ФИО автора:
Usmonaliyev Zaynobiddin Adxamjon o'g'li
Kamoliddin Behzod nomidagi milliy rassomlik va dizayn institute magistranti
Название публикации:
«O’ZBEK MILLIY DEVORIY TASVIR SAN’ATI»
‘’Yutuk tarix- yuksak kelajak’’
Annotatsiya: Odamzod yaratilib, ongli hayot kеchira boshlagandan buyon, vujudga
kеlgan tasviriy san’at namunalari turli xil va bebaho meros hisoblanadi. Asosan
V-X asrlarda O’rta Osiyoning mahobatli devoriy rangtasvir asarlari arxeologlar
tomonidan aniqlangan bir nechta me’moriy majmualarda amalga oshirildi. Ulardan
faqat Bolaliktepa va Varaxsha O’zbekiston chegaralarida joylashgan. Taniqli
Panjikent devoriy tasviry hozirgi Tojikiston hududiga tegishli. Ammo ikkalasi ham
o'tmishda birlashgan, milliy bo'lmagan holda (feodal parchalanishi sharoitida
imkonsiz), qo'shni Buxoro va Sug'd viloyatlari tarixiy-madaniy birlashmasi bilan
bog'langan eedi.
Kalit so’z:
milliy, o’zbek, varaxsha, panjikent, afrosiyob, rangtasvir va boshqalar
V – VI asrlardan qolgan Bolaliktepa qasri yodgorliklari ilk o'rta asrlardagi
yaratilgan tasviriy san’at asarlarining yorqin namunasi bo’libgina qolmay, mahobatli
rangtasvir san'ati olamida o’z o’rnini topdi.
Rassomlar o’z rivojida so’nggi antik an’analarni yangi pog’onaga ko’taradilar
o’z mazmuni, mohiyati, professional mahorat bilan ishlanish jihatdan jahon san’ati
tarixida o’z davrining tenggi yo’q nodir yodgorliklar yaratdilar. Shuni alohida qayd
etish kerakki, eftaliylar va turk xoqonlari davri qator mahal lokal maktablarini
shakllantiradi. Bu xusisiyatlari mahobatli rangtasir san’atida sezilarli bo’lib, bu davrga
oid yodgorliklarni keng o’rganilganligini Bolaliktepa, Varaxsha, Panjikent, Afrosiyob
va boshqa devoriy rasmlarning badiiy yechilishi va madaniyatini nihoyatda yuqori
darajada bo’lganligini hamda ma’lim darajada atrof davlatlar san’atidan ta’sirlangani
shu bilan boshqa davlatlarga ta’sir etganini ko’rish mumkin. Bu devoriy rasmlar
mavzusini ikkiga ajratish mumkin. Birinchi yo’nalish diniy marosim buddizm bilan
bog’liq, Ajinatepa, Quva, Oq, Beshim, va boshqa ibodatxona rasmlari, ikkinchi
yo’nalishlari dunyoviy mazmunda bo’lib, zodogonlarning saroy, uy va koshklarida o’z
ifodasini topgan. Bular yuqorida aytilgan Bolaliktepa, Varaxsha, Afrosiyob, Panjikent
yodgorliklaridir
VII - VIII asr devoriy rassomligi alebastr suvoqda ishlangan. Natijada ishlangan
rasmlar obrazlar yorqin va jarangdor ko’rinshiga ega bo’lgan. Yangi bo’yoqlarda
ishlatilishi moviy lazur, hom g’isht, asar emotsional tomonini oshirgan. Yana muhim
705
tomoni rassom o’z asarida fazoviy kenglikni ochishga intiladi. Uning avvalgi
tasvirlanayotgan siymo ya’ni obrazni va uni o’rab turgan narsalarni ishlanishiga
alohida e’tibor beradi, orqa zamin esa biror bir rang bilan tekis bo’yaladi. Natijada
tasvirlanuvchi obraz kiyimi, buyumlarining o’ziga xos boy badiiy bezagi asarning
emotsional ko’rinishini oshiradi. Devoriy rassomlik va haykaltaroshlikni xususiyati
mazmuni ham shu me’morlik bilan bog’liq holda o’rganiladi.
Necha asrlardan buyon oltin meros bo'lib kelayotgan o'zbek milliy tasviriy san'ati
chuqur mazmuni va betakror go'zalligi bilan dunyo miqyosida qadr topib, shuhrat
qozonib kelmoqda. O'zbek milliy tasviriy san'ati ulkan madaniy-ma'naviy
boyligimizdir.
Ana shunday go'zal san'at turlaridan biri, millat ziynati deb hisoblanuvchi tasviriy
san'at o'zining betakror xususiyatlari, estetik zavq bag'ishlovchi jozibasi, inson ruhiyati
va tabiatini namoyon qiluvchi o'ziga xosliklari bilan ajralib turadi.
“Agar biz O'zbekistonimizni dunyoga tarannum etmoqchi, uning qadimiy tarixi
va yorug' kelajagini ulug'lamoqchi, uni avlodlar xotirasida boqiy saqlamoqchi bo'lsak,
avvalambor buyuk ijodkorlarni tarbiyalashimiz kerak”
52
deya ta'kidlab o'tgan edi
birinchi Prezidentimiz I.Karimov. Bunda azaliy haqiqat yashiringan. Zero har bir
millatning go'zalligi, jozibasi, tarovatini namoyon qiluvchi san'ati, madaniyati
mavjud!!!
Foydalanilgan adabiyotlar:
1. Rustam Hudayberganov. Mahobatli bezak sa’nati kompozitsiyasi
2. Vikipediya
3. I.A.Karimov. Yuksak manaviyat yengilmas kuch
52
Karimov I.A. Yuksak ma'naviyat — yengilmas kuch.-Toshkent.:."Ma'naviyat", 2008. 140-bet.
706
Do'stlaringiz bilan baham: |