xorazm hukmdori Husayn So‘fi Amudaryoning o‘ng sohilida joylashgan va Turon davlati hududiga kiradigan qadimiy Qiyot shahriga va Buxoro viloyatining tumanlariga qo‘shin bilan bostirib kelib, talonchilik qiladi. Bosqinchilar Qiyot qal’asining ichidagi bir qancha imoratlarni buzadilar, ishga yaroqli yuzlab yigit-qizlarni qul qilib olib ketadilar. Samarqandda turib bu hodisadan xabar topgan Amir Temur ushbu adolatsizlikni avval jangu jadalsiz tinch yo‘l bilan bartaraf qilmoqchi bo‘ladi. Alufa Tavochi degan nufuzli bir amirni Xorazmga Husayn So‘fi huzuriga elchi qilib yuboradi, Xiva va Qiyot azaldan Turonga qarashli shaharlar ekanini, hatto Chingizxon davrida bu shaharlar Chig‘atoy ulusiga tobe deb xatlab berilganini Alufa Tavochi Husayn So‘figa Amir Temur nomidan yaxsh iliqcha tushuntirishga urinadi. Ammo o‘zini juda katta oladigan va Chingizxon avlodlariga yaqinligidan o‘ta mag‘rur bo‘lgan Husayn So‘fi elchiga quyidagicha javob beradi: «Qiyot va Xivani men qilich bilan olibmen, yana qilich bilan mendan olgaylar». Bu so‘zlar Amir Temurni urushga chorlaganday bo‘ladi. U darhol Xorazm yurishiga tayyorgarlikni boshlaydi. Shunda Amir Temurning nufuzli maslahatchilaridan bo‘lgan Mavlono Jaloliddin Keshiy oraga tushadi. Urush bo‘lsa qon to‘kilishi, har ikki tomondan musulmonlar tashvishda qolishini aytadi. «Ruxsat bersangiz, men borib anga (Husayn So‘figa) nasihat
qilayim»17 deydi. Amir Temur Mavlononi ham elchi maqomi va sovg‘asalom bilan Xorazmga jo‘natadi. Ammo Husayn So‘fi Mavlononing nasihatiga mutlaqo quloq solmaydi. Mavlono Jaloliddin Keshiy Husayn So‘figa Xorazm ko‘p asrlar davomida Samarqand va Buxoro bilan bir davlat bo‘lganini, Chingizxon bu mamlakatni vayron qilib, aholisini qirganini ayta boshlaganda Husayn So‘fining joni chiqib ketadi. U Chingizxonning osmondan tushgan ilohiy ruxdan paydo bo‘lganiga ishonardi. U o‘zini Chingizxon ruhiga sig‘inuvchi taqvodor so‘fi deb bilardi. Shu sababli, Chingizxonga til tekizgan, uni yomonlab, Amir Temurni maqtagan Mavlono Jaloliddin Husayn So‘figa dushman bo‘lib ko‘rindi. Husayn So‘fining buyrug‘i bilan soqoli oppoq Mavlono Jaloliddin qorong‘i bir uyga qamab qo‘yiladi va qatl qilinadi.


Foydalanilgan adabiyotlar.

  1. Amir Temur «Temur tuzuklari». 2005. – B.

  2. Primqul Qodirov - Amir Temur Siymosi (Ilmiy baqia) – Toshkent. “O‘zbekiston.” 2007. - B.129-120-betlar..

  3. Sharoffidin Ali Yazdiy. «Zafarnoma». 1997. 72-bet.

  4. http://www.temurtuzuklari.uz/oz internet sayti.





17 Sharoffidin Ali Yazdiy. «Zafarnoma». 1997. 72-bet.

Download 3,95 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   100   101   102   103   104   105   106   107   ...   208




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish