Международный научно-образовательный электронный журнал



Download 13,57 Mb.
Pdf ko'rish
bet316/344
Sana20.03.2022
Hajmi13,57 Mb.
#503221
TuriСборник
1   ...   312   313   314   315   316   317   318   319   ...   344
Bog'liq
ОИНВ21ВЕКЕ. Февраль 2022. Том 6

ФИО авторов:
 Tojiyev Javlon Karimboyevich 
Urganch davlat universiteti katta o‘qituvchisi 
Do‘schanov Shodiyor Yo`ldoshevich 
Urganch davlat universiteti magistranti 
Название 
публикации:
«NAQQOSHLIK 
TO‘GARAKLARIDA 
O‘QUVCHILARGA NAQSH ELEMENTLARINI O‘RGATISH» 
Annotatsiya 
Ushbu maqolada texnologiya fani negizida tashkil qilinadigan “Naqqoshlik” 
to‘garaklarida o‘quvchilarga naqsh elementlarini chizish bo‘yicha ko‘nikmalarini 
shakllantirish usullari yuzasidan tavsiyalar berilgan 
Аннотация 
В данной статье даны рекомендации для учащихся кружка Наккошлик» по 
предмету технология. Даны рекомендации по способам формированию умений 
рисования элементов узоров. 
Annotation 
This article provides recommedations for students in the courses of “Naqqoshlik 
” which are based on the science of technology, in terms of ways to develop skills in 
drawing patterns. 
 
Kalit so`zlar:
naqsh, naqsh elementlari, xunarmand, xunarmandchilik, milliy 
naqsh, bodom guli, qalampir. 
Ключевые слова:
узор, элементы узора, ремесленник, ремесло, 
национальный узор, цветок миндаля, перец. 
Keywords
: pattern, pattern elements, artisan, craft, national pattern, almond 
flower, pepper. 
Mamlakatimiz naqqoshlik san’ati qadimdan dunyoga mashhur. O‘tmishda ota-
bobolarimiz qurgan binolar hozirgi kungacha maftunkor jilvasini yo‘qotmagan. 
YUksak did va mahorat bilan ishlangan naqshlar kishini hayratga solmasdan 
qo‘ymaydi. 


902 
Milliy naqshlarimiz g‘oyatda boy mazmunga ega. Oddiy qoshiq, pichoq lagan, 
quticha, sandiq, belanchak, cholg‘u asboblari, ro‘mollar, zarchoponlar, uy-ro‘zg‘or 
buyumlaridan tortib turar joy va jamoat binolarining devor hamda shiftlariga solingan 
naqshlar insonni hayratga soladi. Bu maftunkor naqshlar mohir naqqoshlar tomonidan 
yaratilgan bo‘lib, asrlar davomida bunyod topgan, rivojlangan, me’morchilik hamda 
tasviriy san’at rivoji bilan bog‘langan holda takomillashib kelgan.
Naqsh — arabcha tasvir, gul degan ma’noni anglatib, tabiatdagi o‘simliklar, qush 
va jonivorlarga qiyoslab chizilgan shakl va boshqa elementlarni ma’lum tartibda 
takrorlanishidan hosil qilingan bezakdir. Ganchkorlik, yog`och o`ymakorligi, 
kulolchilik, kandakorlik, kashtado‘zlikda, zardo‘zlik, kulolchilik, zargarlik, gilam 
to‘qish, to‘qimachilik, panjaralar ishlash kabi hunarmandchilik turlarining barchasida 
xunarmandchilik maxsulotlarini bezash va unga badiiy ishlov berishda har xil yo‘llar 
bilan naqshlar solinib bezak beriladi. Masalan, ganchkorlikda va yog`och 
o`ymakorligida o`yib, naqqoshlikda chizib, kashtachilik va zardo`zlikda chok 
yordamida, kandakorlikda zarb bilan, zardo`zlikda qadab va boshqa usullar bilan naqsh 
solinadi.
Naqqoshlik har bir davlatning o‘ziga xos muhitiga, geografik o‘rniga, o‘lkaning 
o‘simlik dunyosiga ko‘ra rivoj topgan. Masalan, arman va gruzinlarda uzum va uzum 
bargi, shimol xalqlarida archa va har xil hayvonlar, qirg‘iz va qozoqlarda mol shoxi, 
tojiklar va o‘zbek xalqlarining naqshlariga qarasak anor, bodom, gullar, qalampir va 
boshqalarni ramziy naqsh tariqasida ishlatilganligini ko‘rishimiz mumkin.
Qadimdan rivojlanib sayqal topib kelgan naqshlarni, ularning mazmun moxiyatini 
kelajak avlodga butunligicha yetkazish, ularni turli xunarmandchilik kasblariga 
qiziqishlarini uyg‘otish bugungi kun texnologiya fani o‘qituvchilari oldiga bir qancha 
vazifalarni qo‘yadi. Umumta’lim maktablari texnologiya mashg‘ulotlari jarayonida 
ayrim xalq-hunarmandchiligi turlari bo‘yicha kompetensiyalarni shakllantirish ko‘zda 
tutilgan bo‘lib ushbu mashg‘ulotlar jarayonida naqsh elementlarini chizish, naqsh 
elementlari yordamida naqsh kompozitsiyalarini tuzish bo‘yicha kompetensiyalar 
shakllantilimaydi. Shuni aloxida ta’kidlash lozimki xar qanday xunarmandchilik turini 
o‘rganishdan oldin shu xunarmandchilik turi uchun naqsh kompozitsiyalarini xosil qila 


903 
olish muxim xisoblanadi. Ushbu vazifani xal qilshda umumta’lim maktablari 
texnologiya fani negizida tashkil qilinadigan “Naqqaoshlik” to‘garaklarining o‘rni 
beqiyosdir. 
Ushbu to‘garak mashg‘ulotida turli naqsh elementlarini o‘quvchilarga o‘rgatish, 
naqsh elementlaridan foydalangan xolda naqsh kompozitsiyalarini yaratish va naqsh 
kompozisiyalarini buyum yuzasiga joylashtirish bo‘yicha ko‘nikma va malakalari 
shakllantiriladi.
To‘garak mashg‘ulotlarida o‘quvchilar naqsh elementlarini chizishni oson 
o‘rganishlari uchun nuqtalarni tutashtirish orqali naqsh elementlari va 
kompozisiyalarini xosil qilishga o‘rgatuvchi qo‘llanma ishlab chiqish ko‘zda tutilgan 
bo‘lib, ushbu qo‘llanma orqali nafaqat to‘garak mashg‘ulotlari jarayonida balkim 
o‘quvchilar o‘zlari mustaqil ravishda ham naqsh elementlarini chizishni o‘rganishlari 
mumkin bo‘ladi.
Ushbu maqolada biz ayrim naqsh elementlarini chizish ko‘nikmasini xosil 
qilishga o‘rgatuvchi mashqlardan ayrimlarini misol qilib keltiramiz. 

II 

II 

II 



904 
II 
Ushbu mashqda birinchi qatorda naqsh elementlarini nuqtalarni birlashtirish 
orqali chizib dastlabki ko‘nikmalar shakllantiriladi va ikkinchi qatorga, berilgan naqsh 
elementiga simmetrik ravishda naqsh elementlarini chizib malaka xosil qilishga 
erishishimiz mumkin. 
Naqash elementlarini chizishni mashq qilish orqali ko‘nikmaar xosil qilingandan 
so‘ng o‘quvchilarga naqsh kompozisiyalarini xosil qilish bo‘yicha topshiriqlar 
beriladigan bo‘lsa kompozisiya xosil qilishda o‘quvchilar qiynchiliklarsiz o‘z oldiga 
qo‘ygan maqsadlariga erishishlari mumkin bo‘ladi. 
Buning natijasida texnologiya darslarida xalq-hunarmandchiligi maxsulotlarini 
tayyorlashda o‘quvchilar o‘zlari tomonidan yaratilgan naqsh kompozisiyalaridan 
foydalangan xolda turli hunarmandchilik buyumlariga badiiy ishlov beradilar. Shu 
bilan birga o`quvchilarda xunarmandchilik turlariga bo`lgan qiziqishlarini uyg`otish, 
ularni estetik dunyoqarashini shakllantirishga erishamiz. 

Download 13,57 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   312   313   314   315   316   317   318   319   ...   344




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish