Adabiyotlar
1.
Ikramov, R., & Bekmirzayev, N. (2020). Yurist nutqi madaniyati.
Toshkent: Akademnashr.
2.
Жураев, Ю. А., & Икрамов, Р. А. (2020). Фуқаролар экологик
назорати: юридик асослари ва тушунчаси. Academic research in educational
sciences, (4).
3.
“Xotin qizlar va erkaklar teng huquq hamda imkoniyatlari kafolatlari
to`g`risida”gi qaror (02.09.2019.).
4.
Икрамов, Р. А. (2020). Теоретико-правовые проблемы экологических
интересов человека. Universum: экономика и юриспруденция, 12, 76.
915
5.
Файзиев, И. Ш. (2020). Ўзбекистонда электрон ҳукумат: мавжуд
имконият ва истиқболлар. Academic Research in Educational Sciences, 1(2), 232-
240.
916
ФИО автора:
Toshkent viloyati Chirchiq Davlat Pedogogika Instituti
“Aniq va tabiiy fanlarni o’qitish metodikasi”
(matematika) 2-kurs magistranti
Tursinbayeva D.S.
Название публикации:
«PROFESSIONAL TA’LIM TIZIMIDA MATEMATIKA
DARSLARINI KASBLARGA YO’NALTIRILGAN HOLATDA TASHKIL
ETISHNING AHAMIYATI»
Professional ta’lim tizimi tarkibidagi kasb-hunar maktablarida umumta’lim
fanlari qatorida matematika fani ham o’qitilishi rejalashtirilgan . Matematika fanini
nazariylashtirgan holda o‘qitishga yondashishdan voz kechib, o‘quvchining kundalik
hayotida matematik bilimlarni tatbiq eta olish salohiyatini shakllantirish va
rivojlantirishga erishish, o‘quvchilarning mustaqil fikrlash ko‘nikmalarini namoyon
qilish va faollashtirishga e’tiborni kuchaytirish - davr talabi.
Bugun professional ta’lim tizimida amalga oshirilayotgan islohotlarning
istiqboli, samara va natijasi ish beruvchi va ta’lim muassasasining o‘zaro
hamkorligiga, ishlab chiqarish va o‘quv jarayonining uzviyligi, milliy malaka
tizimining muvaffaqiyatli joriy etilishi, mukammal professional standart va sifatli
ta’limga bog‘liq. Bu tizimning muvaffaqiyatli joriy etilishi yaqin istiqboldagi
taraqqiyotimiz jadallashuvini ham belgilaydi.
Matematika fanining o‘qitishni hozirgi zamon talab darajasiga ko‘tarish va
rivojlangan mamlakatlar andozasiga yaqinlashtirish kerakligi boshlang‘ich
professional ta’lim muassasalarida matematika o‘qitishning o‘ziga xos tomonlari
bilan farqlanadi.
Matematika fanini kasbga yo‘naltirib o‘qitish faqatgina kasbiy chaqqonlikni
oshiribgina qolmay, shu bilan birga o‘quvchilarning ma’naviy kuchlarini va
qobiliyatlarini ham rivojlantirishga, ularda ilmiy dunyoqarashni, ijobiy munosabatda
bo‘lishi kabi fazilatlarni shakllantirishga ham imkon beradi.
O’quvchilar uchun murakkab fanlar qatoriga kiruvchi matematika fani
ularning tanlagan kasblarini yanada mukammal egallashlarida bevosita yordam
berishini isbotlash orqaligina ularning fanga bo’lgan qiziqishi va mehrini oshirish
917
mumkin. O’z tanlagan kasbiga oid turli misol va masalalar , mantiqiy mulohaza
yuritishga undovchi topshiriqlar o’quvchilarning har tomonlama rivojlanishida
muhim ahamiyat kasb etadi. Har bir dars mashg’ulotlarini tashkil etishda kasbiy
yondashilgan holda o’quv materiallarini tayyorlash esa fan o’qituvchisidan chuqur
bilim va salohiyat talab etadi. Kasb- hunar maktablarida faoliyat yurituvchi har bir
matematika fani o’qituvchisi o’quvchilarga ushbu fanning kelgusida o’z tanlagan
kasblarida faoliyat yuritishlarida va yutuqlarga erishishda qanchalik ahamiyatga ega
ekanligini hayotiy misollar orqali tushuntira olishi kerak. O’quvchilar matematika
fanidan olingan bilimlarni faqatgina darsliklardagi misol va masalalarni yechish
uchungina qo’llab qolmasdan, uni hayot tarzining barcha sohalarida samarali
qo’llash mumkinligini anglab yetishlari zarur.
Kasbga yo‘naltirib o‘qitish insonning mehnat va ishlab chiqarish-texnik
faoliyatida shakllanadi va aniq ko‘rinishda namoyon bo‘ladi. Shu sababli, o‘qitishni
ishlab chiqarish va o‘quvchilarning mehnati bilan bog‘lanishi ular tomonidan
bilimlarni o‘zlashtirishning zaruriy sharti bo‘lib xizmat qiladi.
Fanning insonparvarlik mohiyatini ochish, ya’ni yutuqlaridan xalq farovonligi
yo‘lida foydalanish o‘quvchilarning bilimini, hamda kasbga yo‘naltirish bo‘yicha
qiladigan ishlarining samaradorligini oshiradi.
Matematika fanini o‘rganish o‘quvchilarning matematikadan olgan oldingi
bilimlarigagina tayanib qolmasdan, shu bilan birga kasbiy fanlardan olgan
bilimlariga ham tayanadi. Masalan, qurilish, texnika, tikuvchilik va boshqa kasblarni
hayotiy faoliyatda qo‘lashda, matematika fanidan olgan bilimlardan foydalaniladi.
O’qituvchi o’quvchilarga talab qo’yishda ham, ularning bilimlari,
ko’nikmalari, malakalari va xatti-harakatlarini baholashda ham, fikr mulohaza
yuritishda ham izchillik ko’rsatishi kerak.
O’qitishning izchilligi faqat o’quv materiallarini joylashtirishda qat’iy tizimni
emas, faqat yangi bilimlar berishda, o’tilgan materiallarni mustahkamlash va
tekshirishda jiddiy va batartib jivojlantirishning emas, balki ilgari o’rganilgan
bilimlarni doimiy ravishda takrorlashni, ulardan keying mashg’ulotlarda yangi
918
ma’lumotlar va hodisalarni tushuntirish, ularni taqqqoslash uchun, turli masalalarni
hal qilish uchun foydalanishni ham talab etadi.
Biz o’quvchilarni hayotga, jamiyat qurilishida qatnashishga tayyorlaymiz .
Shuning uchun ta’lim amaliy hayot bilan bog’lanishi kerak.
Boshlang‘ich professional ta’lim muassasalari da matematika fanini o‘qitishda,
ularning yo‘nalishlari hisobga olingan holda, innovatsion pedagogik va axborot
kommunikatsion texnologiyalardan foydalanib noan’anaviy shaklda o‘qitilishi
maqsadga muvofiqdir
.
Foydalanilgan adabiyotlar:
1.
“Matematika” fanini kasbiy sohalarga yo’naltirib o’qitish metodikasi
(boshlang’ich professional ta’lim muassasalari o’qituvchilari uchun
metodik qo’llanma)
Toshkent -2021. A.Norbekov, Z.Nosirova, Sh.Nematova, M.Xoliqova
, I.Alqarov
2.
“Pedogogika (umumiy pedogogika nazariyasi va amaliyoti) .
Toshkent 2013. R.Mavlonova, N. Raxmonqulova, N.Voxidova,
K.Matnazarova
919
Do'stlaringiz bilan baham: |