ФИО автора: Samarqand davlat universiteti biologiya fakulteti biologiya yo’nalishi magistranti
Artikova Gulnoza Xasanovna
Название публикации: «TAKRORIY EKIN SIFATIDA EKILADIGAN GRECHIXANING BIOLOGIK XUSUSIYATLARI, HOSILDORLIGIGA EKISH MUDDATINING TA’SIRI»
Annatatsiya; Takroriy ekin sifatida ekiladigan grechixaning biologik va morfologik xususiyatlari fenologik davrlari va hosildorligiga ta’sir etuvchi omillar o’rganilgan
Kalit so’zlar; Grechixa, oziq ovqat , donli ekin, ekish me’yori, biologiya
Abstract; The biological and morphological characteristics of buckwheat grown as a secondary crop, the factors influencing the phenological cycles and yield were studied
Key words;Buckwheat, foot, cereal crop, sowing norm, biology
Bugungi kunda aholi sonining keskin ortishi sababli oziq ovqatga bo’lgan ta’lab ham kun sayin ortib bormoqda . bu esa o’z o’rnida ozuqaviy ekinlarni yetishtirish aholini to’yimli va sifatli ozuqa bilan ta’minlashda marjumak ya’ni grechixa kabi o’simliklardan respublikamizda keng ko’lamli ekish jarayonlarni amalga oshirish kerak.Donli ekinlar shular jumlasidan tariq , sholi, bug’doy, marjumak kabi o’simliklarning tarkibida uchrovchi moddalar inson salomatligi uchun benihoya katta ahamiyatga ega ekanligi hech kimga sir emas. Hozirgi kunda jahon miqiyosida sifatli va makro- mikroelementlarga boy bo’lgan bug’doy , guruch, marjumak yormalaridan tayyorlanadigan bolalar uchun maxsus ozuqalar keng ko’lamda savdo rastalarida o’z o’rnini topmoqda[1]
Grechixa donli ekinlar qatoriga kiradi. Hozirgi kunda fanga ma’lum bo’lgan 5 ta turi aniqlangan. Grechixa bo’yi 80- 150 sm gacha boradi. Bir yillik turlar ichida faqatgina Tatar marjumagi (Fagopyrum tataricum) turi begona o’t tarzida uchraydi. Madaniy holatdagilari esa dehqonchilikda olimlarning bergan aniq faktlariga asoslanib miloddan avvalgi 3-3,5 ming yildan ortiq vaqt davomida ekib o’stirilgan o’simlik hisoblanadi. Tashqi tuzilishiga keladigan bo’lsak poyasi shoxlangan qirrali, nashtarsimon bargli poya ranggi qizg’ish yashil yoki och yashil tusda bo’ladi. Gullari oq, pushti, qizil, bazi holatlarda to’q pushti yoki to’q qizg’ish ko’rinishda bo’ladi. Bir tup marjumak o’simligining gullash davri turlicha bo’ladi ya’ni topgullardagi uchki
qismda joylashgan gulla paski qismda joylashgan gullarga nisbatan ertaroq ochiladi. Gullari 5 toj bargchali tojbarglari bir biriga qo’shilmagan holda bo’ladi. Urug’chi ustunchalari changchilarga nisbatan yuqoriroqda joylashgan bo’ladi. Gullarining to’p bo’lib gullashi va egilib turishisga qarab qalqonsimon yirik gullar qatoriga kiradi. Mevasi 3 qirrali to’q qo’ng’ir, qora yoki kulrang tusda bo’lishi kuatiladi. Poyasi bo’g’imlarga bo’lingan bo’lib bo’g’im oraliqlari g’ovak silindr shaklida bosh boladi. Tanasi qizg’ish yokiy yashil tusda boladi. Ildiz sistemasi esa o’q ildiz bo’ladi. Bark plastinkasi esa butun bo’laklargabo’linmagan bo’ladi. Bitta barg bandida bitta barg plasinkasi joylashganini ko’rish mumkun. Gullar tarkibiga ko’ra nihoyatda shiraga boy bo’lganligi uchun ulardan asal ifori taralib turadi. Shu bilan bir qatorda 1 gektar maydonga ekilgan marjumakdan mehnatkash asal arilar o’smlik хosildorligini oshirish bilan bir qatorda 50-60 kg gacha shifobahsh asal hosilini yig’ishtiradi.[2]
Grechixa o’smligi issiq sevar bolib, bahorgi ekin sifatida havo harorati -2 C 0 bo’lgan holatlarda nihollar zararlanadi. Bahor mavsumida tayyorlab qo’yilgan yerlarga oddiy qatorasiga yoki keng qatorlab ekiladi. Gul va don hosil qila boshlaganda sug’orish kerak. Sug’orish vaqtida qatorlar orasidagi ariqlardan nam qochmasligi kerak. Chunki havo harorati issiq quruq shamolli bo’lgan mintaqalarda marjumak o’simligi suv yetishmasligi tufayli gullarini to’kib yuborishi yoki tuyulgan shinalardagi gullarning bir qismini puch bo’lib qolishiga va рosildorlikning tushib ketishiga olib keladi. Biokimyoviy jihatdan 12-14%oqsil, 59-62% azotsiz ekstraktiv moddalar, 2.5-2.7% moy bor va temir, kalsiy, kaliy kabi mikroelementlarni ham ko’rish mumkin.
Quyidagi davlatlar : Rossiya, Xitoy, Ukraina, Fransiya, Polsha, Qozog’iston, AQSH, Braziliya, Litviya, Latviya, Yaponiya kabi mamlakatlardir. Hozirgi kunga kelib Rassiya marjummak yetshtirishda dunyoda yetakchlik qiladi. Hozirgi kunga kelib mamlakatimiz donli ekinlarga ajratilgan maydonlar jumlasidan bug‘doy keng ko‘lamda ekilinadi. Mamlakatimiz xududida ekib o‘stiriladigan bug‘dolar yig‘ishtirib olingandan so‘ng takroriy ekin maydonlari bo‘shab qoladi. Grechixa ni esa bu‘doy dalalaridan bo‘shagan yerlarga ikkilamchi takroriy ekin sifatida bemalol ekib yetishtirish mumkin. Shuni alohida ta’kidlash joizki bir urug‘pallalilarga kiruvchi bug‘doy ekini tuproqdagi barcha mikro-makro o‘gitlarni so‘rib oladi va tuproq unumdorligini pasaytiradi. Takroriy ekin sifatida ekilgan marjumak esa dalaning fitosanitar holatni barqarorlashtiradi. Shu bilan bir qatorda marjumak o‘simligining poyalari yig‘ib olingandan so‘ng haydab yuboriladi tabiiy biologik chirindi hosil bo‘ladi. Bulardan tashqari ayni vaqtda dunyo aholisi sonining keskin ortib borayotganligi shu bilan birgalikda aholini oziq-ovqat bilan ta‘minlash uchun
marjumak kabi o‘simlilarni respublikamizda keng ko‘lamli ekish jarayonlarini amalga oshirish kerak.[2 3] Lekin mamlakatimizda marjumak yetishtirish anchagina vaqt va tajriba talab qiladi.
Grechixa hosildorligiga ekish me’yorlarining ta’siri
Grechixa yetishtirishda ekish me’yorlarini nav hamda tuproq-iqlim sharoitlaridan kelib chiqib, eng maqbul me’yorlarini joriy qilish yuqori hosil olishning muhim omili hisoblanadi. Samarqand viloyati sharoitida yozda g’alla ekinlaridan bo’shagan maydonlarda marjumak yetishtirish eng samarali tadbir hisoblanadi. Sug’oriladigan maydonlarda marjumakni keng qatorlab (45; 60 sm) ekish vegetasiya davrida sug’orish, qator oralariga ishlov berish va oziqlantirish uchun eng maqbul ekish usullari hisoblanadi [Kargalsev, Pruskov, 1986; Ushkarenko V.A., Averchev, 1992; Anoxina va boshqalar., 1998; Kolosova, 2003; Jo’rayeva Z. J., 2002; Raxmixudoyev, Kalandarov, 2006].
Grechixa ning ekish me’yori ekish usullariga (yoppasiga qatorlab 13-15 sm, tor qatorlab 15 sm; 30 sm, keng qatorlab 45 sm; 60 sm), tuproq-iqlim sharoitiga, namlik bilan ta’minlanganligiga qarab 1,0 mln. dan 5,0 mln. urug’/ga hisobida o’zgarib boradi [Vavilov, 1979; Kargalsev, Pruskov, 1986].
Dala tajribalari asosida o’g’itlash, qator oralarining kengligi, ekishning maqbul me’yorlarini o’zaro muvofiqlashtirib, marjumak yetishtirish texnologiyasini takomillashtirgan. Qator oralari kengligi 45 sm, ekish me’yori 2,5 mln. urug’/ga hisobida ekilganda, Ukraina sharoitida 24,1 s/ga hosil olingan [Grichyenko R.Ye., 2003]. Ekish me’yorlarini to’g’ri belgilash yuqori hosil yetishtirishda muhim agrotexnik tadbir hisoblanadi. Bolgariya sharoiti uchun sug’oriladigan dehqonchilikda marjumakning Dojdik navini 3,0 mln. urug’/ga hisobida ekish tavsiya qilinadi [Xaniyev M., Vodaxov T., 2006]. Ye.N. Kolosova o’z (2003) tajribalarida marjumakni tariq o’simligi bilan aralashtirib ekish texnologiyasini o’rgangan va marjumak bilan tariqni keng qatorlab (45 sm ), marjumakni 3,0 mln. urug’/ga, tariqni 1,5 mln. urug’/ga me’yorda ekishni tavsiya etadi. Ushbu texnologiya qo’llanilganda, hosildorlik nazoratga nisbatan 22,3% ga oshgan. Latviya sharoitida marjumakni keng qatorlab ekish (45 sm), yoppasiga qatorlab (15 sm) ekishga nisbatan afzalligi aniqlangan, ammo keng qatorlab ekilganda, hosil 7-10 kun kech pishib yetilishi qayd etilgan va keng qatorlab ekilganda, optimal ekish me’yori 1,5-2,0 mln. urug’/ga ekanligi qayd qilingin [Nollendorf A., 1992]. V. Shevchuk (2001) ma’lumotlariga ko’ra, marjumak kartoshkaga yaqin ekilganda
yoppasiga virusli kasalliklar bilan kasallanadi. Shuningdek, ekish usuli va me’yorlari ham virusli kasalliklar bilan zararlanishiga bog’liqligi aniqlangan. Grechixa keng qatorlab, 2,0 mln. urug’/ga me’yorida ekilganda, virusli kasalliklar kam uchragan. D.Ya. Yefimenko [1993] Rossiyaning namlik bilan yetarli ta’minlangan o’tloqi- kulrang va o’rmon kulrang tuproqlari sharoitida marjumak yoppasiga ekilganda, 4-5 mln. urug’/ga, keng qatorlab (45; 60 sm) ekilganda, 2,5-3,0 mln. urug’/ga ekishni tavsiya qiladi.Qora tuproqli yerlarga marjumakni yoppasiga ekilganda 3,5- 4,5 mln. va 2,0-2,5 mln. urug’/ga ekishni, namlik bilan yetarli ta’minlanmagan qora va kashtan tuproqlarda yoppasiga ekilganda 2,5-3,5 mln., keng qatorlab ekilganda 1,5-2,5 mln. urug’/ga me’yorida ekishni tavsiya qilgan. S. Brovarenko [1993] tajrbalari ham Sibir sharoitida yuqorida keltirilgan natijalarni tasdiqlaydi. Tula viloyati sharoitida o’tkazilgan tajribalarda ekish me’yori 1,8-2,0 mln. urug’/ga me’yorida qator orasi 60 sm qilib ekilganda, 1 m ga o’rtacha 100-110 dona o’simlik to’g’ri kelgan. Marjumak keng qatorlab (45; 60 sm) ekilganda, qator oralari, albatta, kultivasiya qilingan va hosildorlik 15-18 s/ga ni tashkil etgan [Panov A.I., 1993]. Ukraina sharoitida [Klimenko va boshqalar, 1993] olib borilgan tajribalarda marjumakni keng qatorlab SO-4,2 markali sabzavot ekadigan seyalkalarda ekish tavsiya qilingan. Keng qatorlab ekilgan (45 sm) marjumakning ekish me’yori 3,0-3,5 mln. urug’/ga (80-90 kg) bo’lib, 1 m ga o’rtacha 140 dona urug’ ekilgan. Ekiladigan urug’lar, albatta, saralangan va kolibrovka qilingan bo’lib, 1000 dona urug’ massasi 28 g dan yuqori bo’lgan fraksiyasi 90% dan ko’p bo’lishini tavsiya qilgan. A.N.Bochkaryov [1993] Rossiya sharoitida marjumak yetishtirish texnologiyasiga to’liq amal qilib 20-25 s/ga hosil olgan. Bu, albatta, chegara emas, yetishtirish texnologiyasini modernizasiya qilib, takomillashtirish orqali eng yangi fan- texnika yutuqlarini qo’llab, hosildorlikni yanada oshirish mumkin deb hisoblaydi. Ekishdan oldin urug’larni gumat (natriy gumat, kaliy gumat) bilan ishlov berish yoki urug’larni inokulyasiya qilish orqali ildizida azot fiksasiya qiluvchi bakteriyalar hosil qilish natijasida ham hosildorlikni oshirish imkoniyatlari mavjud, deb ko’rsatilgan. Belorussiya sharoitida Anita Belorussiya navidan keng qatorlab ekib, dastlabki urug’chilik tadbirlari va tanlash olib borilganda, 36 s/ga hosil olingan [Anoxina T., 1993].
Adabiyotlar ro’yxati
Andeva i.I., Rodman L.S. Botanika.//Moskva. Kolos.2005.-C.405
. Кашина Л.И. Флора Сибири. // Т. 5. 1992.
. Жуковский П.М. Культурные растения и их сородичи.// Л. 1971. Internet ma’lumotlari
Do'stlaringiz bilan baham: |